O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Maftunkor
Tarozi burji vakillari boshqalarni osongina o‘ziga jalb qilishadi, chunki ular kuchli joziba va yaxshi didga ega, ularga razm solish odatda yoqimli. Bundan tashqari, sizning oldingizda odamlar o‘zlarini kerakli ekanligini his qilishadi, chunki siz ajoyib tinglovchisiz va instinktiv ravishda kimnidir gapirishga undashni bilasiz.
Siz norozi kayfiyatdagilarni tinchlantirishda eng zo‘r ekanligingizni hamma biladi, yoningizdagi odamlar tabassum qiladilar va o‘zlarini dunyodagi eng ajoyib insonlardek his qilishadi. Siz tug‘ilishdan maftunkorsiz.
Sevgi va inoyat maʼbudasi sanalgan Venera boshqaruvida bo‘lganingiz uchun siz go‘zallikning barcha ko‘rinishlariga, xoh u musiqada, xoh tasviriy sanʼatda, xoh odamlarda ifodalangan bo‘lsin, hurmat bilan bosh egasiz. Sizning uyingiz har doim nafis jihozlangan, mehmonlaringizni chiroyli xursand qilishni yaxshi ko‘rasiz. Gullar, shampan vinolari, chiroyli taqinchoqlar va kiyimlar, qimmatbaho narsalar, hashamatli mebellar - bular siz uchun yaxshi hayot belgilari hisoblanadi. Siz pulga sotib olish mumkin bo‘lgan hamma narsani yaxshi ko‘rasiz.
Qalbingiz tubida siz narsissizmga moyilsiz, sizdan hayratlanishlarini kutasiz.
Siz uzukka qo‘yilgan olmosdek bo‘lishni istaysiz va sizga nisbatan aytilgan barcha maqtovlarni betakror xotirangizda yodda saqlaysiz. Siz odamlarni tashqi ko‘rinishiga qarab baholaysiz va maftunkor yuzlarning qalbini bilishga intilmaysiz. Shuning uchun ham o‘ziga jalb qila oladigan firibgarlarning osongina qurboniga aylanishingiz mumkin.
Tarozi – hamkorlik belgisi, psixologik nuqtai nazardan, siz tashqi tomonga yo‘naltirilgan deb aytishimiz mumkin. Sizning energiyangiz boshqa odamlar bilan birlashishga qaratilgan. Siz shaxsiy aloqalarga ko‘p sarmoya kiritasiz va ularda eng yaxshi fazilatlaringizni namoyon qilasiz. O‘zaro munosabatlar, xoh u hamkorlikda, sevgida, oilada, do‘stlikda, ish borasida yoki shunchaki o‘tkinchi munosabat bo‘lsin - bu sizning kasbingiz. ixtisosligingiz. Siz yolg‘iz emassiz. Siz ongsiz ravishda odamlarni o‘zingizga jalb qilasiz. Biroq, sizni ko‘proq o‘zingizga qiziqtiradi. Siz boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini intuitiv ravishda tushunasiz; hech kim suhbatdoshingizni sizdan ko‘ra yaxshiroq tushunishga va uning fikrini hisobga olishga qodir emasga o‘xshaydi. Biroq, siz tez orada siz suhbatdoshingizni manfaatlarini unutasiz va o‘z qiziqishlaringiz olamiga cho‘kib ketasiz.


Professional dunyoda siz jamoaning ideal aʼzosi hisoblanasiz. Siz bir nechta bir biriga mos kelmaydigan xarakterlarni muammosiz ishlaydigan yagona jamoaga birlashtira olasiz. Do‘stlik va hamkorlik aloqalari siz uchun yangi ufqlarni ochadi va o‘zingizni ijodiy qobiliyatingiz, aql-zakovatingizni kuchli odamlarning imkoniyatlari bilan birlashtirganingizda sizga omad kulib boqadi.
Tarozi burji ostida tug‘ilganlar muvozanat va uyg‘unlikka intilishadi, ular tartibli va sokin muhitda o‘zlarini baxtli his qiladilar. Siz har qanday holatda ham tinchlikka intilasiz, janjal va kelishmovchiliklardan qochish uchun ko‘p narsani qurbon qilasiz. Sizda bahs-munozaraning mohiyatini va tanlagan yo‘lingizni barcha oqibatlarini yaxshi tushunib yetish va aniq ketma-ketlik bilan nizolarni hal qilish qobiliyati mavjud. Siz tug‘ma diplomatsiz. Yoqimsiz vaziyatlarni oldini olish uchun siz hatto haqiqiy his-tuyg‘ularingizni ham yashirishingiz mumkin. Aslida, ko‘pincha siz ularni to‘g‘ri aniqlay ham olmaysiz. Bir vaqtning o‘zida hammani xursand qilishga urinib, siz ular ko‘z o‘ngida qatʼiyatsiz odamga aylanasiz. Go‘yo siz doimo o‘rtada muvozanat saqlayotganga o‘xshaysiz, u yoki bu yo‘nalishda harakat qila olmaysiz, barcha ijobiy va salbiy tomonlarni, barcha mumkin bo‘lgan afzalliklar va xavflarni cheksiz o‘lchab ko‘rasiz. Sokinlik va ko‘ngilchanlik niqobi ostida ichki kurash yotadi, ularsiz siz biron bir qaror qabul qila olmaysiz.
Muammo shundaki, tarozilar qalbida o‘zini o‘zi yetarli his qilmaydilar. Tashqarida siz aql-idrok va joziba bilan nur sochib turasiz, lekin ichingizda doimo tom maʼnoda jismonan yetishmayotgan nimadir bor - ideal sevgi, ilhomlantiruvchi martaba, barcha isteʼdodlaringizni namoyish etishingiz mumkin bo‘lgan loyiha va hokazolar. Shuning uchun, ko‘pincha siz o‘zingizni aldovi aniqlanayotgan aybdor kabi his qilasiz. Tarozilarning diqqat bilan yashiringan sirlaridan biri - bu o‘zlariga nisbatan to‘liqsizlik hissi va yasama muvaffaqiyat ko‘rsatish intilishni o‘z ichiga olgan ichki ishonchsizlik holatidir.
Sizda nozik sezgi bor, lekin siz unga yetarlicha ishonmaysiz. Ko‘pincha beparvolik sizning maqsadlaringizga erishishingizga to‘sqinlik qiladi. Qoidaga ko‘ra, siz jangga kirishish zarur bo‘ladigan hech narsaga astoydil kirishmaysiz. Faqat siz o‘zingizni qonuniy huquqingiz deb hisoblagan imtiyozlardan mahrum qilishgan vaziyatlargina bundan mustasno. Bu vaziyatda sizning sochingiz tikka bo‘ladi. Tarozi burji ostida tug‘ilganlar o‘zlarining qaysarligi bilan mashhur, ammo bu adolatni izlash bilan bog‘liq xolos. Siz butun dunyoning tengsizligi va mukammal emasligidan g‘azablanasiz. Siz o‘z kuchingizni faqat inqiroz paytida ko‘rsatasiz – bu vaziyatlarda siz juda jasur bo‘lasiz.
Bir tekis temperamentga ega va qiyinchilik ustidan kulishni biladigan odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lasiz. Siz har qanday sohada, tasviriy sanʼat, adabiyot yoki musiqa bo‘lsin, isteʼdodni yuksak qadrlaysiz. Agar siz o‘zingiz ijodkorlik bilan shug‘ullanmasangiz, hech bo‘lmaganda boshqa odamlarning asarlarini to‘playsiz.
Odamlar ko‘pincha sizning qiziqishlaringiz ko‘pligidan hayratda qolishadi, chunki siz doimo o‘zingizning yuksak rivojlangan aqlingizni beparvo quvnoqlik niqobi ostida yashirasiz. Tarozi – kardinal burj vakili, yaʼni siz voqealar tashabbuskorisiz. Sizga yangi loyihalar, noodatiy yangi ishlar, qiziqarli tanishuvlar yoqadi. Sizda fantaziya, o‘ziga xos badiiy did va ishtiyoq bor, sizning ochiq, izlanuvchan ongingiz dunyoni beg‘araz va oqilona baholashga harakat qiladi. Sizda yaxshi moliyaviy tuyg‘u bor, lekin hashamatga bo‘lgan muhabbat sizning aniq zaif tomonlaringizdan biridir.
Pul tom maʼnoda barmoqlaringiz orasidan to‘kilib ketadi, chunki siz pullarni emas, balki pulga sotib olish mumkin bo‘lgan narsalarni yaxshi ko‘rasiz. Beparvo tarozilar qattiq ishlashga moyil emaslar va bu ishlar bilan boshqalarga shug‘illanishlarini afzal ko‘rishadi. Go‘zallikka bo‘lgan muhabbat bu burjning ko‘plab vakillarini tasviriy sanʼat yoki dekorativ amaliy sanʼat, teatr yoki musiqa sohasida martaba sari undaydi, ammo, Tarozilar ko‘pincha havaskorona yondashuvda qoladilar: ularga mukofotlar yoqadi, lekin mukofotga yetishish uchun zarur bo‘lgan harakatlardan qochishadi.
Siz tuzatib bo‘lmaydigan idealist va romantiksiz. Tabiatan iliq, mehribon, sentimental, optimist bo‘lgan tarozi burji vakili har tomonlama boshqalarni xursand qilishga intiladi. Sizning eng kuchli kartangiz – maftunkor ekanligingiz.