Irgashev Alisher Tursunboyevich
Muhandis-konstruktor
Sifat bo‘yicha mutaxassis
Analitik
23 Sentyabr, 1976 yilda tug‘ilgan.
Maʼlumoti oliy.
Oilali.

Rezyume

Umumiy tavsif
Avtomobilsozlik va mahsulotlarni loyihalashtirish yo‘nalishlarida, shu jumladan, texnik loyihalarni, maʼlumotlarni va ularning o‘zgarishlarini rejalashtirish va boshqarish borasida 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis. Ishlab chiqarish jarayonlarni takomillashtirish, optimallashtirish, jarayonlar sifatini rejalashtirish va nazorat qilish yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarga ega. ISO 9001 i ISO/TS 16949 sifat tizimi standartlari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, nazorat qilish, audit o‘tkazish va baholash tajribasiga ega. CATIA, NX UG (Unigraphics), Kompas 3D kompyuter dasturlarini yaxshi o‘zlashtirgan.
Axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni rejalashtirish va boshqarish, dasturlarni sinovdan o‘tkazish, texnik shartlar, test keyslar ishlab chiqish, qo‘llanmalari tayyorlash borasida 5 yildan ortiq tajribaga ega. HTML/CSS/JS asoslarini biladi, BPMN/UML yordamida jarayonlarni ketma-ketligini loyihalashtiradi, dasturlar konsepsiyasi va eskizlarini tayyorlay oladi. Dastur ishlab chiqarish bosqichlarini va modellarini, Agile, Kanban kabi boshqaruv uslublarini yaxshi tushunadi.
Ko‘p yo‘nalishli loyiha va vazifalarni uddalay oladigan tartibli va tajribali mutaxassis. Topshirilgan ishga o‘z bilimiga, tajribasiga, sohadagi yangi uslublarni qo‘llagan holda, normativ hujjatlarga va boshqa, yuqori malakali mutaxassislar tavsiyalariga asoslangan holda yondashadi. Jamiyat bilan tez chiqishadi, ish vaqtini to‘g‘ri rejalashtiradi va mustaqil qaror qabul qila oladi.

Taʼlim va malaka oshirish
Elektroenergetika yo‘nalishida bakalavr diplomi
- Farg‘ona Politexnika Instituti.
- 1996 - 2001 yillar.
Sertifikat. Avtomobil ishlab chiqarish asoslari
- Daewoo Public Motors Kompaniyasi
- Janubiy Koreya
- 1996 yil.
Sertifikat. CATIA dasturida loyihalash asoslari
- “Mobius”, Axborot Texnologiyalari Markazi, IBM Biznes Partneri
- Rossiya Federatsiyasi
- 2001 yil.
Sertifikat. ISO 9001:2000, ISO 14001:2004, OHSAS 18001:1999 tizimlari ichki auditori
- SGS Tashkent Ltd.
- O‘zbekiston Respublikasi
- 2005 yil.
Sertifikat. Kompyuter yordamida loyihalashtirish
- CDAC, Kompyuterlashtirishni Rivojlantirish Markazi
- ITEC Granti asosida.
- Moxali, Hindiston.
- 2007 yil.

Mehnat faoliyati
Oktyabr, 2020 yildan hozirga qadar
O‘zbekiston Savdo Sanoat Palatasi
"Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish" loyihasiAxborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha mutaxassis.
- Loyiha maqsadlarini shakllantirish;
- Loyiha doirasida Axborot texnologiyalariga bo‘lgan talablarni o‘rganish, chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
- Loyiha axborot tizimlariga bo‘lgan texnik talablarni ishlab chiqish;
- Yosh tadbirkorlarga tadbirkorlikni raqamlashtirish masalalarida ko‘maklashish;
- Hududiy Biznes Inkubatorlarni kompyuter va orgtexnika vositalari bilan jihozlashni yo‘lga qo‘yish.
Iyul, 2018 yildan hozirga qadar
“MAROQAND” MCHJ, Toshkent
Analitik
- Informatsion texnologiyalarga oid loyihalar konsepsiyasini shakllantirish
- Jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish va optimallashtirish
- Loyihalar eskizlarini tayyorlash
- Axborot tizimlari texnik shartlarini, hujjatlarini tayyorlash
- Loyihalarni boshqarish va AGILE uslubida ish tashkil qilish
- Loyihalar sifatini rejalashtirish
- Axborot tizimlarini sinovdan o‘tkazish
- Axborot tizimlari foydalanuvchilarni o‘qitish va ularga ko‘mak berish
Fevral, 2016 - Iyun, 2018
"Velosi Certification Services" MCHJ, Toshkent
Loyiha menejeri
- Loyiha ishlarini va nazoratlarni boshqarish
- Sifat tizimi boshqaruvini yo‘lga qo‘yish
- Xalqaro inspeksiyalarni tashkillashtirish
- Uchinchi tomon inspeksiyalari hisobotlarini yuritish
- Loyihalarga qiziqish bildirish va tender hujjatlarini tayyorlash
- Tender tanlovlariga texnik takliflarni tayyorlash
May, 2013 - Fevral, 2016
"SDK Group And FC LTD" MCHJ, Shahrixon tumani
Sifat bo‘yicha mutaxassis
- Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar nazorati
- Ishlab chiqarishda sifat tizimi va boshqaruvini shakllantirish
- ISO 9001 sifat tizimi standarti asosida ish tashkil qilish, standartlashtirish va sertifikat olishga tayyorlash, ichki va tashqi auditlar o‘tkazish
- Yetkazib beruvchi tashkilotlarda sifat tizimi auditlarini o‘tkazish
- Yangi loyihalarda sifatini avvaldan rejalashtirish ishlarini olib borish (APQP)
- Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkillashtirish
May, 2011 - May, 2013
"O‘zERAE Climate Control" Qo‘shma korxonasi. Andijon
Yangi loyihalar bo‘yicha menejer
- Yangi loyihalar ustida ishlash, rejalashtirish va boshqarish.
- Yangi loyihalarda sifatini avvaldan rejalashtirish va amalga oshirishni tashkillashtirish (APQP)
- Mahsulot va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va tadbiq etish.
- Kompyuter yordamida mahsulotlar va texnologik jarayonlar loyihasini ishlab chiqish (CATIA, NX UG, Kompas 3D)
- Ishlab chiqarishda sifat tizimi va nazoratni shakllantirish
- ISO 9001 va ISO/TS 16949 sifat tizimi standartlari asosida ish tashkil qilish, standartlashtirish va sertifikat olishga tayyorlash, ichki va tashqi auditlar o‘tkazish
- Yetkazib beruvchi tashkilotlarda texnologik jarayonlar va sifat tizimi auditlarini o‘tkazish
- Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkillashtirish
Noyabr, 2010 - May, 2011
"Uz-Hanwoo Engineering" Qo‘shma korxonasi. Andijon
Yetakchi mutaxassis
- Innovatsion guruh yetakchisi
Yangi loyihalar ustida ishlash, rejalashtirish va boshqarish. - Yangi loyihalarda sifatini avvaldan rejalashtirish va amalga oshirishni tashkillashtirish (APQP)
- NX UG va Kompas 3D dasturlarida metall qoliplar loyihalarini va chizmalarini tayyorlash.
- ISO 9001 va ISO/TS 16949 sifat tizimi standartlari asosida ish tashkil qilish, standartlashtirish va sertifikat olishga tayyorlash, ichki va tashqi auditlar o‘tkazish
Dekabr, 1994 - Sentyabr, 2010
"UZAUTO Motors" Aksiyadorlik jamiyati (avvalgi "GM Uzbekistan", "UzDaewoo Auto")
Dekabr, 1994 – Yanvar, 2001.
Elektron Hisoblash Mashinasi Operatori
- Muhandislik mahsulotlari maʼlumotlari bazalarini nazorat qilish.
Yanvar, 2001 – Yanvar, 2005.
Texnik maʼlumotlar bo‘yicha muhandis.
- Muhandislik mahsulotlari maʼlumotlari bazalarini nazorat qilish.
- Texnik maʼlumotlarni klassifikatsiya qilish uslublarini standartlashtirish
Yanvar, 2005 – Iyun, 2009.
Injiniring guruhi menejer assistenti
- GM-GPDS, APQP, DFMEA, E-Squared tizimlari bo‘yicha mutaxassis
- Muhandislik maʼlumotlarini MS (SUZUKI), TMS (GM/OPEL) tizimlaridan GM-GPDS tizimiga olib o‘tish bo‘yicha mutaxassis
Iyun, 2009 – Sentyabr, 2010.
CAD tizimlari guruhi menejer yordamchisi
- NX UG dasturi yordamida avtomobil qismlarining 3D modellari va chizmalarini tayyorlash.
Aprel, 1994 - Oktyabr, 1994
Andijon Iqtisodiyot va Boshqaruv Instituti
Kompyuter operatori
- Hisoblash Markazi kompyuterlarini foydalanishga tayyorlash
- CLIPPER va PASCAL dasturlash tillarida dasturlar ishlab chiqish
- Talabalarni kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish
Dekabr, 1993 - Aprel, 1994
Beruniy nomidagi 7-sonli umumtaʼlim maktabi
Fizik-laborant
- Fizika laboratoriyasi laboranti
- Kimyo laboratoriyasi laboranti
- O‘quv darslarida fizika va kimyo fanlari uchun amaliy laboratoriya ishlarini o‘tkazish

.jpg)
.jpg)









.jpg)
.jpg)