Do‘stim dedim, qon yig‘ladi, kuydi ishqim,
Singlim dedim, joniga qasd qildi ishqim.
Do‘st, birodar, aka, og‘a bilsam o‘zim,
Meni nomard, xiyonatkor bildi ishqim.
Til suyaksiz dedim, ishqim yolg‘on dedi.
Badnom dedi, lafz uchun jon imkon dedi.
Oliy hakam vaqt aqldan ozdirsa ham,
Ayb qilsa jon, aqli ustun inson dedi.
El bo‘lmadi singlim demoq, do‘st, yor demoq,
Qayda qonu, qayda jonu, qayda firoq?
Uch o‘rtada sarson qildim dil ishqini,
Uch o‘rtada mazmun yaqin, maʼno yiroq.
Yurak urdi: - do‘stim dema kuymaguncha,
Singlim dema, qalbda mehr unmaguncha,
Yorim dema, yor vaslini anglamasdan,
Begona bo‘l dil yoki ishq ko‘nmaguncha.
7-Aprel, 2026 yil.