Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Bolasining orqasidan qolmasin Ona

Bolasining orqasidan qolmasin Ona

Tongda turib uxlamagan oromidan nola qilar,
Duolarda ne so‘rashin faqat o‘zi, Tangri bilar.
Ko‘zlar mungli, titroq qo‘llar yostig‘ini asta silar,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.

O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa, o‘xshatolmas donasiga,
Dasturxonda nonga emas, termular ostonasiga,
Tanho qolar suhbatlarda yo‘latmay g‘amxonasiga,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.

Mehrin berib bir qismini olib qo‘yar bolasiga,
Unutmaydi oq tushsa ham sochlarining orasiga.
Hijronlari parda solar ko‘zlarining qorasiga,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.

Handon otib kulsa biling, yashiradi armonlarin,
Xo‘rsinganda bulut qoplar bizga yorug‘ osmonlarin,
Uyalgandan yig‘lar ajal, ko‘rmayin deb bu onlarin,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.

Yo‘q achinmang, yig‘lab tursa to‘y qilsangiz mehmon bo‘lib,
Qo‘yib bering yig‘lab olsin to‘yib-to‘yib, ko‘ngli to‘lib.
Yillar demang oliy hakim, qolmadiku mehri o‘lib,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.

Sheʼrim yozib tirnab qo‘ydim Ona qalbin, qildim gunoh,
Ona bo‘zlab tursa yonda axir qaydan topay panoh?
Farzand dog‘in ona uchun azob qilib berma Alloh,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona!

28 Mart, 2006 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.