Bilasanmi, kimni sog‘indim?
Sog‘inch boru, sog‘inganim yo‘q.
Orzu qildim sog‘inchni, afsus,
Men visolga topinganim yo‘q.
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Yurak mahzun. Xafa qildim bir so‘z uchun.
Bilib turib alamimni oldim sendan.
Bilasanku? O‘ylab netmay gapirishing
Bilamanku?! Xafa bo‘lma sen ham mendan.
Men sizni bir bora ko‘rishim kerak.
O‘ylamang, jon emas, o‘tinar nigoh.
Roz bering, nigohlar uchrashsin ilk bor,
Va ular qalblarni etsinlar ogoh.
Jazirama. Bo‘lma beayov.
Vujudimda yonmoqda yurak.
Jon soyada, xayolim zaxda.
Yo‘q. Bardoshim yetishi kerak.
Dilim buncha erkasan, sho‘xsan,
Qiliqlaring sig‘mas dunyoga.
O‘zing uchun dunyo yaratib,
O‘xshatmaysan uni ro‘yoga.
Sevgi.
Sendan nafratlanaman.
Sabab?!
Oddiy! Sevganim uchun!
Unutolmay, band bo‘lgan dilni
Umid qilib kutganim uchun.
Yuragim, kuyinma, u o‘sha,
Dunyoning ishqiga orzumand.
Mezoni nafsiga basma-bas,
Men bir kas, u esa donishmand.
Do‘stim dedim, qon yig‘ladi, kuydi ishqim,
Singlim dedim, joniga qasd qildi ishqim.
Do‘st, birodar, aka, og‘a bilsam o‘zim,
Meni nomard, xiyonatkor bildi ishqim.
Tong sahar yoyibsan yana dasturxon.
Chimchilab uyg‘otding.
Shirin bir ozor.
Titrayman:
Bag‘ringdan qo‘ymaysan hamon.
Yorimni sog‘indim.
Yo‘l ber oppoq qor.
Xush kelibsan do‘stim qahraton,
Ishon, seni qanchalar kutdim.
Bas qil endi garov qilmoqni,
Yengolmading. Yana men yutdim.
Taqdirmidi? Sevgi yuki zalvoridan,
Oyoqlarim ko‘tarolmay qayrildiku?
Visolingga to‘ymay qoldi xayollarim,
Sendan o‘zim, dil boridan ayrildiku?
Sog‘inchlaring sog‘inchimga yetolmaydi,
Yurakkinam seni tashlab ketolmaydi,
Afsus, visol bugun xushnud etolmaydi,
Sog‘inganim, sog‘indingmi sen ham meni?
Kechikding muhabbat, endi kechikding.
Senga deb atalgan yuragim o‘lgan.
Ketaver, sen uchun endi nima bor?
Umiding uzaver, sabrim ham to‘lgan.
Sahifamda zerikib qolmang!
-
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
-
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi. -
Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli. -
(Hamkasbimga hazil)
Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur. -
Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada. -
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.