Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
O‘zing go‘zal...
Ratings
(2)
Husning so‘rab oydan, go‘zal, javob olmadim, Tunda yorqin yulduz bilan tanho qolmadim. Ko‘nglimni ko‘r, ko‘kda quyosh bo‘lmasa guvoh, Sendan o‘zga bir go‘zalga nazar solmadim.
O‘zing go‘zal, ko‘zing go‘zal, ruxsoring go‘zal, Yuragimga armon bergan ozoring go‘zal, Kel yonimga, halovatim bergin ey go‘zal, Tunlar uyqu bermas sira xumoring go‘zal.
Bahor fasli kuylab seni ko‘ngling olmadim, Bog‘bon bo‘lib, bog‘dan seni izlab topmadim, Ko‘tarilib oy pardasi, etsa ham maftun, Parvona bu yulduzlarga nazar solmadim.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.