Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Rizolik

Rizolik

Bir ojiza nomidan

Ko‘nglingizdan quvilgan bir yorman bugun.
Mehringizga to‘ymagan bir zorman bugun.
Begonadek bo‘lolmagan xorman bugun,
Siz o‘zgani tanlasangiz netay begim?!

Poyingizga sochim to‘shay, poyandoz deng.
Koringizga otash bo‘lay, xokandoz deng.
Zo‘ringizga men zor o‘lay, bu ham noz deng,
Ketgan yorim, kelmay meni yo‘qlang begim.

Alishsangiz ko‘ndim. Netay? Jonim fido.
Kuydirmayin kuydim. Netay? Chiqmas nido.
Ko‘nglingizni ko‘chasida bo‘lsam ado,
Mahshar kuni faqat meni yo‘qlang begim.

Ko‘nglingizga boqing begim, keting mayli,
Yoringizga yoking begim, zamon zayli,
Mendan gina qilmay keting, taqdir ayri.
Nikoh xaqqi. Jannatda bir yo‘qlang begim.

Ostonangiz bo‘lay mayli, yo‘qlab keting.
Aldab keting, qolay, ko‘nglim to‘qlab keting.
Keting mayli, nomardlardan saqlab keting,
Jannatlarda faqat meni yo‘qlang begim.

17.08.2016 yil.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.