Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

«Maʼnaviyat» kerakmi?

Maʼnaviyat kerakmi?

Zamona zayli bilan haqiqatga o‘xshagan hazil sheʼr...

Hazil qilib xotinga aytdim:
- Maʼnaviyat kerakmi senga?
Xotin hayron. Keyin alamdan,
Bir oz qo‘rqib portladi menga:

- Qaydan bu gap? Ustimdan kulish?!
Maʼnaviyat yetmay qoldimi?!
Shukr, onam tarbiyasi bor,
Yo boshqa yor ko‘ngil oldimi?!

Qachon kitob o‘qidim, ayting?
Sizdan ortib, boladan ortib?
«Ro‘zg‘or bu g‘or» degan sizmasmi?
Qo‘sh ho‘kizdek yuribmiz tortib!

Otang bozor, onang bozor deb,
Siz aytgansiz. Narxlar osmonda.
Shukr, Alloh berib turibdi,
Bir bo‘lak go‘sht qaynar qozonda.

Gul bergansiz so‘nggi bor to‘yda,
Shundan beri qozon - tog‘ora,
Bir konsertga boraylik desam,
«Maosh olsam» degan nog‘ora.

Men ham konsert ko‘rgim keladi,
Indamayman. Shunga ko‘ngliz to‘q.
Toshkent uzoq, Andijon o‘lgan,
Chipta olsak, yo‘lkiraga yo‘q,

Qachon ko‘rdim bitta serial?
Suv tashiyman belimni boylab.
Nima foyda uyda jo‘mrakdan,
Suv kelmasa haftalab, oylab.

«Kir mashina bor» demang faqat!
Men uydaman, siz ko‘cha kuyda.
Kirim kutib turmaydi - «Qachon
Chiroq yonar ekan?» - deb uyda.

Pishir kuydir, choy damla, osh qil,
Zora dadil yonsa gaz ballon?!
Havo qo‘shib damlaganmi it,
Asabimga tegadi yomon!

Kecha uyga MIBdan kelibdi,
Hujjatlarni qo‘liga berdim.
Gazimiz yo‘q, suvimiz gumon,
Bir “baklashka” benzin bor dedim.

Qish kelyapti, uyda o‘tin yo‘q,
Uyda daraxt qolmadi hisob,
Hozir arzon, kuzda osmonda,
Qiling siz ham bir hisob kitob.

Maʼnaviyat?! Qani? Yo‘q imkon!
Qani o‘sha buyuk qadriyat?
Qilib bering “normal” sharoit.
«Elga kelgan to‘y» demang faqat.

Qiziz katta bo‘lyapti, qarang,
Sep sidirg‘a qilish kerakmi?
Yo madaniy moda bo‘lvolib,
Kitob o‘qib yotish kerakmi?

Jahlim chiqar, «Nimaga erim,
Ishlab yaxshi ko‘ylak kiymaydi?!».
Qadr toping deymanu, chetga
Ketkazgani ko‘zim qiymaydi.

Yo ko‘nmaysiz ketaylik desam,
Uy joy qilib yaxshi joylardan,
Ayting, bizni qayerimiz kam
“Vatan” degan o‘sha “boy”lardan?

Kreditga yugurmadingiz,
Tanish bilish qilganlar oldi.
Sizga o‘xshab ishonib yurgan
“Haqiqatlar” ko‘chada qoldi.

Rost-da, sizlar hammangiz bir go‘r.
Biz xotinlar, birga bo‘lishib,
Sizlar to‘rtta yaqin oshnani,
“Vatanpaypoq” deymiz kulishib.

Bo‘ldi, bo‘ldi, jahliz chiqmasin,
Hazillashdim. Tiqmang mozorga.
Maʼnaviyat kerak bo‘lsa-chi,
Ana, siz ham boring bozorga!»

Xullas, hazil bo‘lmasin deb zil,
“Madaniyat” ko‘rsatib turdim.
To‘rtta “Vatanpaypoq”ni chorlab,
“Maʼnaviyat” qilgani surdim.

27.07.2019 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.