Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Uylangan dasturchi

Uylanmagan dasturchilarga hazil sheʼr

Yaqin o‘tgan zamonda
IT kuchli tomonda,
Uylanibdi dasturchi
Orzulari osmonda.

Kelin bo‘lmish ziyoli,
O‘qimishli, hayoli,
Taʼlim ko‘rgan, o‘qigan,
Or-nomusli, iboli.

Kiribdi chimildiqqa,
To‘yibdi osh qatiqqa.
Tushunmabdi 40 kunda
Kelindagi mantiqqa.

Kuyov hayron, tushunmas
Kelinchakning ko‘nglini.
Million kod yozsa ham,
Topolmasmish yo‘lini.

Yozib ko‘rdi Pythonda
JAVA, C, PHPda.
Titib ko‘rdi RAM, GPU
Nima bor deb ichida.

ENTER bossa arazlab,
ESCAPE bossa turarmish.
CTRL ALT DEL bossa
Yig‘lamasdan kularmish.

Restart qildi, bo‘lmadi,
Commit, Deploy, Push – Error.
Kuyov shuncha kod yozib
Bo‘lmagan bunchalar xor.

O‘qib chiqdi Zigmund, Jung,
Gates, Jobs, Linusni,
Topolmadi kelinda
Qayda plyus, minusni.

Qocholmaydi, admin bor,
Jonga tegdi barchasi,
Tushunguncha ayolni
G‘ovlab ketdi miyasi.

Eng oxirgi chora deb,
FORMAT qildi, KILL qildi.
Yana bitta imkon deb,
GITdan V1 PULL qildi.

Ish bermabdi hech biri,
Bosh baglarga to‘libdi,
Dasturchining hayoti.
System Crash bo‘libdi.

Alqissa shu, Ayolga,
Algoritm ketmaydi.
Butun umr ayolni
Tushunishga yetmaydi!

26 Mart, 2026 yil.
Toshkent.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.