O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Tezkor harakat.
Egizaklar burji ostida tug‘ilgan insonlar odamlar ko‘p qirrali, tez fikr yuritishadi, tez harakat qilishadi, ular isteʼdodli notiqlar va mahoratli rahbarlar, doimo yangi g‘oyalarga to‘la bo‘lishadi.
Munajjimlar fikricha, uchinchi burjda tug‘ilgan shaxslarda insonlarga xos barcha xususiyatlar jamlangan bo‘ladi. Egizaklarda inson tabiatiga xos bo‘lgan barcha sifatlar — intellekt (Egizaklar havo unsuri hisoblanadi), o‘zini tuzatish qobiliyati (moslashuvchan burj), shuningdek, axborotlarni yetkazish va o‘zlashtirish qobiliyati (Egizaklar Merkuriy tomonidan boshqariladi) uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Egizaklar burji vakillari sodir bo‘layotgan voqealarni chetdan kuzatib turishga odatlanishmagan. Ularga hamma narsa qiziqarli, har qanday voqea-hodisalarda faol ishtirok etishni xohlaydilar. Agar dunyo teatr bo‘lsa, Egizaklar burji ostida tug‘ilgan inson albatta bu sahnada aktyor bo‘lishi shart. Faqat yulduz bo‘lish orzusida yuradigan Arslonlardan farqli o‘laroq, Egizaklar barcha rollarda o‘ynashga tayyor bo‘lishadi, bir vaqtning o‘zida ham rejissyor, ham prodyuser, ham sahna ishchisi bo‘lishga ham!
Egizaklar burji vakillarining eng ko‘zga ko‘ringan jihati — bir vaqtning o‘zida ikki xususiyatga ega bo‘lishidir. Siz doim hamma narsani, ishni, qiziqishlarni, karyera yoki hatto muhabbatni ham bittadan ko‘p, juft bo‘lishini xohlaysiz. Tabiatan beqarorsiz va doimo yangi g‘oyalar hamda noodatiy his-tuyg‘ular izlab yurasiz. Agar atrofingizdagi manzara o‘zgarmasa, sizga u zerikarli va quvonchsiz bo‘lib tuyuladi. Sizning asosiy unsuringiz — xilma-xillik. Shu sababli, siz ko‘pincha yakunlanmagan ishlaringizni ortingizda qoldirib ketasiz. Quvvatingizni juda ko‘p loyihalarga sarflashingiz bois, bitta aniq vazifaga diqqatingizni jamlashingiz qiyin bo‘ladi.


Egizaklar axborot almashish burji hisoblanadi. Bunday insonlar doimiy ravishda muloqot qilishga ehtiyoj sezadilar. Siz tanishlar yoki begona odamlar bilan yozishishni, gaplashishni, xabarlar yoki ijtimoiy tarmoqlarni muntazam ko‘zdan kechirishni yaxshi ko‘rasiz. Telefon va turli aloqa qurilmalari siz uchun dunyo bilan bog‘lanishning asosiy vositasidir. Agar kimdir sizga telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali vaqtini bekorchi suhbatlarga sarflashni xohlamasligini aytsa, unga aytib qo‘ying: sizga telefon raqamini yoki boshqa aloqa maʼlumotlarini berib qo‘ymasin!
Aslida siz Egizaklarning munajjimlik ramzi so‘roq belgisi bo‘lishi kerak edi. Siz hayotning tinimsiz tadqiq qiluvchi, doim savollar berib, javob izlaydigan insonsiz. Atrofdagilar bilan suhbatlashishni yoqtirasiz, sizning jozibangiz siri aynan mana shu xislatingizda. Odamlar qalbini oldingizda xuddi gullardek ochiladi. Shu bois, siz odamlarni boshqarishda, ularda ishtiyoq va sadoqat uyg‘otishda ajoyib mahoratga egasiz.
Sizda tug‘ma ishontirish qobiliyati bor, hatto eng sovuq o‘lkalarda ham odamlarga muz sotishni eplaysiz. Tezkor aqlingiz orqali har qanday harakatni tushuntirib, har qanday vaziyatni himoya qilib, har qanday xatti-harakatni oqlab bera olasiz. Aqlingiz changyutgichdek, axborot, mish-mishlar va qiziqarli xabarlarni hamma yerdan yig‘ib oladi. Sizni ajoyib hamsuhbat deb bilishadi, chunki siz hamma mavzudan oz-ozdan habardorsiz. To‘g‘ri, tanqidchilar sizni biron-bir sohada chuqur bilimga ega emasligingizni taʼkidlashadi. Ammo, shunga qaramay, o‘z fikringizni ishonch bilan bildirishga odatlangansiz (va zarur bo‘lsa, fikringizni qayta ko‘rib chiqishga ham tayyorsiz).
Egizaklarning yana bir zaif tomoni — yuzakiylik. Siz g‘oyalarni va vaziyatlarni juda tez tushunasiz va baholaysiz, shu bois ularni chuqur o‘rganishga ko‘pincha harakat qilmaysiz, oqibatda siz hodisalarning sirtidan silliq o‘tib ketasiz. Tanganing boshqa tomoni shundaki, siz boshqalarda hech qanday tayyorgarliksiz birinchi suxbatdayoq ajoyib taassurot qoldirish qobiliyatiga egasiz.
Yozish, suhbatlashish va o‘z fikringizni ifodalashdagi yengillik sizga jamoatchilik bilan munosabatlarda katta muvaffaqiyat olib keladi. Sizning xuddi simob kabi harakatchan va o‘zgaruvchan tabiatingiz turli insonlarga moslashishga yordam beradi. Egizaklarni ko‘pincha sahna va dramatik sanʼat o‘ziga jalb qiladi.
Egizaklar burji ostida tug‘ilgan mashhur yozuvchilar va sanʼatkorlar qatorida ser Artur Konan Doyl, Deshil Xemmett, Lilian Xellman, Lorens Olivye, Merilin Monro va Djudi Garland bor.
Quvnoq, ko‘p qirrali va aqlli Egizaklar do‘stlashishni bilishadi hamda odamlarni ruhiy tushkunlik va g‘amdan chiqarish qobiliyatiga egalar. Kimgadir maslahat yoki tavsiya kerakmi? Yoki yangicha tanishuvlar? Siz shu zahoti harakatlarga shay holda uning oldida paydo bo‘lasiz, ular esa sizning ishtiyoqingizdan ilhomlanishadi.
Sizning nega odatda do‘stlar va muxlislar orasida bo‘lishingizni tushunish qiyin emas: sizning yoningizda bo‘lish chin maʼnoda zavqli. To‘g‘ri, baʼzida sizning shiddatli fikrlaringiz va gaplaringizni tushunishga ulgurmay qoladigan nodonlar sizni asabingizga tegishadi. Shunga qaramay, sizning quvnoq tabiatingiz hatto eng qo‘pol va qovog‘i soliq insonlarni ham o‘ziga jalb qilib oladi. Qariyb har qanday vaziyatda siz xohlagancha, hatto keragidan ortiq maftunkor bo‘la olasiz.
Siz hissiyotlar dunyosiga chuqur kirib borish uchun vaqt sarflamaysiz. Sizning ikki xususiyatli tabiatingizning qayg‘uli tomonlari ham bor, ammo siz ularga hayotga bo‘lgan ishtiyoqingizni so‘ndirishlariga imkon bermaysiz. Siz o‘yin-kulgi, ko‘ngilxushlik qilishni yoqtirasiz.
Agar erkinligingizga daxl qiladigan bo‘lsa, siz hissiy muammolarni hal qilishga vaqt sarflamagan yoki boshqalarning muammolariga aralashmagan bo‘lar edingiz. Sizning serqirra tabiatingizda salbiy tomonlar ham yo‘q emas, lekin siz yaxshi eng taassurot qoldirish uchun qo‘rqmasdan eng quvnoq niqobingizni taqib olasiz.Siz jangovar ruhingizni yo‘qotmaslik uchun bor kuchingiz bilan harakat qilasiz, hech kimga hayotdan zavqlanish istagingizni so‘ndirishlariga yo‘l qo‘ymaysiz.
Egizaklar har doim ko‘plab foydali tanish-bilishlarga ega bo‘lishadi, jumladan, nufuzli shaxslar orasida ham. Moliyaviy ishlaringizda omadli bo‘lsangiz-da, sarf-xarajat va serchiqim hayotga moyilligingiz ko‘pincha bu muvaffaqiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Hisob-kitobingizda sarfingiz daromadingizdan doimo ko‘proq bo‘ladi.
Doimiy ishlar va bir xillik siz tashvishga soladi, ulardan qochish uchun qo‘lingizdan kelganicha harakat qilasiz. Sizning shioringiz — o‘zgarishlar, eng yuqori qadriyatingiz esa — erkinlik. Sizni zo‘rlik bilan biror ishga majbur qilishdan naf yo‘q. Sizning harakat qilishdan zavqlanasiz, manzilga yetib borishdan emas. Siz yangi yerlarni tadqiq qilishni, dunyoda boshqa odamlar qanday hayot kechirayotganini kuzatishni yaxshi ko‘rasiz. Qiziquvchanligingiz va yaxshi rivojlangan tasavvuringiz sizga dunyoni boshqacha ko‘z bilan ko‘rish imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, siz o‘z hayotingizni zamonaviy ruhda shakllantirib, undan imkon qadar ko‘proq foyda olishga harakat qilasiz.
Har bir inson hayotida kamida bir marta Egizaklar burji ostida tug‘ilgan kishi bilan yaqin bo‘lishi kerak - bu chinakam qiziqarli sarguzasht bo‘ladi.