Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Qo‘y burji

Qo‘y burji - asosiy belgilari

Burj davri: 21 Mart – 20 Aprel

Belgi jinsi: Erkak.

Unsur: Olov.

Sifat: Kardinal.

Qo‘y burji vakillari faol, baquvvat, hayajonli va impulsiv, optimist, o‘zgarishlarga va yangi tajribalarga tayyor insonlar.

Boshqaruvchi sayyora: Mars – qadimgi afsonalarda urush, tajovuz va mojarolar xudosi.

Mars ziddiyat va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi, yong‘in va xavf xatarni nazorat qiladi.

Burj ramzi: Qo‘y - dadil, ehtirosli, yuksak cho‘qqilarga ko‘tarila oladi.

Ramziy belgisi (piktogrammasi): Qo‘chqor shoxlari va uzun burni tasvirlangan piktogramma. Shuningdek, u odamning qoshlari va burniga ham o‘xshaydi (bosh - Qo‘y burji nazorat qiladigan aʼzo). Belgining ramziy maʼnosi to‘g‘ri chiziq bilan bog‘langan ikki yarim oy bo‘lib, u hokimiyat va yetakchilik istagi bilan birgalikda idealizmni ko‘rsatadi.

Shiori: Men borman!

Qarama qarshi burj: Tarozi burji.

Qo‘y burji vakillari dunyoda birinchi navbatda o‘zini ko‘radi. Bunday moyilliklarga ega bo‘lgan odamlar o‘z g‘oyalari va shaxsiyatini faol ravishda targ‘ib qiladilar, ular juda xudbin bo‘lishlari mumkin. Qo‘y burjining aksi bo‘lgan tarozi esa hamkorlik burjidir. Haqiqiy tarozilar hamkorsiz yoki mashuqasiz o‘zlarini to‘liqsiz his qilishadi va munosabatlarda baxtga intilishadi.

Nazoratdagi tana aʼzolari: Bosh. Qo‘y burji bosh og‘rig‘iga, bosh va yuz sohasidagi kichik jarohatlarga moyil bo‘lishadi.

Omadli kun: payshanba.

Omadli raqamlar: 1 va 19.

Decoration

Decoration

Tosh: Olmos. Bu sevgi, moliyaviy muvaffaqiyat va yangi ishlarda omadni jalb qiladi. Ayniqsa, tananing chap tomonida olib yurish Qo‘y uchun foydalidir.

Ranglar: qizil - olov va hayajon rangi.

Shaharlar: Florensiya, Neapol, Verona, Marsel.

Davlatlar: Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha.

Gullar: Geran, Shilvi, Xushbo‘y no‘xat.

Daraxtlar: Barcha turdagi tikonli daraxtlar.

Metall: Temir.

Hayvonlar: Qo‘ylar va qo‘chqorlar.

Xavfli vaziyatlar: Qo‘ylar olov va o‘tkir asboblardan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ularda yuqori tezlik bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarga va kuch ishlatish mumkin bo‘lgan vaziyatlarga tushib qolish ehtimoli mavjud.

Decoration

Qo‘ylarning ichki dunyosi

Siz o‘zingiz uchun o‘zingiz javob berishni, o‘zingizni shaxsiy loyihalaringizni yuritishni va hech kimga xizmat qilmaslikni yoqtirasiz. Siz juda muvaffaqiyatga intilasiz va buning uchun hamma kuchingizni sarflashga tayyorsiz. Ammo ichingizda siz ruhiy, asabiy zo‘riqib ketgansiz, bularning barchasini qanday eplash mumkin degan savol bezovta qiladi. Siz hayotda zerikishni va birxillikni yomon ko‘rasiz, siz har doim boshqacha nimanidir qidirasiz, masalan qiziqarli sarguzashtlarni vaʼda qiladigan uchrashuvlarni va manzillarni. Siz sabr qilishni o‘rganishingiz kerak. Siz muammolarni hal qila olmaydigan odamlarga toqat qila olmaysiz. Siz harakatga ishonasiz. Shu bilan birga, sizda katta saxiylik va g‘ayrat bor. Garchi baʼzida siz o‘zingizdan biroz shubhalansangiz ham, agar siz biror narsani haqiqatan ham xohlasangiz, unga albatta erishasiz.

Munajjimlar bashorati

Boshqalar Qo‘ylarni qanday qabul qilishadi?

Sizning quvnoq, optimistik tabiatingiz odamlarni o‘ziga jalb qiladi - siz ularni ilhomlantirasiz. Ular sizni qanday shijoat bilan qiyinchiliklarni qarshi olishingizga havas qilishadi. Xuddi, har bir muammoga tayyor javobingiz borga o‘xshaydi. Odamlar sizning to‘g‘riso‘zligingizga qoyil qolishadi: siz qiyinchiliklarni oshkor qilishdan uyalmaysiz. Ammo, sizning rahbarona xulqingiz va tili o‘tkir odam sifatida orttirgan obro‘ingiz atrofingizdagilarni ensasini qotiradi. Ular siz bilan bahslashishdan cho‘chib turishadi, chunki siz tasodifan ularning nozik joyiga tegib qo‘yishingizni bilishadi.

Decoration

Qo‘y burjida tug‘ilgan mashhurlar

Iogann Sebastyan Bax, Uorren Bitti, Alek Bolduin, Marlon Brando, Mettyu Broderik, Vinsent van Gog, Lyudvig Mays van der Roxe, Djeyms Garner, Djon Gilgud, Alek Ginness, Genri Djeyms, Tomas Djefferson, Elton Djon, Isaak Daynsen, Selin Dion, Bett Devis, Doris Dey, Deniyel Dey Lyuis, Klarens Derrou, Florens Zigfild, Tom Klensi, Billi Kolinz, Rassel Krou, Djoan Krouford, Devid Letterman, Eli Makgrou, Yudjin Makkarti, Stiven Makkuin, Eddi Merfi, Enn Miller, Peyton Menning, Dadli Mur, Kira Naytli, Leonard Nimoy, Rozi O‘Donnel, Kolin Pauell, Sara Djessika Parker, Gregori Pek, Entoni Perkins, Meri Pikford, Sergey Raxmaninov, Dayana Ross, Stiven Sondxaym, Ron Steyger, Gloriya Steynem, Edvard Steyxen, Gloriya Svenson, Leopold Stokovski, Arturo Toskanini, Spenser Treysi, Tornton Uaylder, Tennessi Uilyams, Piter Ustinov, Devid Frost, Robert Frost, Xyu Xeffner, Billi Xolidey, Sezar Chaves, Charlz Chaplin, Omar Sherif, Mayya Endjelou.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.