Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Farzand so‘rab duo qildim

Farzand so‘rab duo qildim…

Rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman.

Hayron etib ikki dunyo g‘alvasiga,
Oshiq qilding bu dunyoning bandasiga.
Ey Allohim, muruvvating etma darig‘,
Zor qilmagin bir farzandning jandasiga.

Onam mehrin olib qo‘yding, ko‘ndim netay?
Otam savdo solsa ko‘ndim, qayga ketay?
Faqat sendan panoh so‘rar bo‘ldim Egam,
Tirnoqqa zor qilma, men ham niyat yetay.

Surur berding, ko‘z-ko‘z qildim etib ziynat,
Shuur berding, etdim ehson, gohi minnat.
Tavba qildim, kech gunohim endi Olloh,
Farzand bergin, bu ham menga bir omonat.

Gunohlarim o‘zim bildim, o‘zga bilar,
Kimdir menga farzand tilar, kim yov tilar.
Ijobat qil har ikki dil tilak qilsa,
Yov do‘st bo‘lsa, Farzandimning boshin silar.

Yolg‘izlatib qo‘yma meni, zurriyot ber!
Bu dunyodan ketar bo‘lsam, ahli yod ber!
Isming aytib bir mo‘minga bir nom beray,
Menga bersang, unga mendan ham ziyod ber!

Omin, Allohu Akbar!

7 avgust, 2006 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.