Burj davri: 21 May – 21 Iyun
Belgi jinsi: Erkak.
Unsur: Havo.
Sifat: Moslashuvchan.
Egizaklar harakatchan, shiddatli, ko‘p qirrali va aqlli bo‘lishadi, ular hayotda his-tuyg‘ulardan ko‘ra ko‘proq aqlga tayanadilar va yangi vaziyatlarga juda tez moslashadilar.
Boshqaruvchi sayyora: Merkuriy, qadimiy afsonalarda xudolarning chopari, xabarchisi. U suhbat va sayohat homiysi. Merkuriy taʼsiri burj vakillariga o‘tkir aql va qaynoq mijoz beradi.
Burj ramzi: Egizaklarni ikkilik (ikkilangan xususiyatlar), insonparvarlik, harakatchanlik va maʼlumot uzatish bilan uyg‘unlashtiradilar.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): Egizaklar tasvirlangan piktogramma. Bu ikki belgi yana inson qo‘llari yoki o‘pkalarini (Egizaklar nazoratidagi tana aʼzolari) ham anglatadi. Yuqoridan va pastdan gorizontal chiziqlar bilan chegaralangan ikkita vertikal chiziq donolik, bilimdonlik va maʼlumotlarni tahlil qilish qobiliyatini ifodalaydi.
Shiori: Men fikrlayapman!
Qarama qarshi burj: O‘qotar burji.
Egizaklar – shaxsiyat darajasida fikrlash va maʼlumot almashish burji. Ushbu burj ostida tug‘ilgan odamlar o‘zini namoyon qilishga intilishadi va o‘z nuqtai nazarini boshqalarga singdirishga urinishadi. Egizaklar aksi bo‘lgan O‘qotar burji vakillari esa falsafiy va aqliy tadqiqotlarning kengroq sohalarini boshqaradilar. O‘qotarlar o‘ta yaqin munosabatlardan qochishga moyil bo‘lishadi, Egizaklardan farqli o‘laroq, O‘qotarlar boshqa odamlar ular haqida nima deb o‘ylashlariga ko‘proq ahamiyat berishadi.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Qo‘llar, bilaklar, yelkalar va o‘pkalar. Egizaklar qo‘l jarohatlari, bronxit va boshqa nafas yo‘li kasalliklariga moyil.
Omadli kun: Chorshanba.
Omadli raqamlar: 5 va 9.


Tosh: Agat ko‘p rangli yarim qimmatbaho tosh bo‘lib, yolg‘ondan, soxtalikdan himoya qiladi, ayniqsa muhabbat bobida tengsiz so‘z ustasiga aylantiradi.
Rang: Sariq - yorqin, jilvalanayotgan yangiliklar rangi.
Shaharlar: London, San-Fransisko, Versal, Melburn.
Davlatlar: Amerika Qo‘shma Shtatlari, Uels, Belgiya.
Gullar: Marvaridgul va Lavanda.
Daraxtlar: Yong‘oqmevali daraxtlar.
Metall: Simob.
Hayvonlar: Yorqin patli qushlar va rang-barang kapalaklar.
Xavfli vaziyatlar: Egizaklar sayohat paytida, ayniqsa ochiq havoda yuz beradigan baxtsiz hodisalarga moyil bo‘lishadi. Ularning yengiltabiat feʼl atvori boshqa odamlarning to‘satdan jahlini chiqarib yuborishi mumkin, bu qanchalar jiddiy ekanligiga Egizaklar odatda to‘g‘ri baho berishmaydi.

Egizaklarning ichki dunyosi
Siz yangi vaziyatlarga tez munosabat bildirasiz, ammo atrofingizni o‘rab turgan dunyoga nisbatan nozik moslashuvchanlik ko‘plab xavotirlarga sabab bo‘ladi. Tashqi tomondan siz quvvat, zavq va maftunkorlik bilan porlab turasiz, ammo ichingizda o‘zingizni qurib borayotgan buloqdek his qilasiz.
Boshqalarni sizdagi ishtiyoq hamon ilhomlantirib turgan bo‘lsa ham, siz odamlardan ham, hamkorlikdagi loyihalardan ham zerikishga ulgurasiz. Munosabatlarda siz ko‘p narsa berishni yoqtirasiz, ammo o‘zingiz uchun ham vaqt ajratishingiz zarur. Bilimdonlik va hazilkashlik bilan sahnaga chiqishdan zavq olasiz.
Sizga g‘iybatlashish yoqadi, chunki siz atrofdagilardan ko‘plab qiziqarli maʼlumotlarni eshitish va eslab qolish qobiliyatiga egasiz. Siz o‘z vaqtingizni, do‘stona his-tuyg‘ularingizni va moddiy narsalaringizni ayamay boshqalar bilan baham ko‘rasiz.
birgina muammo bor: siz odamlarni ichki fazilatlariga qarab emas, ularning sizga bo‘lgan munosabatiga qarab baholaysiz, "Men uning ko‘z o‘ngida yaxshi ko‘rinyapmanmi? Unga men taʼsir o‘tkaza oldimmi?" kabi savollar ko‘proq bo‘ladi.

Boshqalar Egizaklarni qanday qabul qilishadi?
Odamlar sizning yoningizda bo‘lishni yaxshi ko‘radilar, chunki siz quvnoq va qiziqarli odamsiz. Ular sizning gaplaringiz va hazillaringizga qoyil qolishadi. Siz ko‘proq aqlga tayanadigan inson sifatida tanilgan bo‘lsangiz ham, do‘stlaringiz his-tuyg‘ular borasida ham ko‘proq sizning fikringizga ishonishadi. Bundan tashqari, ular doimo yordamga kelishingizni bilishadi. Sizda ham qayg‘uli va tushkunlik lahzalari bo‘lib turishi faqat eng yaqinlaringizga maʼlum xolos. Bahs munozaralarda siz kesatib gapirishingiz mumkin, faqat buni suhbatdoshlaringiz takabburlik deb o‘ylashadi.

Egizaklar burjida tug‘ilgan mashhurlar
Paula Abdul, Tim Allen, F. Lee Bailey, George Bush, Josephine Baker, Annette Bening, Mel Blanc, Richard Wagner, Herman Wouk, Ruth Westheimer, Frederic Garcia Lorca, Judy Garland, Che Guevara, Lou Gehrig, Allen Ginsberg, Paul Gauguin, Steffi Graf, Benny Goodman, Angelina Jolie, Tom Jones, Louis Jordan, Bob Dylan, Arthur Conan Doyle, Albrecht Dürer, Johnny Depp, Clint Eastwood, William Butler Yeats, Rachel Carson, John F. Kennedy, Tony Curtis, Nicole Kidman, Henry Kissinger, Rosemary Clooney, Courteney Cox, Joan Collins, Lenny Kravitz, Mario Cuomo, Anna Kournikova, Jacques Cousteau, Peggy Lee, Hugh Laurie, Robert Ludlum, Malcolm McDowell, Larry McMurtry, Paul McCartney, Barry Manilow, Thomas Mann, Dean Martin, Bill Moyers, Marilyn Monroe, Joe Namath, Liam Neeson, Frank Oz, Laurence Olivier, Jacques Offenbach, Joyce Carol Oates, Prince, Cole Porter, Alexander Pushkin, Sally Ride, Frank Lloyd Wright, John Rivers, Isabella Rossellini, Henry Russo, Salman Rushdie, Basil Rathbone, Marquis de Sade, Jean-Paul Sartre, Maurice Sendak, William Styron, Harriet Beecher Stowe, Donald Trump, Kathleen Turner, Venus Williams, Hank Williams, Walt Whitman, Gene Wilder, Kanye West, Ian Fleming, Errol Flynn, Michael J. Fox, Douglas Fairbanks, Lillian Hellman, Marvin Hamlisch, Gerald Manley Hopkins, Bob Hope, Nathan Hale, Dashiell Hammett, Hubert Humphrey, Tupac Shakur, Brooke Shields, Richard Strauss, Ralph Waldo Emerson.