Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Sinovlarim
Ratings
(0)
Onam bo‘lsa baxtim yo‘lda qolarmidi? Taqdir meni shu kunlarga solarmidi? Mehr izlab topgan dardim olarmidi? Yo Allohim sinovlari shu bo‘ldimi?
Orzularim ko‘p ko‘rdimi armonlarim? Mehrimdan ham ko‘p bo‘ldimi yomonlarim? Qadrimdan ham past bo‘ldimi osmonlarim? Yo Rabbimning ehsonlari shu bo‘ldimi?
Muhabbatga tashna qalbim yolg‘onmidi? Bir taqdirni o‘yin qilmoq osonmidi? Taxtim uchun so‘raganim bir jonmidi? Yo Rahmonim irodasi shu bo‘ldimi?
Bir savolga minglab javob bo‘larmidi? Sust iymonim hidoyatga to‘larmidi? Qadrin bilsam mening mehrim o‘larmidi? Ko‘r qalbimning tanigani shu bo‘ldimi?
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.