
Avtobiografiya
Men haqimda ko‘p bilgandan ko‘ra
o‘zingiz haqingizda ko‘proq bilganingiz maʼqul.
23 Sentyabr, 1976 yil
Hammasi shu kundan boshlangan...
Hamma xursand bo‘lgan shekilli. Hozirgacha shu kunni bayram qilishadi.
23 Sentyabr, 1976 yil
1-Sentyabr, 1983 yil
Birinchi qo‘ng‘iroq
Bolalar bog‘chasiga jo‘natish mashmashasi nihoyasiga yetib, maktabga jo‘natish janjallari boshlangan kun.
25-May, 1993 yil
Oxirgi qo‘ng‘iroq
Maktabni "Imtiyozli Attestat" bilan yakunladim. Avvalgidek Oltin medal berishmadi. Berishganda ham foydasi bo‘lmasdi.
25-May, 1993 yil
1993-1994 yillar
Mustaqillik uchun...
Maktabni yakunlab, bozorni boshladik. Bozor iqtisodi ko‘p narsani o‘rgatdi. Institutga test imtihonlarini topshirib, katta ball olib ham institutga kira olmaganim sababini yozmayman.
Dekabr, 1993 yil – Aprel, 1994 yil
Birinchi ish faoliyatim
O‘zim o‘qigan maktabda Fizik laboratoriyasi laboranti bo‘lib ilk mehnat faoliyatimni boshladim.
Dekabr, 1993 yil – Aprel, 1994 yil
Aprel, 1994 yil – Oktyabr, 1994 yil
Institutda o‘qimadim. Ishladim!
Andijon Iqtisodiyot va Boshqaruv instituti. Hisoblash markazida operator bo‘lib ishladim. Pascal, Clipper, Foxpro dasturlash tillarini o‘rgandim.
Dekabr, 1994 yil
"UzDaewoo Auto" maktabi
"UzDaewoo Auto" qo‘shma korxonasiga kompyuter operatori bo‘lib ishga kirdim. Eng katta maktab mana shu dargohda boshlandi.
Dekabr, 1994 yil
Avgust, 1996 yil
Daewoo Public Motors
Mazza! Janubiy Koreyaga, Daewoo Public Motors kompaniyasiga 3 oylik xizmat safariga borib keldim.
Sentyabr, 1996 yil
Men talabaman!
O‘qishdan ko‘nglim sovib ketganiga qaramay hamkasblar nasihatiga ko‘ra Farg‘ona Politexnika Institutga hujjat topshirdim va Energetika fakulteti talabasi bo‘ldim. Kontrakt emas, byudjet asosida! Faqat sirtqi fakultetda, ishdan ajralmagan holda.
Sentyabr, 1996 yil
