Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
«SHIJOAT» ayollar klubiga hazil
Ratings
(0)
Zavodimiz ayollari to‘planishib, Bir yoqadan bosh chiqarib, o‘ylanishib, “Shijoat” deb bir nimaga chog‘lanishib, Klub bo‘pti! Xudo urdi erkaklarni!
Klubsiz ham boshimizga urishardi, Har bir ishni chappasiga burishardi, Yakka bo‘lsa indamayroq turishardi, Jam bo‘lishdi! Xudo urdi erkaklarni!
Gap kelganda to‘xtash nima bilishmaydi, Ertalabdan to kechgacha tinishmaydi, Endi esa “Shijoat”dan kelishmaydi, Balo kelsa qo‘sh keladi erkaklarga!
Boshlanishi shu buladi “Matriarxat”! Qarshi chiqqan erkaklarga yo‘qdir shafqat! “Shijoat” deb tashlanmasa bo‘ldi faqat: Aks xolda oxir zamon erkaklarga!
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.