Burj davri: 19 Fevral – 20 Mart
Belgi jinsi: Ayol.
Unsur: Suv.
Sifat: O‘zgaruvchan.
Baliq burji vakillari sezgir, intuitiv va his tuyg‘ularga boy bo‘lishadi; ular boy tasavvurga ega, romantik, taʼsirchan va mistitsizmga moyil, moslashuvchan va juda o‘zgaruvchandirlar.
Boshqaruvchi sayyora: Neptun, qadimgi afsonalarda dengizlar xudosi. Zamonaviy davrda kashf etilgan ikkinchi sayyora (1846 yilda). Munajjimlikda Neptun illyuziyalar, hashamat, sirlar va aldamchilik sayyorasi deb hisoblanadi.
Burj ramzi: Ikkita qarama-qarshi tomonga suzayotgan bog‘langan baliqlar, ular yashirin chuqurliklarni, o‘zgaruvchan va zid ehtiroslarni anglatadi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): Baliqlar piktogrammasi – bir biriga uzviy bog‘langan ikki baliqni ifodalaydi, shuningdek, insonning oyoq uchlarini (Baliqlar nazoratidagi tana qismi) ham anglatadi. Bu belgining ramziy maʼnosi — to‘g‘ri chiziq bilan tutashtirilgan ikki yarim oy. Bu, ehtiroslar va yuqori ongni moddiy dunyo bilan tutashtiruvchi va u bilan chegaralanganini anglatadi.
Shiori: Men ishonaman!
Qarama-qarshi burj: Parizod burji.
Baliqlar — orzular va mistitsizm burji. Baliq burji burji ostida tug‘ilganlar intuitsiya va his-tuyg‘ularga suyanib yashashadi, hayotda maʼnaviy qadriyatlarni izlashga moyil bo‘lishadi. Baliqlarga qarama-qarshi bo‘lgan Parizod burji esa mehnat va xizmat qilish belgisi. Parizod burji vakillari faktlar va reallikka ko‘ra ish tutadilar, ular amaliy va moddiy muvaffaqiyatga intilib yashaydigan shaxslardir.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Oyoq uchlari. Baliq burji vakillari chiroyli va sezgir oyoqlarga egalar, biroq ular ko‘pincha og‘riqqa, charchoqqa, shishib ketishga moyil bo‘lishadi. Baliq burji vakillari o‘zlari uchun munosib poyabzal tanlashlari juda muhim.
Omadli kun: Juma.
Omadli raqamlar: 2 va 6.


Tosh: Akvamarin. Bu tosh sirli kuchlar taʼsirini kuchaytiradi, aqlni xotirjam qiladi va dengiz safarlari vaqtida himoya qiladi.
Ranglar: Och yashil va firuza – dengizlarning romantik ranglari.
Shaharlar: Kasablanka, Aleksandriya, Lissabon, Sevilya, Dublin.
Davlatlar: Portugaliya va Sahroi Kabir cho‘li joylashgan davlatlar.
Gullar: Nilufar, oq ko‘knori, narsiss.
Daraxtlar: Anjir va Majnuntol daraxtlari.
Metall: Platina.
Hayvonlar: Baliqlar.
Xavfli vaziyatlar: Baliq burji vakillariga alkogol va narkotiklar taʼsirida juda himoyasiz bo‘lib qoladilar. Ular ko‘pincha taxmin qilib bo‘lmaydigan vaziyatlar va o‘ta notinch odamlar ichiga tushib qoladilar.

Baliqlarning ichki dunyosi
Siz o‘zingiz uchratgan insonlarning taassurotlari, tasavvurlari, his-tuyg‘ularini o‘zingizga singdirib olasiz, keyin ularni o‘zingizning rang-barang tasavvurlaringiz bilan sayqallaysiz, va oqibatda hamma narsani o‘zingiz istagandek ko‘rishni boshlaysiz. Bu bilan siz real hayotdan uzoqda yurasiz degani emas; shunchaki siz hayotni romantik film kabi tasavvur qilishni yoqtirasiz, bu filmda har bir personaj — qahramon bo‘ladi, barcha o‘z baxtiga erishadi.
Siz his-tuyg‘ular bilan to‘lib-toshgan insonsiz. Agar hayotingizda ijodiy loyihalar yoki kuchli muhabbat paydo bo‘lsa, siz o‘zingizni juda baxtli his qilasiz, ammo qiyinchiliklar yuzaga kelsa, siz boshqalarga qaraganda ancha chuqur iztirob chekasiz. Shunga qaramay, siz tasavvurdagidan ko‘ra chidamliroq insonsiz. Hayot sizni izdan chiqarishga harakat qilsa ham, siz xuddi yotqizib bo‘lmaydigan o‘yinchoq kabi tezda o‘z muvozanatingizni tiklab olasiz.
Siz quvvat bilan to‘yingansiz, atrofda sodir bo‘layotgan hamma narsaga qiziqish bildirasiz. Sizning eng katta kuchingiz — nimadir berish va baham ko‘rish ortida turadi. Siz o‘zingizga muhtoj bo‘lgan barchaga yordam berishga hamisha tayyor turasiz.

Boshqalar Baliqlarni qanday qabul qilishadi?
Siz har bir insonda, go‘yoki u sizning eng yaqin do‘stingiz degan tasavvur uyg‘otasiz. Sizni g‘amxo‘r va chaqirganda doim yetib keladigan inson sifatida bilishadi, sizni har qanday yig‘inni jonlantirib, quvnoqlik olib kira oladigan inson deb atashadi, chunki siz aqlli, quvnoq va tez ko‘nglingiz ko‘tariladi. Sizda har doim qandaydir badiiylik, va hatto qandaydir sehr bordek tuyuladi. Odamlarni sizning ruhiy sezgirligingiz hayratga soladi. Ular sizning ishonchli inson sifatida qadrlashadi, lekin afsuski, boshqalar sizga qanchalik suyansa, siz ular ko‘z o‘ngida shunchalik zaifroq ko‘rinasiz.

Baliq burjida tug‘ilgan mashhurlar?
Carrie Underwood, Mario Andretti, John Updike, Elizabeth Barrett Browning, Tammy Becker-Messner, Harry Belafonte, Alexander Graham Bell, Osama bin Laden, Luther Burbank, Erma Bombeck, Jon Bon Jovi, Drew Barrymore, Kurt Weill, Gloria Vanderbilt, George Washington, Lawrence Welk, Joanne Woodward, Galileo Galilei, Ruth Bader Ginsburg, Jackie Gleason, Mikhail Gorbachev, Kelsey Grammer, Victor Hugo, Lawrence Durrell, Michael Dell, Steve Jobs, Barbara Jordan, Jennifer Jones, Honoré Daumier, Jimmy Dorsey, Henrik Ibsen, John Irving, Wyatt Earp, Kiri Te Kanawa, Karen Carpenter, Enrico Caruso, Michael Caine, Edgar Cayce, Edward M. Kennedy, Jack Kerouac, Johnny Cash, Glenn Close, Kurt Cobain, Nat King Cole, Roy Cohn, Nicolaus Copernicus, Tom Courtenay, Billy Crystal, Cindy Crawford, Aidan Quinn, Ring Lardner, Spike Lee, Sybil Leek, Rob Lowe, Jerry Lewis, Anna Magnani, Gabriel Garcia Marquez, Michelangelo, Edna St. Vincent Millay, Glenn Miller, Liza Minnelli, Piet Mondrian, Zero Mostel, James Madison, Rupert Murdoch, David Niven, Ralph Nader, Kate Nelligan, Vaslav Nijinsky, Pat Nixon, Rudolf Nureyev, Merle Oberon, W. H. Auden, Shaquille O'Neal, Sidney Poitier, Kurt Russell, Sally Jessy Raphael, Lynn Redgrave, Carl Reiner, Rob Reiner, Tony Randall, Pierre-Auguste Renoir, Bobby Riggs, Nikolai Rimsky-Korsakov, Miranda Richardson, Philip Roth, Jimmy Swaggart, Neil Sedaka, Willard Scott, John Steinbeck, Dean Stockwell, Sharon Stone, Darryl Strawberry, Dr. Seuss, James Taylor, Elizabeth Taylor, Ellen Terry, Franchot Tone, Tommy Tune, Bruce Willis, Vanessa Williams, Irving Wallace, Earl Warren, Bobby Fischer, Peter Fonda, Cedric Hardwicke, Jean Harlow, George Harrison, Rex Harrison, William Hurt, Ben Hecht, Patricia Hearst, Ron Howard, Winslow Homer, Jennifer Love Hewitt, Cyd Charisse, Frédéric Chopin, Dinah Shore, Irwin Shaw, Albert Einstein, Edward Albee.