Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Yolg‘izga

Yolg‘izga

Yorning yolg‘iz yori bo‘lib yurgandingiz,
Ishq asiri bo‘lib davron surgandingiz.
Kimdan yaxshi, kimdan yomon o‘rgandingiz?
Yolg‘izini yolg‘iz tashlab ketgan yolg‘iz?!

Tanholikni balki obro‘ bilgandirsiz?
Ne oshiqlar yurak bag‘rin tilgandirsiz?
Endi yolhiz, tanho nag‘ma qilgandirsiz?
Yolg‘izini yolg‘iz tashlab ketgan yolg‘iz?!

Juft edingiz, toq bo‘ldingiz, endi kimsiz?
Qaytgani yo‘l topolmassiz, essiz-essiz.
Dunyolarga jar solgan qiz, endi jimsiz.
Yolg‘izini yolg‘iz tashlab ketgan yolg‘iz.

Siz ko‘narsiz, dil ko‘nmaydi toq qolsangiz,
Kimlar hamroh ko‘ngil olis yo‘l olsangiz?
Qayting yana kechiring deb aytolsangiz,
Yolg‘izini yolg‘iz tashlab ketgan yolg‘iz.

12 Aprel, 2012 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.