Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Qisqichbaqa burji

Qisqichbaqa burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Sadoqat

Qisqichbaqa burji vakilini tushunish oson ish emasligi hamma biladi. Siz muloyim, mehribon, hamdard va sabrli tinglovchi sifatida ko‘rinishingiz mumkin. Biroq, baʼzida kimdir sizdan maslahat so‘rab qolsa, birdaniga asabiylashib, qo‘pol javob berib qo‘yasiz. Go‘yoki sizga faqat o‘z muammolaringizdan boshqasi umuman qiziq emasdek.

Baʼzan o‘zingizga achinib, butun dunyo sizga nisbatan adolatsiz ekani haqida shikoyat qilib, chuqur g‘amga botib ketasiz. Biroq, bir kun o‘tar o‘tmas, siz yana mehribon, muruvvatli bo‘lib, atrofdagilarning har qanday iltimosini bajarishga shay turasiz. Qisqichbaqalar har qanday burjga nisbatan ko‘proq ichki ziddiyatlarga ega bo‘lishadi. Siz xavfsizlikni hamma narsadan yuqori qo‘yasiz, lekin shu bilan birga yangi sarguzashtlarni ham yaxshi ko‘rasiz. Siz ehtiyotkor bo‘lsangiz-da, baʼzan jasorat ko‘rsatib o‘zingizning qulay hududingizdan tashqariga chiqishingiz, qiyinchiliklarni yengib o‘tib bo‘lsada nimadir yangi ishni boshlashingiz mumkin.

Qisqichbaqaning sir-asrori nimada? Oy va suv unsuri boshqaruvida bo‘lgan Qisqichbaqa suv osti oqimlari bilan to‘lgan, qirg‘oqdan ko‘tarilib yoki tushib turadigan dengizga o‘xshaydi. Bu kuchli ichki quvvatlar burji, biroq ularga yetishish oson emas. Qisqichbaqalar hissiyotlari va sezgirligini mustahkam qalʼa ichida yashirgandek himoya qilishadi.

Murakkab, nozik, oldindan aytib bo‘lmaydigan va qaynoq mijozli Qisqichbaqani doimiy qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib turish kerak. O‘zingizga nisbatan muhabbat berishlarini va eʼtirof etishlarini juda juda xohlaysiz, biroq bu xohishingizda o‘zingizning jahlingiz chiqadi. Siz qalbingiz tubidagi yashirin g‘azabingizni sezishingiz, uni tashqariga chiqib, atrofingizdagi odamlar bilan munosabatingizni buzishiga yo‘l qo‘ymaslikni o‘rganishingiz lozim. Chunki aynan o‘sha munosabatlardan siz o‘zingiz izlayotgan tuyg‘ularni, yordamni topishingiz mumkin.

Decoration

Decoration

Yaxshi sifatingiz shundaki, sizga kimdir yordam bersa, qo‘llab quvvatlasa, siz ularga o‘zingizda borini eng yaxshisini ravo ko‘rasiz. Sizga haqiqiy xavfsizlik hissini bergan inson sizning doimiy sadoqatingizga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Agar kimnidir chindan ham yaxshi ko‘rsangiz, hech qanday maslahat yoki ishontirishlar sizni bu munosabatdan voz kechishga majbur qilolmaydi. Siz o‘zingiz sevgan insonlarning kamchiliklarini ko‘rmaysiz. Agar siz sehrli tayoqchani bir siltab yagona orzuingizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lganingizda, shu ondayoq sizni yashirib turgan chig‘anog‘ingizdan chiqib, imkoniyatlar dunyosi bo‘ylab ajoyib sayohatga otlangan bo‘lardingiz. Ruhiy va jismoniy yopiqlik sizda qo‘rquv va ishonchsizlik hissini yuzaga keltiradi. Qisqichbaqalarning xavotirlari ishonchsizlikdan kelib chiqadi. Siz odamlarga, bu olamga va hatto o‘zingizga ham to‘liq ishonmaysiz.

Qisqichbaqa burji vakillari ruhiyatiga turli tuman afsonalar, yolg‘onlar, ishonchsiz maʼlumotlar ko‘p ziyon yetkazadi. Hamma narsa yolg‘on, sarob degan dunyoqarash orqali hech qanday farovonlikka yo‘l topib bo‘lmaydi. Agar bu dunyo faqat kuch va yashash uchun kurashga asoslanadi deb hisoblasangiz, yaqin insonlaringizdan keladigan mehr-shafqatni ham, boshqalarning saxiyligini ham, qiyin vaziyatdagi omad imkoniyatini ham ko‘rishingiz qiyin bo‘ladi.

Shunga qaramay, sizning muhtojlarga beg‘araz yordam berish qobiliyatingizga hayron qolish mumkin. Siz insoniy munosabatlarga bebaho hissa qo‘shasiz, insonlarga ular haqida g‘amxo‘rlik qilishlarini, ularni tushunishlarini qalban his etishlariga imkon berasiz. Sadoqat — sizdagi eng qadrli xislatlardan biridir.

Siz bir vaqtning o‘zida ham mardona jangchi, ham sukut saqlab turuvchi donishmand insonsiz. Odamlar sizga o‘z dardlarini aytishadi, ammo siz ularga hech qachon dardingizni to‘kib solmaysiz. Siz o‘z sirlaringizni boshqalarga oshkor etmaslikni maʼqul ko‘rasiz va ularni ehtiyotkorlik bilan saqlaysiz.

Agar sizni xafa qilishsa, siz javob qaytarmaysiz. Bunday munosabatga javoban siz qovog‘ingizni solib, xafa bo‘lib, o‘z kulbangizga kirib ketasiz. Bu ko‘pincha juda taʼsirli tomosha bo‘ladi. Bu xuddi xafa qilgan odamni boshini silab jazolagandek tuyuladi.

Burj ramzi hisoblangan Saraton, Krab, Qisqichbaqa ichki yumshoq qismini himoya qila oladigan qattiq po‘stloqqa ega bo‘ladi. Bu Qisqichbaqa burjida tug‘ilgan insonlarga ham tegishli. Ular ko‘pincha qattiqqo‘l, norozi yoki badqovoq ko‘rinishadi, ammo ularning qalbida haqiqiy mehr va muhabbat yotadi. Sizning tashqi qo‘polligingiz ortida hissiyotlarga boy muloyimlik yashiringan, siz qiyin vaziyatga tushib qolgan inson uchun hamma narsani qurbon qilishga tayyorsiz. Agar kimdir sizdan yordam so‘rasa, avvaliga rad javobi berishingiz mumkin, ammo oxir-oqibat siz baribir rozi bo‘lasiz. Sizni ishingizga qarab baho berish kerak, gapingizga qarab emas.

Qisqichbaqalar tabiatan hamma narsani o‘ziniki qilishni istashadi. Agar biror inson hayotingizga kirib kelsa, u hech qachon erkin, mustaqil bo‘la olmaydi. Siz do‘stlar, ulfatlar, o‘tmishdagi muhabbat, sobiq turmush o‘rtoq, hamkorlar, bolalikdagi tanish bilishlar bilan aloqani saqlab qolishga harakat qilasiz. Agar kimnidir hayotingizdan chiqarib yuborsangiz ham, buni o‘zingiz xohlamay amalga oshirasiz, shunda ham butunlay emas. Siz hech kimni o‘z ixtiyoringiz bilan, uzoq muddatga, zaruriyatsiz hayotingizdan chiqarib yubormaysiz.

Bu holat sizni o‘tmishga qattiq bog‘lanib qolishingizni aks ettiradi. Siz sog‘inch, qo‘msash tuyg‘ulari bilan yashaysiz:, o‘tmish voqealari, avvalgi tanishlar xotirangizni tark etishmaydi, vaqt o‘tishi bilan ular siz uchun yana-da qadrli bo‘lib boraveradi. Siz oilaga, uyingizga sodiqsiz, nikohning abadiyligiga ishonasiz, hatto shaxsiy hayotingizda bu tasdiq o‘z isbotini topmasa ham.

Sizni aldash qiyin, chunki siz insonlarning xatti-harakatlaridagi eng nozik jihatlarni sezishga qodirsiz. Sizning sezgilaringiz deyarli oldindan bilish qobiliyatiga teng. Fotosurat kabi aniq xotira va o‘tkir kuzatuvchanlik sizni odamlarning ichki maqsadlarini aniq bilib olishga imkon beradi.

Maqsadingizga erishish yo‘lida siz xuddi qisqichbaqa kabi, egri bugri chiziq bo‘ylab harakatlanasiz. Dengiz qirg‘og‘ida qumda ketayotgan qisqichbaqani kuzating — uning qanday qilib g‘alati aylanma yo‘llar bilan harakat qilishini ko‘rasiz. Qisqichbaqa burjida tug‘ilganlar hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri yondashuvni tanlamaydilar. Ular avval bir tomonga, keyin boshqa tomonga harakat qilishadi, hatto baʼzan qarama-qarshi yo‘nalishda ketishlari ham mumkin. Ammo oxir-oqibat, ertami, kechmi, ular maqsadga erishadilar.

Agar siz o‘zingizning haddan tashqari sezgirligingizni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirsangiz, u ulkan kuch manbai bo‘lishi mumkin. Qachonki siz o‘ta tortinchoqlik, tez xafa bo‘lish odati va to‘fonday hissiyotlaringizni yenga olsangiz, aql-zakovatingiz va tasavvuringiz sizga deyarli har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. O‘z ichki dunyongizga chuqur kirib, ijodiy salohiyatingizni amalda namoyon qilishingiz mumkin. Biznesda siz hisob-kitobli va amaliy bo‘lishingiz mumkin, garchi birinchi qarashda bunday ko‘rinmasangiz ham. Siz ehtiyotkor, eskicha konservativ yondashuvlarga amal qilasiz, biroq jamiyatning didini juda aniq his qilasiz, sizda yangiliklarni tezda ushlaydigan "antenna" bor. Bunday ishbilarmonlik va tasavvurning uyg‘unligi haqiqiy moʻjizalar yaratishga qodir. Qisqichbaqa burji «pul burji» deb hisoblanadi, chunki bu burj vakillari boylikni o‘zlariga jalb qilish qobiliyatiga ega bo‘lishadi.

Qisqichbaqalar ularga tegishli bo‘lgan har qanday narsa qattiq ushlagandek, pulni ham qattiq ushlab turadilar. Siz uchun pul — xavfsizlik kafolati, ammo qancha mol mulkka ega bo‘lmang, baribir o‘zingizni butkul taʼminlangan his qilmaysiz. Xuddi shunday holat ruhiy himoyada ham aks etadi. Qisqichbaqalarga har doim muhabbat va eʼtibor yetishmaydi, ular doimo ko‘prog‘ini qidirishadi. Sizdek sodiq, vafodor, mehribon va g‘amxo‘r «Oy farzandi»ga oshiq bo‘lib qolishlari juda oson.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.