Burj davri: 22 Dekabr – 20 Yanvar
Belgi jinsi: Ayol.
Unsur: Yer.
Sifat: Kardinal.
Tog‘ echkisi burji vakillari o‘zini bosib olgan, hisobli va sabrli bo‘lishadi, ular kuchdan ko‘ra ko‘proq strategiya qo‘llashadi, xavfsiz bo‘lishga va moddiy boylik to‘plashga harakat qilishadi; intizomli va qatʼiy insonlar. Tog‘ echkilari o‘z imkoniyatidan tezda qanday foydalanishni bilishadi.
Boshqaruvchi sayyora: Saturn, ekin ekish va yig‘im-terimni boshqaradigan qadimgi Rim xudosi. Qadim zamonlarda Saturn sayyorasi Yerdan eng uzoqda joylashgan deb hisoblangan. Munajjimlikda u to‘siqlar, cheklovlar, qatʼiy taqiqlar, tartib-intizom va masʼuliyatni ifodalaydi.
Burj ramzi: Tog‘ echkisi, tuyog‘i kuchli, har bir qoya, toshdan foydalanib har qanday cho‘qqiga chiqishga qodir jonzot. U har qanday to‘siqlarni yengib o‘ziga yo‘l topadi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): echkining cho‘qqi soqoli va baliqning egri dumi tasvirlangan piktogramma (Dengiz echkisi – Tog‘ echkisining qadimiy ramzi). Ikkinchi maʼnosi - inson tizzasi va tizza kosasi suyagi (Tog‘ echkisi nazoratidagi tana aʼzolari). Burj ramzi aylana va yarim oy bilan bog‘langan ikki ayri chiziqdan iborat. Bu quvvat va ehtiros bilan kuchaytirilgan hokimiyat va masʼuliyatning uyg‘unligini anglatadi.
Shiori: Men foydalanaman!
Qarama qarshi burj: Qisqichbaqa burji.
Tog‘ echkisi burji obro‘, martaba, ijtimoiy mavqeni boshqaradi. Bu burj vakillari butun dunyodan hurmat, maqtov va o‘z ishlariga tasdiq kutadilar, shaxsiy munosabatlarda ular o‘zlarini vazminlik bilan tutadilar. Tog‘ echkisi aksi bo‘lgan Qisqichbaqa burji oilaviy hayot va xonadondagi qulaylik ramzi hisoblanadi. Qisqichbaqa burji vakillari muhabbatda, do‘stlar davrasida va oila aʼzolari yaqinligida o‘zlarini xavfsiz deb biladilar.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Suyaklar, bo‘g‘inlar va tizzalar. Tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlar ko‘pincha chiroyli tana tuzilishiga ega, ammo bo‘g‘im kasalliklari, revmatizm va ortopedik muammolarga moyil bo‘lishadi.
Omadli kun: Shanba.
Omadli raqamlar: 2 va 8.


Tosh: Granat; u mashhurlik, yuqori baho va haqiqiy sevgini o‘ziga tortadi.
Ranglar: To‘q yashil va jigarrang - tabiat va yerning tinchlantiruvchi ranglari.
Shaharlar: Oksford, Boston, Bryussel, Chikago, Monreal.
Davlatlar: Meksika, Afg‘oniston, Bolgariya, Hindiston.
Gullar: Chinnigul va Pechak gul.
Daraxtlar: Qarag‘ay, Qayrag‘och (Gujum), Terak.
Metall: Qo‘rg‘oshin.
Hayvonlar: Echkilar va barcha qo‘shtuyoqli hayvonlar.
Xavfli vaziyatlar: Tog‘ echkisi burji vakillarining sovuqqonligi va vazminligi atrofdagilarda xafalik va va yashirin yoqtirmaslik hissini keltirib chiqaradi. Tog‘ echkisiga qarshi ko‘pincha uning o‘tmish sirlaridan foydalanishadi.

Tog‘ echkisining ichki dunyosi
Sizni hayotning jiddiy ekanligiga ishontirish shart emas; siz bunga har doim ishongansiz. Shuning uchun siz doimo o‘zingizdan so‘raysiz: «Men o‘z masʼuliyatimni uddalay olyapmanmi? Kerakli natijalarga erisha olyapmanmi? O‘z kuchimga ishona olamanmi?». Siz maqsadga erishish uchun sabr-toqat va qatʼiyatga ega ekanligingizni bilasiz.
Biroq, hamkorlar bilan sheriklikda his tuyg‘ularingizni ochiq ko‘rsatishni o‘rganishingiz zarur, aks holda o‘zingizni yolg‘iz va ajralib qolgandek his etishingiz mumkin.
Siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan barcha narsalarga, jumladan, munosabatlarga ham jiddiy eʼtibor qaratasiz. O‘tkir zehn va qatʼiyatga qaramay, siz ko‘pincha o‘zingizda ishonchsizlik his etasiz. Siz o‘zgaruvchan va ziddiyatli his-tuyg‘ularga to‘la shaxsiyatsiz. Sizga tartib va intizom bo‘lishi muhim, betartiblik sizda noaniqlik hissini uyg‘otadi, bu esa o‘zingizga va salohiyatingizga shubha qilishga majbur qiladi.
Ehtimol, sizdagi shubha gumonlar borligi ham yaxshiroqdir, chunki, agar o‘z kuchingizga butunlay ishonganingizda, siz bilan birga yashashni tasavvur ham qilib bo‘lmasdi!

Boshqalar Tog‘ echkisini qanday qabul qilishadi?
Sizni ko‘pincha o‘jar va to‘xtatib bo‘lmaydigan kuch sifatida qabul qilishadi. Odamlar sizga suyanishadi, chunki siz qatʼiyatlisiz; sizda real voqelikni his qilishdek ajoyib qobiliyatingiz bor. Inqiroz paytida kimgadir sog‘lom aqlli odam kerak bo‘lsa, ular sizga qo‘ng‘iroq qilishadi. Do‘stlaringiz o‘z muammolarini sizga yuklash uchun navbatda turishadi, ayrimlari esa sizning fikringizni juda past, tushkun kayfiyatda baholab, sizdan uzoqroq bo‘lishga harakat qilishadi. Siz o‘z oldingizga maqsad qo‘yganingizdan keyin sizni yo‘ldan qaytarish qiyinligini hamma juda yaxshi biladi. Baʼzilar sizning haqiqiy qalbingiz bir necha qavat sirli pardalar ostida yashiringan ekanligini sezib turishadi, boshqalar esa bu sirlilik o‘zingizning shaxsiy hududingizga bo‘lgan zarur ehtiyojdan kelib chiqqanligini yaxshi tushunishadi.

Tog‘ echkisi burjida tug‘ilgan mashhurlar
Isaac Asimov, Muhammad Ali, Steve Allen, Matthew Arnold, Joan Baez, Robert Bly, Humphrey Bogart, Ray Bolger, Victor Borge, David Bowie, Tycho Brahe, Louis Braille, Lloyd Bridges, Denzel Washington, Woodrow Wilson, Jon Voight, Tiger Woods, Ava Gardner, Barry Goldwater, Cary Grant, J. Edgar Hoover, Faye Dunaway, Joan of Arc, Simone de Beauvoir, Ellen DeGeneres, John Denver, Khalil Gibran, Janis Joplin, Marlene Dietrich, Ted Danson, Robert Duvall, Al Capone, Carlos Castaneda, Danny Kaye, Nicolas Cage, Johannes Kepler, Jim Carrey, Val Kilmer, Martin Luther King Jr., Mary Higgins Clark, Rudyard Kipling, Jersy Kirkland, Diane Keaton, André Kostelanetz, Kevin Costner, Gene Krupa, Katie Couric, Frank Langella, Matt Lauer, Oscar Levant, Gypsy Rose Lee, Robert E. Lee, John Legend, Jude Law, Howie Long, Jack London, Shari Lewis, Ricky Martin, Henri Matisse, Henry Miller, A. A. Milne, Molière, Kate Moss, Mary Tyler Moore, Dave Matthews, Richard M. Nixon, Sir Isaac Newton, Aristotle Onassis, Louis Pasteur, Edgar Allan Poe, Elvis Presley, Dolly Parton, Jean-Pierre Rampal, Paul Revere, Helena Rubinstein, Anwar Sadat, Paul Cézanne, Rod Serling, Maggie Smith, Al Smith, Diane Sawyer, Sissy Spacek, Michael Stipe, Joseph Stalin, Alfred Stieglitz, Rod Stewart, J. D. Salinger, Carl Sandburg, J. R. R. Tolkien, Diane von Fürstenberg, Benjamin Franklin, Oliver Hardy, Conrad Hilton, Stephen Hawking, Anthony Hopkins, Howard Hughes, Mao Zedong, Anton Chekhov, Albert Schweitzer, Loretta Young.