Burj davri: 24 Oktyabr – 22 Noyabr
Belgi jinsi: Ayol.
Unsur: Suv.
Sifat: Moʻtadil.
Chayon burji vakillari kuchli tasavvur va ehtirosli hissiyotlarga ega, ular pinhona va zehnli, o‘jar va kamgap, kuch va bosim bilan harakat qilishadi.
Boshqaruvchi sayyora: Pluton, qadimgi afsonalarda yer osti dunyosi va o‘liklar xudosi. Munajjimlikda Pluton qayta yaralish kuchlarini, hayot davrlarining boshlanishi va oxirini boshqaradi.
Burj ramzi: Chayon, dushmanlarini zahar bilan zaharlaydigan yashirin, shafqatsiz mavjudot. Uning chaqishi ko‘pincha o‘limga olib keladi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): Chayon nishini (nayzasini, ignasini) ifodalovchi piktogramma bo‘lib, inson reproduktiv aʼzolari ramzi bilan uzviy bog‘langan (Chayon tananing bu aʼzolarini boshqaradi). Qadim zamonlarda olovdan qayta yaraluvchi o‘lmas Humo qushi (Feniks, Semurg‘) shartli ravishda shunday tasvirlangan. Egri chiziqlar va uchli nashtar amaliylik va yuqori bilimga intilish bilan birlashtirilgan kuchli his-tuyg‘ularni anglatadi.
Shiori: Men xohlayman!
Qarama qarshi burj: Buzoq burji.
Chayon - meros va ulush olish burji. Chayon burji ostida tug‘ilganlar maqsad va taqdir tuyg‘usiga ega. Ular o‘zlarining hayotiy quvvatini o‘zgalarga berish orqali eng yuqori baxtga erishadilar topadilar. Buzoq burji esa yagona egalik qilish, mulk orttirish belgisi, buzoq burji ostida tug‘ilganlar ega bo‘lishga, to‘plashga va saqlashga intilishadi. Ular o‘z mulklaridan qiyinchilik bilan ajraladilar.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Jinsiy aʼzolar. Chayon burji vakillari siydik yo‘llari infeksiyalari va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga moyil bo‘lishadi. Bundan tashqari, charchoq va sog‘lig‘ining yomonlashuviga ko‘pincha ularning o‘zgaruvchan his-tuyg‘ulari sabab bo‘ladi.
Omadli kun: Seshanba.
Omadli raqamlar: 2 va 4.


Tosh: Topaz. U oliy kuchlarni chiqaradi va xotirjamlik ehson qiladi, dushmanlar va kasalliklardan himoya qiladi.
Ranglar: qip-qizil, qizil-jigarrang, to‘q qizil rang - ehtirosning yorqin ranglari.
Shaharlar: Liverpul, Yangi-Orlean, Vashington, Nyukasl.
Davlatlar: Norvegiya, Jazoir, Marokash, Taiti.
Gullar: Xrizantema va Rododendron.
Daraxtlar: Qora olxo‘ri, buta o‘simliklar.
Metall: Plutoniy.
Hayvonlar: Hasharotlar va qobiqli jonzotlar.
Xavfli vaziyatlar: Chayonlar o‘zlarining maxfiyligi va hasadgo‘yligi tufayli boshqa odamlarni jahlini chiqarishi mumkin. Uning qo‘pol, chaqib oluvchi xislati mojarolarni, hatto zo‘ravonlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Chayonning ichki dunyosi
Siz juda kuchli, irodali va qatʼiyatli insonsiz. Qanchalik xotirjam va sovuqqon ko‘rinmang, ichki tuyg‘ularingiz juda chuqur, go‘yo ulkan bir quduqdek.
Ko‘p hollarda Chayon burji vakillari o‘z kuchini nazorat qilishni uddalaydilar va uni foydali ishlarga sarflaydilar.
Siz maqsadlaringizga yetishni uddalaysiz, go‘yo siz barcha narsaga osonlikcha erishgandek tuyuladi, chunki siz kuchli sezish tuyg‘usiga egasiz va unga ishonishni o‘rgangansiz. Sezish qobiliyatingiz sizga buyuk maqsad uchun tug‘ilganingizni va omadsizlikka yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytib turadi. Yangi imkoniyat paydo bo‘lganida, siz uni boshidan oxirigacha o‘rganib chiqasiz va shundan keyingina harakat qilasiz.
Sizning qalbingizda o‘limga tik boruvchi jangchi ruhi yashaydi. Agar siz bu jangovar quvvatingizni ijobiy maqsadlarga yo‘naltirsangiz (buni Chayonlar butun hayoti davomida o‘rganadilar), siz har doim g‘olib bo‘lasiz. Ammo vaqt-vaqti bilan siz o‘zingizni bu murakkab dunyoda yolg‘iz bir jangchi sifatida his qilasiz. Siz shunchalik murakkab insonsizki, har doim ham tuyg‘ularingizni ifodalay olmaysiz. Ammo bir narsa aniq: agar siz biror narsani xohlasangiz, unga yetishish uchun hech narsadan qaytmaysiz.

Boshqalar Chayonni qanday qabul qilishadi?
Sizning chayon kabi maxfiyligingiz sababli bo‘lsa kerak, ko‘p odamlar sizning fikringizni bilishni xohlashadi.
Chayon burji vakillari ko‘pincha o‘z muhitida o‘ziga xos yetakchiga aylanadi, chunki ular kutilayotgan voqealar va boshqa odamlarning istaklari haqida hamma narsani tez anglab olishdek ajoyib xususiyatga ega insonlar. Ko‘pchilik sizning hazilingizda ham haqiqat bor deb gumon qilishadi. Sizning hissiyotlarga boy oshiq sifatidagi obro‘ingiz hammaga maʼlum, siz qarama-qarshi jins vakillarida ehtiroslar uyg‘otishga ustasiz. Siz haqingizda, siz katta o‘ylaydigan, hatto shuhratparast, hamma narsani nazoratda ushlashga intiladigan odam degan gaplar yuradi. Bunga qaramay, siz ishonchli odam sifatida tanilgansiz, chunki siz hech qachon yolg‘on vaʼdalar bermaysiz.

Chayon burjida tug‘ilgan mashhurlar?
Spiro Agnew, Marie Antoinette, Christiaan Barnard, Roseanne Barr, Richard Burton, Sarah Bernhardt, Tina Brown, Charles Bronson, Edwin Booth, Laura Bush, Voltaire, Kurt Vonnegut, Indira Gandhi, Bill Gates, Whoopi Goldberg, Ruth Gordon, Ken Griffey Jr., Billy Graham, Danny DeVito, Mahalia Jackson, Peter Jackson, James Jones, Leonardo DiCaprio, Fyodor Dostoevsky, Richard Dreyfuss, Michael Dukakis, Rodney Dangerfield, Bo Derek, Dick Cavett, Chiang Kai-shek, Albert Camus, James Carville, Johnny Carson, Grace Kelly, Robert Kennedy, Larry King, John Keats, Kevin Kline, Calvin Klein, John Cleese, Hillary Rodham Clinton, Michael Crichton, Stephen Crane, Walter Cronkite, Barbara Cook, Peter Cook, Marie Curie, Hedy Lamarr, Burt Lancaster, Fran Lebowitz, Vivien Leigh, K.D. Lang, Martin Luther, Charles Manson, Joseph McCarthy, François Mitterrand, John Mitchell, Margaret Mitchell, Claude Monet, Demi Moore, Mike Nichols, Georgia O'Keeffe, George Patton, Pablo Picasso, Ezra Pound, Sylvia Plath, Emily Post, Dan Rather, Winona Ryder, Condoleezza Rice, Meg Ryan, Ann Reinking, Claude Rains, Julia Roberts, Auguste Rodin, Roy Rogers, Will Rogers, Hermann Rorschach, Theodore Roosevelt, Carl Sagan, Joan Sutherland, Billy Sunday, Jonas Salk, Martin Scorsese, Grace Slick, Robert Louis Stevenson, Lee Strasberg, Ted Turner, Dylan Thomas, Leon Trotsky, Stanford White, Owen Wilson, Sam Waterston, Felix Frankfurter, Joaquin Phoenix, Sally Field, Jodie Foster, Rock Hudson, Shere Hite, Moss Hart, Harry Hamlin, Bob Hoskins, Goldie Hawn, Prince Charles, Benvenuto Cellini, Maria Shriver, Ed Asner.