Endi hayot bo‘lsin ustozing,
O‘lim bilan qilgin andisha.
Ne kuylarga solsa ham taqdir
Inson bo‘lib qolgin hamisha...

Ali Al Mehr

Ali Al Mehr

So‘zlarim yetmadi Onajon!

Onajon demabman. Bugun ming afsus...
Vaqt bilan bu qismat bahona, g‘anim.
Ertaga afsusga aylanar aniq,
Qabringni quchoqlab yig‘lamaganim.

Bu satrlarni o‘qiyapsizmi, demak sahifamda mehmonsiz. Hush kelibsiz!

Aslida shoir ham, yozuvchi ham, havaskor ham emasman. Lekin nimadir yozgim keladi, nimadir aytgim keladi, nimanidir tushuntirgim keladi. Hech kim bularga eʼtibor bermasa ham, yozganlarim o‘zimga dars bo‘ladi. Quvonchdan yozgim keladi, lekin quvonchimga hamma sherik. Dard, alam kelganda esa ko‘proq satrlar yoziladi. Baʼzida quvonchimda dard bo‘lsa, baʼzida dardimda cheksiz quvonch bo‘ladi.

Dunyo ranglarga to‘la. Lekin oq qorani anglash muhimroq. Balki shuning uchun ham sahifalar uchun oq qora mavzu tanlangan. Balki rang tanlashni bilmasman. Rang tanlash qiyin emas, sodda bo‘lish qiyinroq.

Sheʼrlarimni, satrlarimni kimdir o‘qishlarini istadim. Yuragimda borini ifodalash uchun so‘zlarim yetmasa ham.

Men shunchaki bir insonman. Onam esa meni dunyoga keltirib dunyoga meros qoldirgan inson edi... Agar satrlarimda o‘zingiz uchun nimadir topsangiz, demak ularda men ayta olmagan nimadir bor.

Barchaga hurmat bilan,

Ali Al Mehr

Onajon

>format C: {ENTER}