Assalom alaykum dustim.
Bugun tongda turganimda, ko‘chada mashq qilayotgan Kayfiyat bilan gaplashib qoldim. Negadir bugun ko‘ngli chog‘.
Birgalashib ozgina mashq qildik. Bu orada Sog‘liq ham kelib ketdi. Bugun sizni yo‘qlamoqchi ekan. Shunga bir oz xavotirlanib, nima gap deb so‘ramoqchi edim? Tinchmisiz? Kayfiyat ham salom aytib yubordi. Bugun o‘zim ham o‘tarman dedi. Kayfiyatni olib biznikiga kelinglar, bir qo‘lbola osh damlab beraman.
Darvoqe, kecha Quvonch bilan Shodlik qo‘ng‘iroq qilishgandi. Mexrning telefon raqamini so‘rashdi. Negadir eski raqami olmayapti. Agar bugun Mexrni uchratsangiz, menga telefon raqamini berib yuborsangiz. Bo‘lmasa Quvonchga yoki Shodlikka aytib qo‘ysangiz. Menga juda ham zarur. O‘zim ham qidirib ko‘raman.
Bugun vaqtingiz qanaqa? Kecha Baxt va Omad bilan o‘tirishda ko‘proq ichib qo‘yganmiz shekili, kecha tuni bilan xammani uyini taqqilatib bezor qilishibdi. Shunga bir borib xabar olib qo‘ysak degandim. Xali zamon o‘zlari ham kelishib qolishsa kerak. Mendan uyalishib, sizning oldingizga borishsa extimol. Bir urishib qo‘ying, xadeb erkalik qilishavermasin. Ularni deb kecha Rashk bilan Muxabbat urishib qolishibdi. Tuni bilan Muxabbatni yupatib chikdim. Arazlab Xijronga ketaman deydi. Zo‘rga aldab olib qoldim. Agar tanishlaringiz bo‘lsa bir necha kunga Visolga yo‘llanma olib bersangiz. Bo‘lmasa iltimos, do‘stlardan bir surishtirib ko‘ring.
Uzr do‘stim. Ko‘p gapirib yubordim. Lekin tug‘risini aytsam, bir narsa so‘rashga istixola qilib turibman. Bugun tug‘ilgan kuningizmi, biror bir bayrammi, xammasi sizni yo‘qlab ketishdi. Meni ham yur deyishgandi, lekin o‘zingizdan biror bir taklif olmaganim uchun, to‘g‘risi, bir oz xijolat bo‘ldim bostirib borgani. Xozir Tabassumni kutib turibman. Agar kelsa birga borarmiz degan niyatda edim. Shunga bir oldingizdan o‘tib ko‘yay degandim.
Mayli dustim. Allox sizni o‘z panoxida asrasin. Men endi ishga ketishim kerak, tashkarida xamkasblarim Sabr bilan Shukr kutib turishibdi. Yo‘l yo‘lakay Rizq bilan Barakani ham olib ketishimiz kerak. Xabarlashib turaylik. Balki bugun uchrashib qolarmiz….
Soginguncha…