Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Chayon burji

Chayon burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Idealizm

Bu burj egalari har qanday chegaraning qaltis nuqtasida turishadi. Chayon burji ostida tug‘ilgan kishilarni turlicha xil tavsiflashadi: ular ham kuchli, ham zaif, ham mustaqil, ham kimgadir bog‘liq, ehtirosli yoki sovuqqon deb taʼrif berishadi. Bir narsa aniq: siz haqiqiy ziddiyatlar kalavasiga o‘xshaysiz, sizda inson tabiatiga xos eng yaxshi va eng yomon jihatlari uyg‘unligi bor.

Sizning shaxsiyatingizning asosiy belgisi — shiddatkorlik. Siz hech bir narsani to‘liq kuch sarflamay bajarmaysiz. Siz his-tuyg‘ularga boy, jozibali va katta shiddat ko‘rsata olish qobiliyatiga egasiz, biroq bu shiddatingiz odatda qalbingiz tubida yashirin bo‘ladi. Chayon burji vakillari suv unsuriga mansub moʻtadil insonlar; chayonlarni ko‘pincha aysberg yoki tubsiz quduqqa o‘xshab ketadi. Siz sovuqqon, baʼzida tushunish qiyin bo‘lgan insondek ko‘rinishingiz mumkin, ammo ichingizda har doim ishtiyoq qaynab turadi, faqat ular tashqaridan sezilmaydi.

Siz bir vaqtning o‘zida turli holatlarda yashaysiz. Dunyoga siz xotirjam, tabassum bilan qarab tursangiz ham, ichingizda siz turli tashqi taʼsirlarga o‘ta chidamlisiz, sizda misli ko‘rilmagan iroda kuchi mavjud. Siz vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qilishni bilasiz. Qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, siz osonlikcha taslim bo‘lmaysiz. To‘siqlarni chetlab o‘tish va maqsadga erishish yo‘llarini topish uchun siz har qanday burilishni amalga oshirish, moʻjizaviy tarzda vaziyatga moslashib olish mahoratga egasiz. Ajablanarlisi, siz uchun vaziyatni nazoratdan chiqarmaslikning eng samarali yo‘llaridan biri bu – bir vaziyatdan ikkinchisiga vaqtida sakrab o‘tish qobiliyatidir.

Chayon burji eng tushunish qiyin bo‘lgan burjlardan biri. Chayon burji vakillari yo‘li turli qiyin burilishlar va chorrahalarga to‘la. Sizda doimo biror bir maxfiy maqsad yoki sirli rejangiz bo‘ladi. Sizning qalbingiz o‘ta chuqur, xuddi turli fitnalar va o‘ta ayyorlik bilan to‘lib-toshgan labirintga o‘xshaydi. Tashqaridan xotirjam va osoyishta ko‘ringan vaqtingizda ham siz ichingizda atrofni baholash, o‘rganish, o‘z maqsadlaringizni tahlil qilish va strategik rejalar tuzishda davom etayotgan bo‘lasiz. Buning barchasi nazoratni saqlab qolish uchun amalga oshiriladi va bu Chayonning asl mohiyatidir.

Decoration

Decoration

Nazoratni yo‘qotish siz uchun haqiqiy ruhiy xavf tug‘diradi. Siz uchun tashqi kuchlarning taʼsiriga tushib qolishdan ham dahshatliroq narsa yo‘q. Sizning shaxs sifatida shakllanishingiz ijobiy nazoratga erishishdan iborat: siz hamma narsani tartibga solishni, atrofdagilar uchun foydali bo‘lishni, ularning ehtiyojlariga javob berishni, barcha ishlar mukammal bo‘lishi uchun o‘z atrof-muhitingizni yaxshilashni xohlaysiz. Kamolga yetmagan Chayon burji vakillari esa, aksincha, o‘z manfaatlari uchun odamlar va vaziyatlarni boshqarishga urinishadi. Shuning uchun ham sizning notinch qalbingizda doimo oq va qora kuchlar o‘zaro janjallashib turishadi.

Siz uchun eng muhim narsa — o‘z intilishingizni ijobiy munosabatlar va mazmunli mehnatga yo‘naltirish. Siz o‘zingizni bekorchi narsalarga juda oson sarflaysiz, bunday hollarda his-tuyg‘ularingiz ichingizda qamalib, baʼzan hammasini barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Chayon burji vakillari boshqalarga qaraganda ko‘proq his tuyg‘ular cho‘qqisida yashaydilar. Ularda o‘zgaga qalbini ochmaslik, rashk, hasadgo‘ylik, toqatsizlik, va hatto qasoskorlik kabi salbiy jihatlar mavjud. His-tuyg‘ularini zabt etgan insonlarga nisbatan shubhasiz sadoqatini esa Chayonning ijobiy tomoni deb atash mumkin. Chayon burji vakillarining quvvati, qatʼiyati va chidamliligi haqiqiy afsonaga aylangan. Siz doimo o‘z hayotingizga maʼno berishni, ulkan maqsadlar sari intilishni xohlaysiz.

Sizda falsafiy fikrlash qobiliyati mavjud, diniy va sirli bilimlarga qiziqishingiz bor. Sizning oldindan his qilish qobiliyatingiz, yaʼni oltinchi sezgingiz, voqealarni avvaldan ko‘ra bilish imkonini beradi. Siz odamlarning qalblarini tushunish qobiliyatiga egasiz va hayotning ko‘plab sirlaridan boxabar insonsiz. Barcha suv unsuriga tegishli burjlar (Qisqichbaqa, Chayon, Baliqlar) nozik ruhiyatga ega bo‘lishadi, biroq siz insonlar ongining eng tubiga kira olasizki, bu boshqalarni qo‘rquvga soladi. Chayon burji, inson shaxsiyati va olam sirlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tug‘ilish, o‘lim, jinsiy hayot kabi jarayonlar ramzi hisoblanadi. Chayon burji vakillari orasidan ko‘pincha kuchli shifokorlar, jarrohlar, olimlar, maʼnaviy yetakchilar yetishib chiqadi. Djonas Salk, Kristian Barnard, Mariya Kyuri i Martin Lyuter kabi shaxslar aynan Chayon burji ostida tug‘ilishgan.

Sizning murakkab aqlingiz yuzaki bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi, siz doimo tubsiz chuqurlikda yotgan sirlarni ochishga intilasiz. Yangi fanni o‘rganayapsizmi, chet tilini o‘zlashtirayapsizmi yoki matbuotdagi shov-shuvli faktlarni qidirayapsizmi, hatto oddiy kitob o‘qishdan zavq olayotgan bo‘lsangiz ham, aqlingiz doimo mavzuning eng asosiy nuqtasini ilg‘ab oladi. Sizning eng yaxshi va eng qiyin tomonlaringiz insonlar bilan munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Chayon burji vakillari bilan munosabatlar odatda oson bo‘lmaydi. Bu ajablanarli emas, chunki siz bir vaqtning o‘zida saxovatli va mehribon, shu bilan birga, qattiqqo‘l, oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan shaxs bo‘lishingiz mumkin. Hatto sizning eng yaxshi kayfiyatingizda ham keskin o‘zgarish ehtimolini his qilish mumkin.

Siz do‘stlarga cheksiz sadoqatlisiz, biroq o‘ta rashkchisiz, hammani o‘zingizga tegishli deb o‘ylaysiz. Siz o‘zingizga yaqin insonning boshqa bir yaqin insoni bo‘lishi mumkinligini tushunolmaysiz, bu fikrni qabul qilolmaysiz. Siz “Hammasi yoki hech narsa” degan aqidaga amal qilasiz. Sizning ruhiy tushunchalaringiz orasida o‘rtahollik va o‘zini tiyish tushunchalari yo‘q, majburiyatsiz munosabatlar degan tushuncha esa siz uchun mutlaqo yot tushuncha.

Siz hech qachon o‘zingizga nisbatan ko‘rsatilgan mehribonlikni unutmaysiz va bu yaxshilikka minnatdorlik bilan javob berishga intilasiz. Ammo shu bilan birga, sizga yetkazilgan ozorni ham uzoq vaqt unutmaysiz, yillar davomida qasos olish uchun qulay payt poylab yurishingiz mumkin. Ayniqsa, hisobni tenglashtirib olish bilan cheklanmaysiz — siz qasos olishni istaysiz. Shu sababli, Chayon burji vakillariga zarar yetkazishdan har qanday holatda ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi. Chayonlar xavfli dushmanga aylanishlari mumkin, chunki ular burj ramzi, chayon kabi makkor va shafqatsiz bo‘lishadi.

Chayon burji vakillari raqobatda o‘ta shavqatsiz bo‘lishadi, garchi bu xususiyatini boshqalardan ustomonlik bilan sir saqlashsa ham. Siz maʼlumot, faktlar va ismlarni xotirangizda to‘plab yurasiz va kerakli paytda ulardan hech ikkilanmasdan foydalanasiz. Raqibingizning zaif tomonini ko‘rishingiz bilan unga darhol zarba berasiz.

Siz muhitga oson va yaxshi moslashasiz, quvvatingizni tezda yangi yo‘nalishga yo‘naltirish yoki mutlaqo boshqa kasbni boshlash qobiliyatiga egasiz. Qiyinchiliklarga duch kelganingizda, ularni muvaffaqiyatga aylantirishga intilasiz. Amaliy va o‘tkir zehnli inson sifatida, siz o‘z oldingizga tushunarli, aniq maqsadlar qo‘yasiz va ularga erishish uchun barcha kuchingizni jamlay olasiz.

Moliya sohasidagi yuqori mahoratingiz va konservativ yondashuvingiz tufayli moddiy boylik yig‘ish imkoniyatlaringiz katta. Biznes bilan shug‘ullanganda, siz odatda ishlaringizni nihoyasiga yetkazgandan so‘nggina ularni ommaga maʼlum qilasiz. Raqiblaringiz yutuqlaringiz haqida bilishganida, bu ishlaringiz allaqachon amalga oshgan bo‘ladi.

Siz tabiatan aqlga bo‘ysunmaydigan, qaytarib bo‘lmaydigan intilishlarga moyilsiz. Bu intilishlarga yo‘l qo‘ygan odamlar ustidan hukmronlik o‘rnatasiz. Doimo hushyor va boshqalarga shubha bilan qarovchi inson sifatida, siz qalbingizni boshqa birovga osonlikcha ochmaysiz. Qalbingizni ochishni boshladingizmi, demak siz u insonni qattiq sevasiz.

Ko‘p munajjimlar Chayon burjini tavsiflaganda, uning qay darajada mehribon, sodiq va hatto yuksak darajada mehrli bo‘lishi mumkinligini taʼkidlashni unutadilar. Chayon burji ostida ko‘plab idealistlar tug‘ilgan, ular yuksak prinsiplarga sadoqatli bo‘lib, o‘zlarining cheksiz ijobiy quvvatlarini boshqalar manfaatiga bag‘ishlashadi.

Barcha Chayon burji vakillarini tuyg‘ular kuchli birlashtirib turadi. Hissiyotlar nafaqat sizga yo‘l ko‘rsatadi, balki sizning xarakteringizni ham belgilab beradi. Siz muhabbatda ham, ishda ham, munosabatlarda ham, qiziqishlarda ham, kurashlarda ham o‘ta ehtiroslisiz. Sizning shaxsiyatingizda barcha yorqin ranglar mujassam bo‘lgan. Chayon burjida oddiy xira ranglarga joy ajratilmagan.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.