Ko‘pchilik insonlar kelajakni bilishga qiziqadi. Astrologiya, yulduzlarga qarab xarakter va taqdir haqida gapirish qadimdan mavjud bo‘lsa-da, bu ilmiy asosga ega emas. Insonning feʼl-atvori va har qanday xususiyati tabiat, koinot yoki sayyoralarga bog‘liq emas.
Shunday bo‘lsa-da, odamlar baʼzan bashoratlarga ishonib, o‘zlarini ularga bog‘lagan holda yashaydilar. Aslida esa insonning rivojlanishi, xarakteri va kelajagi o‘z harakati va ongli qarorlariga bog‘liq.
Psixologiya, falsafa va xarakter turlarini o‘rganish insonga o‘zini anglashga yordam beradi. Shu sababli, mazkur turkumdagi materiallar munajjimlik yoki bashorat uchun emas, balki psixologik tavsiya va o‘z-o‘zini bilishga ko‘mak beruvchi maʼlumot sifatida taqdim etiladi.
