(Hamkasbimga hazil)
Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.
Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.
Uchta o‘g‘il, ikki qiz, ikki singil, juft uka,
Har biriga otadur ul, gar kerak-ki onadur.
Garchi behol tursa tan, bor yurakda bir olov,
Bu holi bejiz emas, juft xotin parvonadur.
Harki ishga bo‘lsa bosh, har sohaga bor yechim,
Qayga boshin urmagan?! Umri bir darsxonadur!
Tinim bilgay bu jahon, faqat unda yo‘q tinim,
O‘yladim, hatto yo‘li, oromi ishxonadur.
Har jabhada bir shingil, to‘plagay xas gar kerak,
So‘rang, topgay yozda qor, ombori durdonadur.
Ey Alisher, bo‘ldi bas, yetar taʼrifi Usmon,
Ul yigit gar bo‘lsa sulton, ko‘ngli bir koshonadur.
19 Mart, 2004 yil.