Yo‘llarimda sarob bo‘lib seni ko‘rsam, Kunduz quyosh, tunda oydan holing so‘rsam, Nahot Layli, Shirin kutgan oshiq bo‘lsam, Aytgin gulim, hijronlari shu bo‘ldimi?
Tanim dardin unutsam ham xasta dilim, Kulmay quydi avval kulgan siniq ko‘nglim, Hijron kelsa istab qoldim oson o‘lim, Aytgin gulim, muhabbatim shu bo‘ldimi?
1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.
Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan. Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.
Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda, Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.
Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q, Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q. Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb, Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.