Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Bugun Navro‘z, bugun yangi kun!

Bugun Navro‘z, bugun yangi kun!

Tunim bugun kunga teng bo‘ldi. Kunim tundan uzoqroq bo‘lar. Navro‘z keldi sababin aytsam. Yuragimga bir quvonch to‘ldi, bugun kunim quvnoqroq bo‘lar. Bilmaysizmi? Bugunku Navro‘z. Qorlar erib ketdi zamindan, bolarilar chiqdilar indan, Bahor keldi shu bugun chindan, axir Hamal kirdi bugundan. Axir Navro‘z, bugun yangi kun!

Yopinchig‘in olar bugun qish, ketar bugun qahraton tashvish, boshlanadi yana yangi ish, yangi yilni boshladi Navro‘z. Zamin iliq ko‘ksin ochadi, dehqon yerga urug‘ sochadi. Kurtak ochar novda nihollar, guldan ko‘ylak kiyar egniga changlatsin deb tongda shamollar. dehqon uchun boshlanar tashvish, tabiatga jon deb kurashish, bolalarga varrak uchirish. Bugun Navro‘z, demak boshlanish, demak yashash, topish, izlanish!

Sayl qilar elu-yurt quvnab, quvnashadi bolalar o‘ynab. To‘y qiladi sanʼat olami Navro‘z uchun sheʼr o‘qib, kuylab. Er yigitlar belbog‘ bog‘lashar, suluv qizlar dilin dog‘lashar, sepin yoyib qizlar davraga, ko‘ngillarni to‘yga chog‘lashar. Duo qilar keksa bobolar, duo qilar oqsoch momolar: «Yaratganga shukr, ochiq ko‘z, inshaalloh, yetaylik Navro‘z».

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.