Nasr bobida...

Baʼzida juda ko‘p gapirib yuboraman. Yozishga esa sabr toqat yo‘q. Shunda ham nimadir yozib qo‘yaman. O‘zimga qiziq tuyuladi, lekin bilaman, ko‘pchilik uchun zerikarli. Fikrlarimni jamlab olishim uchun, tahlil qilishim uchun, o‘z o‘zimga savol berishim uchun nimadir yozib turishim kerak. Balki kerakmasdir...

Ali Al Mehr

Ayollar klubiga hazil

«SHIJOAT» ayollar klubiga hazil

Zavodimiz ayollari to‘planishib,
Bir yoqadan bosh chiqarib, o‘ylanishib,
“Shijoat” deb bir nimaga chog‘lanishib,
Klub bo‘pti! Xudo urdi erkaklarni!

Uylangan dasturchi

Uylanmagan dasturchilarga hazil sheʼr

Yaqin o‘tgan zamonda
IT kuchli tomonda,
Uylanibdi dasturchi
Orzulari osmonda.

Bugun Navro‘z, bugun yangi kun!

Bugun Navro‘z, bugun yangi kun!

Tunim bugun kunga teng bo‘ldi. Kunim tundan uzoqroq bo‘lar. Navro‘z keldi sababin aytsam. Yuragimga bir quvonch to‘ldi, bugun kunim quvnoqroq bo‘lar. Bilmaysizmi? Bugunku Navro‘z. Qorlar erib ketdi zamindan, bolarilar chiqdilar indan, Bahor keldi shu bugun chindan, axir Hamal kirdi bugundan. Axir Navro‘z, bugun yangi kun!

Zamonaviy sheʼriyat

Bir vaziyatning besh xil taʼrifi

Bir vaziyatning shoirona besh xil taʼrifi, yoki zamonaviy o‘zbek sheʼriyatida yuzaga kelgan ijodiy muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish oqibatida, yoki real ijtimoiy siyosiy vaziyatga asoslanmagan oddiy voqelikni yoritish maqsadida, yoki shunchaki bekorchilikdan yoki uyqusizlikdan yozilgan ilmiy falsafiy bo‘lmagan sheʼrsimon sheʼr.

Soat va Hayot

Soat va Hayot

Soat taqmagan odam naqadar baxtli...

Qo‘lingdagi soatga hech eʼtibor berganmisan? Doimo vaqtni bilgani qo‘lingga qaraysanu faqat uning millariga nazar tashlaysan. Bugun esa bir bor unga boshqa bir nazar bilan qarab ko‘r. Sezyapsanmi?!

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Har yilgidek kelasanu mening bag‘rimga, sog‘indim deb dod voy solib yig‘lab olasan. Yupatay deb yopinchig‘im ustingga yopsam, jinni qildim sizni deya xandon kulasan.

Bir kasallik tarixi...

Bir kasallik tarixi...

(Asabi bo‘shlar, irodasi sustlar, qo‘rqoqlar o‘qimasin.)

Mana bir necha kundirki tobim yo‘q. Bolaligimda qattiq kulganimdan quvonch kasalini orttirib olgan ekanman. Vaqtida davolatmaganimni oqibati, mana yosh o‘tgan sari tez tez shodlik qo‘zg‘alib bezovta qilib turadi. 

Suhbatdosh

Suhbatdosh

- Assalom alaykum!

- Vaalaykum assalom. Xush kelibsiz! Suhbatimiz uzilib qolganidan afsusdaman. Uzr, tirikchilik. O‘tgan kungi suhbatimizda sizni ayblab ancha xafa qilib qo‘ydim. Kechiring. Lekin qalbingizni yemirayotgan shubhalarga, fikrlarga befarq qarab turolmasdim. Qalbingiz nurga to‘lsin do‘stim.

- Bunchalar shirinso‘zsiz? Har bir yozganingizni xuddi kitob o‘qiyotgandek o‘qiyman.

Taqdir charxpalagi

Taqdir charxpalagi

- Kimsiz?
- Siz kabi bir suhbatdoshman.
- Men his qilgan zavqni his qila olasizmi?
- Siz o‘zingiz hali his qilmagan zavqlaringizni his qila oldim.
- Lekin qo‘rqyapman. Adashdimmikin?