Qon yig‘laydi xiyobonda yolg‘iz o‘sgan sadarayhon
Yig‘lab aytgan sirlarini bulbul tinglar bo‘lib hayron:
“Bunchalar xam toshmehrli, metin yurak bo‘lar inson?
Bir ko‘ngillar ayrilig‘in guvohiman. Kuz kelsaydi.
Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.
Yurak yig‘lab qoldi ortingdan,
Suyolmagan o‘zi aybdor.
Qaytmas bo‘lib ketdi orzuga,
Aytib ketdi tushlarga izhor.
Tuni bilan yog‘di yomg‘ir bahs boylashib ko‘z yoshimga,
Sel yuvadi g‘uborlarim, dard quyilar bardoshimga,
Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga,
Nega senga ketgin dedim? Sen ham ketding muhabbatim?!
Ishqning ko‘zi ko‘rmi shunchalik?
Yurakka o‘q otar benishon.
Goho dardli oshiq dil kulib,
Goho quvnoq dil chekar fig‘on.
Bog‘ chamanni etgancha maftun,
Oshiq dilga sochib bir uchqun,
Bahor qaytib keldi men uchun:
Gulim! Bugun sen tug‘ilgan kun!
Tongda turib uxladimmi? Bilolmasman.
Oromimni yo‘qotdimmi? Topolmasman.
Majnunmanmi? Aqli hushim yig‘olmasman.
Aytgin gulim, ishq degani shu bo‘ldimi?
Yo‘q demagin orzularimga,
Tongda seni izlab borsalar.
Hadya yetgin shirin bir xayol,
Armonlarim seni tortsalar.
Quyosh botar yana qalbimda
Ufqda sokin mavj urar qonim,
Sen ketgan dil qirg‘oqlarida
Izlaringni o‘par armonim.
Oq marmarga siymosini ko‘chirdi yo‘nib,
Armon bo‘lgan muhabbatin bir haykaltarosh
Tosh sanamga boqib o‘tdi bir tun xo‘rsinib,
Tong otganda qon yuragi bermadi bardosh.
Azizim. So‘ramang oydan holimni,
Tunlari ko‘rmaydi iztiroblarim.
Azizim, so‘ramang, quyosh ham bilmas,
Hijronda o‘tkazgan kun azoblarim.
Yetim bo‘lib qolgan ishqim qon yig‘ladi,
Muhabbatsiz tanda qolgan jon yig‘ladi,
Hijroningda oh chekib har on yig‘ladi,
Yig‘lab, yig‘lab qoldi mehrim, sen kelmading.
Bolalikning sho‘xliklari o‘tib ketdi,
Muhabbatning to‘qliklari o‘tib ketdi,
Hijronlarning yo‘qliklari o‘tib ketdi,
Kulma jonim! Choliqushi bo‘lolmaysan.
Tun qo‘ynida porloq yulduzning
Ko‘zlaringda aksini ko‘rdim
Qulog‘ingga asta shivirlab
To‘lin oyning holini so‘rdim.
Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Husning so‘rab oydan, go‘zal, javob olmadim,
Tunda yorqin yulduz bilan tanho qolmadim.
Ko‘nglimni ko‘r, ko‘kda quyosh bo‘lmasa guvoh,
Sendan o‘zga bir go‘zalga nazar solmadim.
Sahifamda zerikib qolmang!
-
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
-
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi. -
(Hamkasbimga hazil)
Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur. -
Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli. -
Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada. -
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.