Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Kelib bir holimni ko‘rmasa,
Dardimni bir bora so‘rmasa?
Bormikin aslida keragim,
Yonsa xam ishqida yuragim?!
Ortidan zor qolar tilagim,
Quloq ham solmaydi arzimga,
Nahotki jon so‘rar qarzimga?
Istasam sochini silagim
Ortidan zor qolar tilagim…
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Yo bilib bilmasga oldimi,
Qalbiga shubha in soldimi?
Ko‘rdiku?! Yo‘lida turganim,
Bilmasmi qanchalar kuyganim?!
Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Menda ham muhabbat bor dedi
Lek qalbim hokimi or edi
Taqdirmi peshonam urganim
Ko‘nglimni tushunmas suyganim.
Iyul, 2004 yil.