Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Qisqichbaqa burji

Qisqichbaqa burji - asosiy belgilari

Burj davri: 22 Iyun – 22 Iyul

Belgi jinsi: Ayol.

Unsur: Suv.

Sifat: Kardinal.

Qisqichbaqa burji vakillari taʼsirchan, sezgir, kuchli tasavvurga ega, hamdard bo‘la oladigan, mehribon va hissiyotlarga boy, faol, sinchkov va intuitiv aql sohiblar.

Boshqaruvchi sayyora: Oy, yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Oy vaqti-vaqti bilan kuchli magnit taʼsir ko‘rsatib, goh chiqib, goh botib turadi. Munajjimlikda u hissiyotlar va intuitiv xatti-harakatlarni boshqaradi.

Burj ramzi: Saraton yoki Qisqichbaqa. Uning tashqi tomoni mustahkam qobiq, ichki qismi esa yumshoq go‘shtdan iborat. Xavf sezilishi bilan u qobig‘i ostiga yashirinib oladi va o‘zini havf hatardan yiroq his qiladigan joy, suv ostiga sho‘ng‘iydi.

Ramziy belgisi (piktogrammasi): Qisqichbaqa qisqichlari tasvirlangan, shuningdek, inson ko‘kragini (Qisqichbaqa burji nazoratidagi tana aʼzosi) ifodalaydigan piktogrammadir. Belgining ramziy maʼnosi bir juft yarim oy bilan bog‘langan ikkita quyosh gardishi. Oy Qisqichbaqaning xotiralar va mulklarni saqlashga moyilligini anglatadi va quyosh gardishlari esa his-tuyg‘ular va tasavvurlar orqali ifodalangan kuch va energiyani ifodalaydi.

Shiori: Men his qilaman!

Qarama qarshi burj: Tog‘ echkisi burji.

Qisqichbaqa (Saraton) - uy va oilaviy hayot burji. Qisqichbaqalar maʼnaviy yaqinlikka intiladilar, ular o‘zlarini tanish muhitda, o‘z yaqinlari bilan o‘zlarini to‘liq baxtli his qilishadi. Qisqichbaqa burjining aksi bo‘lgan Tog‘ echkisi burji vakillari esa ijtimoiy jamiyat qoidalari bilan uzviy bog‘lanishgan, uni tan olishlarini va martabani qadrlaydilar. Tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlar o‘zlarining mavqeiga eʼtibor berishadi, tashqi dunyoda hokimiyatga intilishadi, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni xohlashadi.

Nazoratdagi tana aʼzolari: Ko‘krak va oshqozon. Qisqichbaqalar ovqatlanishni yaxshi ko‘radilar va keksalikda ular ortiqcha vazn bilan kurashishga majbur bo‘lishadi. Ular kuchli zo‘riqish va ruhiy asabiylikdan kelib chiqadigan ovqat hazm qilish tizimlari kasalliklariga moyil bo‘lishadi.

Omadli kun: Dushanba.

Omadli raqamlar: 3 va 7.

Decoration

Decoration

Tosh: Marvarid. U muvaffaqiyatsizlikni g‘alabaga, kelishmovchilikni uyg‘unlikka aylantiradi. Bundan tashqari, nufuzli odamlar yordamini o‘ziga jalb qiladi.

Ranglar: Firuza va Kumush ranglar - suv va oyning tovlanuvchan ranglari.

Shaharlar: Venetsiya, Amsterdam, Nyu-York.

Davlatlar: Shotlandiya, Gollandiya, Yangi Zelandiya

Gullar: Isfarak va Yumshoq akant (Ayiq panja, Acanthus mollis).

Daraxtlar: Sersuv yumshoq yog‘ochli daraxtlar.

Metall: Kumush.

Hayvonlar: Qobig‘i bo‘lgan barcha turdagi jonzotlar.

Xavfli vaziyatlar: Qisqichbaqalar uy ro‘zg‘orda bo‘lib turadigan jarohatlarga moyil. Bundan tashqari, ular ko‘pincha o‘g‘irlik qurboni bo‘lishadi.

Decoration

Qisqichbaqaning ichki dunyosi

Siz ko‘rinishingizdan kuchli va sovuqqonga o‘xshaysiz. Biroq, bu ko‘rinish ortida ko‘pincha o‘zingizga ishonchsizlik va yetarlicha barkamol emasdek tuyg‘u yashirin bo‘ladi. Sizga boshqalar doimo o‘z ishlarini, nima qilayotganlarini aniq biladigandek tuyuladi, o‘zingizni esa faqat hayoliy qasrlar qurish bilan mashg‘uldek sezasiz. Har qanday vaziyatda ham so‘z ko‘proq salbiy natijalarga tayyorgarlik ko‘rib turasiz. Siz o‘z hissiyotlariga chuqur berilib ketgan o‘ta taʼsirchan insonsiz. Biror taʼsirli qo‘shiq eshitsangiz ko‘zingizdan yoshlanishi mumkin, yoki oddiy bir manzara, gul, yoki aytaylik, biror hid, ifor sizda birdan yoqimsiz xotiralarni uyg‘otib yuborishi mumkin.

Biroq, siz boshqalarning hissiyotlariga ham juda sezgirsiz. Do‘stlaringizning muammolariga xuddi o‘zingiznikidek chuqur kirishib ketasiz. Oldingizda kimdir turgan bo‘lsa, unga yordam berishim shart deb o‘ylaysiz. Qisqichbaqa burji vakillari uchun uyg‘unlik, muvozanat juda muhim. Har qanday nizo yoki janjal sizni juda tez xafa qilib qo‘yadi. Lekin sizni irodasiz va zaif inson deb aytib bo‘lmaydi. Siz o‘z fikringizni, eʼtiqodlaringizni mardlik bilan himoya qilishga tayyorsiz, haq ekanligingizni bilib qolsangiz, hech qachon taslim bo‘lmaysiz. Siz o‘zgarishlarni uncha yoqtirmaysiz, mavhumlikka quchoq ochib qarshi chiqmaysiz. Biroq bu sizga zarur bo‘lgan narsalarni amalga oshirishga xalaqit bermaydi.

Munajjimlar bashorati

Boshqalar Qisqichbaqani qanday qabul qilishadi?

Sizning yaqin insonlaringiz sizga hamma baxtli bo‘lishi uchun hammaning muammolarini erinmay hal qiladigan ota-ona yoki vasiy sifatida qarashadi.

Odamlarga sizning eʼtiboringiz, g‘amxo‘rligingiz yoqadi, maslahatlaringizni qadrlashadi. Faqat, nima uchun, bergan maslahatlaringizga amal qilishsa ham, ular buni sizga tan olishni istashmaydi? Chunki ular siz hamma narsani o‘z qo‘lingizga olishni, nazorat qilishni xohlayotganingizni sezib turishadi, ular sizga qo‘g‘irchoq bo‘lishni istashmaydi. Shuningdek, odamlar sizning o‘zgaruvchan kayfiyatingizni ham yoqtirishmaydi. Bir qarasa, mehribon va g‘amxo‘r bo‘lib qolasiz, keyin esa to‘satdan norozi kayfiyatga tushib, hammadan ayb qidira boshlaysiz. Bunday vaziyatda hamma sizdan uzoqroq bo‘lishni xohlab qoladi.

Professional sohada sizni moliyaviy daromad keltiradigan joyni tez anglay oladigan qimmatli xodim sifatida qadrlashadi.

Decoration

Qisqichbaqa burjida tug‘ilgan mashhurlar

Alexander the Great, Louis Armstrong, Polly Bergen, Ingmar Bergman, Bill Blass, David Brinkley, Yul Brynner, Mel Brooks, George Bush, Abigail Van Buren, John Glenn, Nathaniel Hawthorne, Merv Griffin, Erle Stanley Gardner, Randy Jackson, Derek Jeter, Princess Diana, Phyllis Diller, Pierre Cardin, Frida Kahlo, Barbara Cartland, Franz Kafka, James Cagney, Helen Keller, Rose Kennedy, Van Cliburn, Jean Cocteau, Bill Cosby, Tom Cruise, Janet Leigh, Ann Landers, Gina Lollobrigida, Lindsay Lohan, Sidney Lumet, Tobey Maguire, George McGovern, Marshall McLuhan, Bess Myerson, Nelson Mandela, Mary McCarthy, Clifford Odets, George Orwell, Camilla Parker-Bowles, Ross Perot, Marcel Proust, Gilda Radner, Nancy Reagan, Erich Maria Remarque, Diana Rigg, Geraldo Rivera, Oscar de la Renta, Ginger Rogers, Nelson Rockefeller, Linda Ronstadt, Jean-Jacques Rousseau, Carly Simon, Neil Simon, Françoise Sagan, George Sand, Donald Sutherland, Antoine de Saint-Exupéry, Jessica Simpson, Jimmy Smits, Barbara Stanwyck, Ringo Starr, Irving Stone, Sylvester Stallone, Patrick Stewart, Meryl Streep, Mike Tyson, Twyla Tharp, William Thackeray, Henry David Thoreau, Billy Wilder, E. B. White, Andrew Wyeth, Prince William, James Whistler, Marty Feldman, M. F. K. Fisher, Harrison Ford, Bob Fosse, Stephen Foster, Anjelica Huston, Susan Hayward, Tom Hanks, Al Hirschfeld, Judy Holliday, Lena Horne, Ernest Hemingway, Olivia de Havilland, Gower Champion, John Chancellor, Marc Chagall, Isaac Stern.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.