Qo‘y burji

Qo‘y burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Jasorat.

Qo‘y - burjning birinchi belgisi bo‘lib, yangi boshlanishni anglatadi. Bu tez o‘zgarishlar va yo‘llardagi chorrahalar maʼnosini anglatadi. Siz maʼlum bir joyga etib borasiz va tez orada butunlay yangi yo‘nalishga burilib ketasiz. Hayotingiz sarguzashtlarga boy desak xato qilmaymiz.

Buzoq burji

Buzoq burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Ishonchlilik

Siz boshqalar hal qiluvchi onlarda sizga suyanishi mumkin bo‘lgan insonsiz, siz boshqalarlar yengilib chetga chiqqan vaziyatlarda ham taslim bo‘lmaysiz. Chunki qaysarlik muvaffaqiyatga erishish uchun muhim sifatlardan biri sanaladi, shuning uchun ham siz ko‘pincha muvaffaqiyatga erishasiz.

Egizaklar burji

Egizaklar burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Tezkor harakat.

Egizaklar burji ostida tug‘ilgan insonlar odamlar ko‘p qirrali, tez fikr yuritishadi, tez harakat qilishadi, ular isteʼdodli notiqlar va mahoratli rahbarlar, doimo yangi g‘oyalarga to‘la bo‘lishadi.

Qisqichbaqa burji

Qisqichbaqa burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Sadoqat

Qisqichbaqa burji vakilini tushunish oson ish emasligi hamma biladi. Siz muloyim, mehribon, hamdard va sabrli tinglovchi sifatida ko‘rinishingiz mumkin. Biroq, baʼzida kimdir sizdan maslahat so‘rab qolsa, birdaniga asabiylashib, qo‘pol javob berib qo‘yasiz. Go‘yoki sizga faqat o‘z muammolaringizdan boshqasi umuman qiziq emasdek.

Arslon burji

Arslon burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Quvnoq ishtiyoq, Entuziazm.

Sizning sodiqligingizga shubha yo‘q: siz avvalo o‘zingizga sodiqsiz.

Har bir Arslon burji vakilining o‘ziga xos qirolligi bor.

Parizod burji

Parizod burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Vijdoniylik.

Parizod burji vakillarining shaxsiy muammolari har doim ularning ichki dunyosida bo‘ladi. Siz tashqi dunyoga o‘zingizni xotirjam va o‘zingizni qo‘lga olgan holda namoyon etasiz, biroq o‘zingiz qalbingizda asabiy va shiddatli kuchingizni, harakat qilishga bo‘lgan jo‘shqin istagingizni, dunyoni o‘zgartirish va yaxshilashga bo‘lgan intilishingizni his etib turasiz.

Tarozi burji

Tarozi burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Maftunkor

Tarozi burji vakillari boshqalarni osongina o‘ziga jalb qilishadi, chunki ular kuchli joziba va yaxshi didga ega, ularga razm solish odatda yoqimli. Bundan tashqari, sizning oldingizda odamlar o‘zlarini kerakli ekanligini his qilishadi, chunki siz ajoyib tinglovchisiz va instinktiv ravishda kimnidir gapirishga undashni bilasiz.

Chayon burji

Chayon burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Idealizm

Bu burj egalari har qanday chegaraning qaltis nuqtasida turishadi. Chayon burji ostida tug‘ilgan kishilarni turlicha xil tavsiflashadi: ular ham kuchli, ham zaif, ham mustaqil, ham kimgadir bog‘liq, ehtirosli yoki sovuqqon deb taʼrif berishadi. Bir narsa aniq: siz haqiqiy ziddiyatlar kalavasiga o‘xshaysiz, sizda inson tabiatiga xos eng yaxshi va eng yomon jihatlari uyg‘unligi bor.

O‘qotar burji

O‘qotar burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Optimizm

Sizga Yupiter, yaʼni Zuhro – omad sayyorasi hukmronlik qiladi, hayotingiz yengillik bilan kechadi. Siz omad tanlab olgan insonsiz, siz har doim kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lasiz. Munajjimlar taʼkidlashicha, sizda kelajakni ko‘ra olish qobiliyati bor va omad sizga doim kulib boqadi. Ish va moliyaviy sohada, mehnat va do‘stlik munosabatlarida barcha eshiklar sizga zarur bo‘lishi bilan lang ochiladi.

Tog‘ echkisi burji

Tog‘ echkisi burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Bosiqlik

Tog‘ egasi burjida tug‘ilgan insonlar bir oz shuhrastparast bo‘lishadi. Ularning hayoti o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish bilan o‘tadi. Sizning hayotingiz davomida muvaffaqiyatga erishish, boylik, yuqori mavqe, hokimiyat va muhabbatga (siz buni sezmasangiz ham) intilish bilan yashaysiz.

Qovg‘a burji

Qovg‘a burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Do‘stona munosabat

Munajjimlar Qovg‘a burjini juda qadrlashadi, chunki bu burj kelajak, bashoratlar, hatto ayrimlarning fikricha, munajjimlik bog‘liq. Qovg‘alar oddiy bo‘lmagan shaxslar, ular o‘ziga xos, biroz g‘alati, jamiyatga ergashib yurmaydigan, doimo o‘z yo‘lidan ketadigan insonlar. Siz boshqalardan ajralib turishni yoqtirasiz. Siz turli nog‘oralarga shunchaki o‘yinga tushmaysiz, balki raqs davomida o‘z musiqangizni yaratib olasiz.

Baliq burji

Baliq burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Hamdardlik

Agar yulduzlar zanjirining birinchi burji – Qo‘y, yangi boshlanish ramzi bo‘lsa, o‘n ikkinchi va oxirgi burj – Baliqlar, davrning yakunini ifodalaydi va abadiyat, qayta tug‘ilish, maʼnaviy yangilanishni anglatadi. Ko‘pgina munajjimlar Baliq burjini ruhiy dunyo bilan bog‘liqlik ramzi deb bilishadi va bu burj ostida tug‘ilganlarni «eski qalb egalari» deb atashadi, ularning fikricha, siz o‘tmishda ko‘plab hayotlarni boshdan kechirgansiz.