Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Yupanch

Yupanch

Ey do‘st...
Boshdan o‘tgan tabib deyishadi.
Ming bor yozaylik, qalbimizni har on tirnagan dardni o‘zgaga bera olmaymiz, ko‘rsata olmaymiz. Bir kun keladiki, bu darddan yiqilganda bizlar bu dardni qandoq ko‘tarib yurganimizga lol qolishadi.

Noma yozdim Onajonimga,
Sabolardan yo‘lladim, biroq,
Topolmadi borar manzilin
Yod ayladi uni bo‘z tuproq.

Bo‘z tuproqqa boshim qo‘yib nima qildim? Alamimni toshdan olib nima qildim? Yuragimga xanjar ursa chidayman bas, ikki opam yig‘lab tursa nima qildim?
Yupatolmay bir shapaloq urolmasam, Onam o‘ldi, qaytmas desam yupanmasa, yupanishib uxlab qolsa opalarim yig‘lab kelsa tor bo‘g‘zimga o‘z yuragim nima qildim?

Salom yozdim Onajonimga.
Qalbim yarim, armonim butun.
Kunduz mehrim tushgan qog‘ozga
Ko‘z yoshini artdi qora tun.

Kunduz kunni ishga talash qilib yuraversam, tunni yorga talash qilib yuraversam, yolg‘iz qolsam onam izlab yuraversam, bir mehrini topalmasdan turaversam oy nurida, kun tig‘ida nima qildim?

Ish tashvishga chidash kerak, chidayverdim, Yor ishqiga mehrim kerak, siylayverdim, farzandimga quvonch kerak o‘ynayverdim. Tili chiqib biyron biyron munchog‘imni, "Dada seni onang qani?" desa yig‘lab nima qildim?

Armon yozdim Onajonimga.
Yoshim siyoh, ko‘zim siyohdon,
Yurak bo‘ldi erib bitgan sham,
Qalbim esa qop-qora shamdon.

Dardlarimni sheʼrga solib nima qildim? O‘ylab o‘ylab yozgan sog‘inch dard bo‘lmasa nima qildim? Sheʼrlarimni o‘qib kimlar dod solsalar Onamlar deb, yig‘lolmasam, dardim og‘ir, dardim aytib nima qildim?

Xa yurak.
Kechirolmaymiz.
Alloxning irodasi deb ko‘namiz, lekin, tushlarimda “O‘g‘lim!” deb chaqirsalar…
Tongni kutib nima qildim?

Yuragim, dod dema, yig‘lama bir on.
Onamning ruxlari bezovta bu on: o‘g‘limning bag‘rini kim tirnadi deb pokiza ruxlari qilmoqda isyon.

Yuragim, dod dema, yig‘lama bir on: Onamiz ruxlari bezovta, sarson va hayron: bilasanmi, kulsam ular orom olarlar, men quvonsam onam ruxi quvonar ekan. Gar yig‘lasam boshimizga bosh egib kelib, yupatmoq chun Allohimga topinar ekan.

Yuragim, dod dema, yig‘lamaylik do‘st!
Toki sog‘inch qalbimizni yondirgan ekan, onam haqqi ont ichaman, kulib chidayman.

Yurakkinam, yig‘lamaylik, kulaylik bir on.
Esga olsak bolalikdan shirin damlarni, onalar pishirgan sutlik oshlarni, onalar quchog‘i, belanchagini, onamning qo‘lidan olgan burda non.
Armonni unutib kulaylik do‘stim, toki boshqa sarson qilmay onam ruxini, shodlantirib quvontirib sog‘indim deylik.
Chunki bizda onamlardek mehr nuri bor, onamlardek sabr toqat, quvonch sehri bor.
Bizlar do‘stim onam kabi bir dunyo asli — bir emasmiz onasidan erta ayrilgan.

Yurakkinam, yig‘lamaylik, kulaylik bir on. Toki bizdek onam ruxi bo‘lsinlar shodon.

(Bu yupanchmi, o‘tinchmi, qalb isyonimi, o‘zim ham bilmayman... Ali Al Mehr).

 

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.