Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Xafa qildim
Ratings
(0)
Yurak mahzun. Xafa qildim bir so‘z uchun. Bilib turib alamimni oldim sendan. Bilasanku? O‘ylab netmay gapirishing Bilamanku?! Xafa bo‘lma sen ham mendan.
Alam qildi tong saharda uyg‘otganim. Rashkim kelib ayrib oldim shirin tushdan. Bo‘g‘zimga jon tiqilgandi qolmoq uchun, Ketar chog‘im senga otdim ketib xushdan.
Bilmaysanda! Qanchalar bu og‘ir azob: Birda bo‘lsa jonim, xushim birda bo‘lsa. Shukrki bir bo‘sa haqqi labim boli, Alamki bir zahar bo‘ldi so‘nggi bo‘sa.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.