Burj davri: 23 Noyabr – 21 Dekabr
Belgi jinsi: Erkak.
Unsur: Olov.
Sifat: Moslashuvchan.
O‘qotar burji vakillari baquvvat, shuhratparast, saxiy, erkinlikni sevuvchi bo‘lishadi, ular sarguzasht qidiruvchilar, har doim yangi g‘oyalarga va dunyoni o‘rganishga tayyor turishadi.
Boshqaruvchi sayyora: Yupiter, qadimgi Rim afsonalaridagi asosiy xudo, osmon hukmdori. Munajjimlikda Yupiter omad, optimizm, rivojlanish va farovonlik sayyorasi hisoblanadi.
Burj ramzi: Kamonchi, to‘g‘rilikni, yuksak maqsadlarni, taʼqib qilishga bo‘lgan ishtiyoq va faol dam olishni ifodalaydi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): O‘qotar piktogrammasi fazoga intilayotgan kamon o‘qini ifodalaydi. Bu yana, sondan tizzagacha bo‘lgan inson oyog‘ini ham anglatadi (O‘qotar nazoratidagi tana aʼzosi). Ramziy maʼnosi - yerdagi muammolar va tashvishlardan voz kechib, yuqori ideallarga intilgan donolik ramzi.
Shiori: Men hammasini ko‘rib turaman!
Qarama qarshi burj: Egizaklar burji.
O‘qotar falsafa, oliy bilimlar va keng fikrlilik burji. O‘qotar burji ostida tug‘ilganlar mamnunlik bilan yangi g‘oyalarni kashf qilishadi, olis manzillarni o‘rganishadi va kuchli bog‘lanib qolishdan uzoqroq yurishni yoqtirishadi. O‘qotar burjiga qarama-qarshi bo‘lgan Egizaklar o‘zini namoyon qilish va yakkama-yakka muloqot belgisidir. Egizaklar juda ko‘p gapirishadi, maslahat berishni yaxshi ko‘radilar va boshqa odamlarning hayotini yo‘naltirishga (hatto nazorat qilishga) harakat qilishadi.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Jigar va oyoq sonlari. O‘qotar burji vakillariga sog‘liqlarini saqlashlari uchun toza havoda jiddiy jismoniy tarbiya qilishlari kerak bo‘ladi. Ular o‘ta sezgir jigar sohiblari, gepatitga moyil bo‘lishadi. Ular spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilmasliklari kerak.
Omadli kun: Payshanba.
Omadli raqamlar: 5 va 7.


Tosh: Firuza. U sevgida muvaffaqiyat keltiradi, jarohatlardan himoya qiladi va kelajakni bashorat qilishga yordam beradi.
Ranglar: Binafsha rang - aristokratiya va badiiy dunyoning betakror rangidir.
Shaharlar: Budapesht, Kolon, Toledo, Akapulko.
Davlatlar: Ispaniya, Vengriya, Avstraliya.
Gullar: Narsiss, Padub, Momaqaymoq.
Daraxtlar: Tut, eman, qayin.
Metall: Qalay.
Hayvonlar: Ot.
Xavfli vaziyatlar: O‘qotar, ayniqsa sayohat paytida, yong‘in va portlashlardan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ularning erkinlikka bo‘lgan intilishi ularning juftlarini (suyukli insonlarida) rashkini va ularga nisbatan egalik qilish hissini qo‘zg‘ashi mumkin.

O‘qotarning ichki dunyosi
Skarlett O‘Xaraning mashhur «Ertaga mutlaqo boshqacha kun bo‘ladi» shiori sizga ham aniq mos tushadi. Hatto eng og‘ir damlarda ham siz burilish ortida yorug‘lik bor deb ishonasiz. Kelajakka bo‘lgan ishonchingiz shubhasiz, ammo rejalaringizni izdan chiqaradagin har qanday narsa sizni asabingizga tegadi. Sizning hayotga bo‘lgan intilishingiz - uning barcha qirralarini his qilishdan iborat: sayohat qilish, qiziqarli odamlar bilan tanishish, avval ko‘rmagan narsalaringizni ko‘rish istagi.
Siz uchun har qanday yangilik juda qiziq. Ko‘pincha kutilmagan takliflarga faqatgina ular sizga yaxshi kayfiyat vaʼda qilgani uchun rozi bo‘lasiz, bu vaqtda “yaxshi” va “yomon” tomonlarni o‘ylab ham o‘tirmaysiz. Siz juda injiq emassiz, ammo juda tez jonlanasiz, bir xillik va zerikarli hayot sizni asabingizni buzadi. Bunday vaziyatlarda, go‘yoki, sizning ruhiy holatingiz hech kimni qiziqtirmayotgandek ko‘rinadi. Shu bilan birga, bu vaziyatda o‘zingizning noyobligingizga bo‘lgan ishonchingiz sizni tushkunlikdan olib chiqib ketadi.

Boshqalar O‘qotarni qanday qabul qilishadi?
Insonlar sizdagi hayotga bo‘lgan qiziqish va hazil tuyg‘usini yaxshi ko‘radilar. Nima bo‘lishidan qatʼiy nazar, siz doimo hamma narsani yaxshilikka deb tushuntirasiz, kelajakka umid berasiz. Siz birinchi bo‘lib yordam berish uchun oshiqasiz, hamkasblar va do‘stlar sizning hamma ishga labbay deb javob berishingizni qadrlashadi. Sizning samimiyligingiz ishonch uyg‘otadi, garchi siz ko‘pincha yoqimsiz yoki keraksiz narsalarni gapirib yuborsangiz ham. Baʼzilar uchun siz o‘ta o‘zgaruvchan, ishonchsiz, hissiy jihatdan juda olis tuyulasiz. Biroq, umuman olganda, siz mustaqil va kimligini oldindan aytib bo‘lmaydigan shaxs sifatida taassurot uyg‘otasiz.

O‘qotar burjida tug‘ilgan mashhurlar?
Christina Aguilera, Woody Allen, William F. Buckley, Busby Berkeley, William Blake, Kenneth Branagh, Leonid Brezhnev, Beau Bridges, Jeff Bridges, Tyra Banks, Kim Basinger, Ludwig van Beethoven, Dick Van Dyke, William Wegman, Gianni Versace, Margaret Hamilton, Ira Gershwin, Charles de Gaulle, Henri de Toulouse-Lautrec, Jay-Z, Joan Didion, Benjamin Disraeli, Emily Dickinson, Joe DiMaggio, Walt Disney, Kirk Douglas, Patty Duke, Sammy Davis Jr., Boris Karloff, Hoagy Carmichael, Dale Carnegie, John F. Kennedy Jr., Jamie Lee Curtis, Billie Jean King, Dick Clark, Noël Coward, Joseph Conrad, Fiorello La Guardia, Max Lerner, John Malkovich, David Mamet, Howie Mandel, Harpo Marx, Mary Martin, Margaret Mead, Bette Midler, John Milton, Jane Austen, Carrie Nation, Mandy Patinkin, Édith Piaf, Drew Pearson, Brad Pitt, Richard Pryor, Lillian Russell, Rainer Maria Rilke, Edward G. Robinson, Kiefer Sutherland, Miley Cyrus, George Santayana, Jonathan Swift, Eric Sevareid, Frank Sinatra, Margaret Chase Smith, Alexander Solzhenitsyn, Steven Spielberg, Britney Spears, Rex Stout, Jon Stewart, William Safire, Cicely Tyson, Mark Twain, James Thurber, Tina Turner, Michael Tilson Thomas, Flip Wilson, Andy Williams, John Greenleaf Whittier, Eli Whitney, Liv Ullmann, Rebecca West, Jamie Foxx, Redd Foxx, Jane Fonda, Lynn Fontanne, Douglas Fairbanks Jr., Ed Harris, Jimi Hendrix, Teri Hatcher, Katie Holmes, Abbie Hoffman, Winston Churchill, Garry Shandling, Charles Schulz, Chris Evert, Louisa May Alcott, George Eliot, Christina Applegate, Frank Sinatra.