Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.
Sen kelmading
Ratings
(0)
Yetim bo‘lib qolgan ishqim qon yig‘ladi, Muhabbatsiz tanda qolgan jon yig‘ladi, Hijroningda oh chekib har on yig‘ladi, Yig‘lab, yig‘lab qoldi mehrim, sen kelmading.
G‘unchasi yo‘q bog‘da bulbul sayramaydi, Muz yurakda ishqi bor dil yayramaydi, Tosh mehrda ishq tig‘ini qayramaydi, Bo‘zlab, bo‘zlab toldi mehrim, sen kelmading.
Majnun derlar muhabbatni kuylaganni, Oshiq demas hijronlarda kuymaganni, Xatto ajal chetlab o‘tar suymaganni, Kuylab, kuylab o‘ldi mehrim, sen kelmading.
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.