Featured

Maxfiylik siyosati

Mening sahifamga tashrif buyurganingizda sizga yoki qurilmangizga taaluqli maʼlumotlarni mening sahifam dasturi, internet tarmog‘i, qidirish va tahlil tizimlari qabul qilib olishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. Sahifamga bo‘lgan ishonchingiz sababli men bu katta masʼuliyat ekanini tushunaman va maʼlumotlaringizni himoya qilish, shuningdek, o‘z maʼlumotlaringizni o‘zingiz nazorat qila olishingiz uchun astoydil harakat qilaman.

Ushbu Maxfiylik siyosati men qanday maʼlumotlarni to‘plashim, ularni nima uchun yig‘ishim va maʼlumotlaringizni qanday boshqarishingizni tushunishingizga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Maʼlumot to‘plash

Men faqat sahifamdagi shakllarni to‘ldirganingizda, masalan, ro‘yxatdan o‘tganingizda yoki aloqa formasi orqali xabar yuborganingizda siz ixtiyoriy ravishda taqdim etgan maʼlumotlarni yig‘aman. Sahifamni tahlil qilish va yana-da rivojlantirish uchun IP (Internet Protocol – Internet protokoli) manzili, brauzer turi va operatsion tizim kabi baʼzi texnik maʼlumotlarni ham yozib olishim mumkin.

Maʼlumotlardan foydalanish

Men siz taqdim etgan maʼlumotlardan siz bilan bog‘lanish uchun, sizni qiziqtirgan maʼlumotlarni taqdim etish uchun foydalanaman. Shuningdek, men maʼlumotlardan sahifamni yuritish, kerak bo‘lganda siz yuborgan xabarlarni sahifaga joylashtirish, shuningdek sizga takliflar berish uchun foydalanishim mumkin.

Maʼlumotlarni oshkor qilish

Men sizning maʼlumotlaringizni sizning roziligingizsiz uchinchi shaxslarga taqdim etmayman, qonun talab qilgan hollar bundan mustasno. Men sizga xizmatlar ko‘rsatish uchun ishlayotgan uchinchi shaxslarga, masalan, xabarlar, elektron pochta yoki boshqa maʼlumotlar yuborish bilan bog‘liq holatlarda maʼlumotlarni oshkor qilishim mumkin.

Cookie fayllardan foydalanish

Men Cookie fayllardan sahifamni yaxshilash va sizga osonroq va qulayroq maʼlumot olishingiz uchun foydalanaman. Siz brauzer sozlamalarini o‘zgartirish orqali Sookiye fayllardan foydalanishni rad qilishingiz mumkin, ammo bu sahifalardan foydalanishga taʼsir qilishi mumkin.

Xavfsizlik

Men maʼlumotlaringizni ruxsatsiz olish, ulardan foydalanish yoki oshkor qilishdan himoya qilish uchun barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga harakat qilaman. Biroq, men Internet tarmog‘i orqali maʼlumotlar uzatishning to‘liq xavfsizligini kafolatlay olmayman.

Maxfiylik siyosatining o‘zgarishlari

Mening sahifamda joylashtirilgan ushbu maxfiylik siyosatini o‘zgartirish yoki yangilash huquqini o‘zimda saqlab qolaman. Maxfiylik siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlarni bilish uchun ushbu sahifani muntazam tekshirib turishingizni tavsiya qilaman.

Eslatma

Agar siz ushbu maxfiylik siyosatiga qo‘shimcha maʼlumot qo‘shish yoki o‘zgartirishlar kiritish zarur deb topsangiz, iltimos, menga bu haqda xabar bering.