Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Har yilgidek kelasanu mening bag‘rimga, sog‘indim deb dod voy solib yig‘lab olasan. Yupatay deb yopinchig‘im ustingga yopsam, jinni qildim sizni deya xandon kulasan.

Chechaklardan gulchambarak taqib boshingga, islaringni shabbodaga qorishtirgancha, men kezganim ko‘chalarda o‘ynab yurasan. Na to‘xtatib bo‘lar seni va na o‘ynatib. To‘xta desam dod solasan ko‘z yoshi to‘kib, sumalaklar qilishadi yupatmoq uchun. O‘yna desam hammayoqni chang to‘zon qilib, ko‘zlarimga chang sepasan bolalik qilib. Na kulishim bilaman va na yig‘lashim. Chunki seni sendan ko‘ra sog‘ingan o‘zim.

Akang qishni ortidan tosh otgan ham o‘zing, ukang yozni ishlatgan ham o‘zing bo‘lasan. Kuzga esa faqat oltin taqinchoq hadya. Senday telba Bahori bor menga rahmatlar. Har qilig‘ing yarashsa ham chidagan o‘zim, yarashmasa balolarga qolgan ham o‘zim.

Tinch turgan bu ariqlarga suvlar oqizib, qirg‘oqlardan toshdirganing yetmagan edi. O‘tgan yili jala quyib tomimni teshib, akan qishga kulgi qilib qoldirgan eding. Bu yil nima ish ko‘rsatar Bahorim deya yuragim hovuchlab yuribman axir.
Baribir shirinim o‘zingsan Bahor, o‘zingsan erkatoy, o‘zing maftunkor.

Sog‘inib kutganim keldingmi Bahor?

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.