Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Parizod burji

Parizod burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Vijdoniylik.

Parizod burji vakillarining shaxsiy muammolari har doim ularning ichki dunyosida bo‘ladi. Siz tashqi dunyoga o‘zingizni xotirjam va o‘zingizni qo‘lga olgan holda namoyon etasiz, biroq o‘zingiz qalbingizda asabiy va shiddatli kuchingizni, harakat qilishga bo‘lgan jo‘shqin istagingizni, dunyoni o‘zgartirish va yaxshilashga bo‘lgan intilishingizni his etib turasiz.

Agar siz bir joyda uzoq o‘tirib qolsangiz, siz boshqa burj vakillari shiddatli harakatlardan charchashlaridan ham ko‘proq toliqib ketasiz.

Parizod va Egizaklar burjlarini boshqararuvchi Merkuriy (sharqona nomi Utorud) sayyorasi sizni doimiy harakat qilishga turtib turadi. Biroq, Parizodlar bu ishtiyoqni hayajon va sarguzashtlarga yo‘naltirgan bo‘lsalar, Egizaklar bu energiya kamolotga olib boruvchi ishlarga sarflashadi. Parizod burji vakillari hech qachon bugungi ishni ertaga qoldirmaydilar, darhol bajarishga tayyor turadilar. Qisqa qilib aytganda, siz o‘ta tartiblisiz. Siz uchun yengillik hissi beruvchi mashg‘ulotlar boshqalar uchun qattiq mehnatdek tuyuladi. Siz orzularga beriluvchi emas, balki amalda harakat qiluvchi shaxssiz.

Sizning ruhiy, hissiy hayotingiz doimo tartibga solishga bo‘lgan intilishdan iborat. Siz kuchli sevishga qodir bo‘lsangiz-da, to‘liq baxt uchun muhabbatning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Sizga turmush o‘rtog‘i, uy, farzandlar, do‘stlardan ko‘ra yana ko‘proq narsa kerak. Siz hayotingiz maʼnoga ega ekanini ko‘rib turish uchun harakat qilasiz. Siz nafaqat hayotiy yoki moddiy jihatdan olg‘a siljishga intilasiz, balki bilim olishga, aql-zakovat to‘plashga va uni amalda qo‘llashga harakat qilasiz.

Munajjimlikda Parizod burji ramzi bo‘lgan “qiz” obrazi ko‘pincha noto‘g‘ri tushuniladi. Ramzning bokiralikka, sodda hissiyotlarga aloqasi yo‘q. Parizod burji maqsadlarning pokligi uchun kurashadi. Siz hayotda makkorlik qilish yoki boshqalardan foydalanish kerak bo‘ladigan o‘yinlarni o‘ynamaysiz. Sizning maqsadlaringiz yuqori turadi. Siz foydali bo‘lishni istaysiz. Qadim zamonlarda Parizod burjini hosildorlik bilan bog‘lashgan: yosh qiz bug‘doy boshoqlarini qo‘llarida tutib turadi. Bu Parizodlar ekilgan donni (bilimlar, maʼlumotlar, ko‘nikmalarni) hosilini yig‘ib olib, bu hosilni foydali ishlarga sarflaydilar. Qanday qilib bug‘doy nonga aylanib, inson tanasini oziqlantirsa, xuddi shunday siz ham tug‘ma isteʼdodlaringizni bu dunyoni yaxshilashga yo‘naltirishni xohlaysiz.

Decoration

Decoration

Sizning burjingizning o‘ziga xos xususiyati – aql-zakovat. Sizda ajoyib xotira, tahliliy fikrlash qobiliyati va olmosdek tiniq tafakkur bor. Bundan tashqari, siz odamlarning istaklarini aniq his qilishga qodirsiz. Yaqinlaringiz o‘z rejalarini amalga oshirishdan avval siz bilan maslahatlashadilar, chunki barcha kamchiliklar sizga mikroskop ostidagi kabi yaqqol ko‘rinib turadi. Sizning shubhasiz tahliliy qobiliyatingiz tushunarsiz fikrlar bulutlarini quyosh nuridek sochib yuboradi. Qiyin vazifani ko‘rganingizda, siz darhol diqqatingizni jamlab, murakkab bo‘g‘inlarni olib tashlaysiz yoki ularning o‘rnini o‘zgartirib, hammasini oddiy zanjirga aylantirasiz. Siz hayotga mantiqiy yondashish kerak deb o‘ylaysiz, shu bois murakkab muammolarni yoki boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bahslarni hal etishda sizga teng keladiganlar yo‘q. Siz agar qarshi tomonga faktlarni asosli ravishda tushuntirib bersangiz, har qanday ziddiyatlarni yo‘q qilish mumkin deb o‘ylaysiz. Barcha faktlar qo‘lingizda bo‘lmagan vaziyatlarda qaror qabul qilishdan voz kechasiz, sizga barcha “Nima?”, “Qachon?” va “Qayerda?” kabi savollarga javoblarni boshidan oxirigacha bilishingiz kerak. Siz bashoratlarga emas, aniq dalillarga asoslanasiz, tanqidiy tahlildan o‘tolmagan g‘oyalarga va odamlarning hissiyotlarga to‘la fikrlariga ishonmaysiz.

Parizod burji vakillari uchun nafaqat hayotiy voqea-hodisalariga, balki ularning tabiiy uyg‘unligiga nisbatan ishonchni oshirish foydadan holi bo‘lmasdi. Eng muhimi - voqea-hodisalar, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tabiiy ravishda, bo‘lishi kerak bo‘lgan shaklda yuz berishini anglab yetish. Shunda siz o‘z qarashlaringizni kengaytirish, voqelikni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishni o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi. Parizod burjiga Merkuriy — aqliy fikrlash va konseptual idrok sayyorasi hukmronlik qiladi. Bu sizing g‘oyalaringiz haqiqatni shakllantirishini anglatadi. Agar siz dunyoga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lsangiz, u siz uchun salbiy muhitga aylanadi.

Siz hamma narsani inkor qilishga shu qadar berilib ketgansiz-ki, oqibatda siz o‘zingizning ichki his-tuyg‘ularingizni ham anglay olmay qolasiz. «Men aziyat chekmayapman», “Men aziyat chekmayapman, (chunki bu lavozimga meni emas, boshqa birovni tayinlashdi, sevgilim boshqa inson bilan ketib qoldi va hokazo)” deb ishonch bilan aytasiz. O‘zingizga hammasi joyida ekanligini taʼkidlab, siz o‘zingizga yoqimsiz his-tuyg‘ularni berkitishga urinasiz, ularga eʼtibor berishni, muhokama qilishni istamaysiz.

Ko‘pincha siz daraxtlar ortidagi katta o‘rmonni ko‘rmay siz. Tartib va aniqlikka bo‘lgan ishtiyoqingiz baʼzan dunyoqarashingizni tor qilib qo‘yadi. Mantiqqa bo‘lgan kuchli ishonchingiz tasavvuringizni cheklab, ishtiyoqingizni sovutib yuboradi, shu sababli siz ko‘pincha oldindan sinovdan o‘tgan usullarga va yo‘llarga ko‘proq ishonasiz. Tabiatan siz yangi yo‘nalishlar bo‘ylab oldinga harakat qilishdan ko‘ra orqaga nazar tashlab tahlil qilishga moyilroqsiz. Siz voqea-hodisalarni sabablarini tushunish uchun juda ko‘p vaqt va kuch sarflaysiz. Biroq, Parizod burji — o‘zgaruvchan, moslashuvchan burj hisoblanadi, shuning uchun ham, agar yangi vaziyatlarga moslashishni kun tartibingizga kiritib olsangiz, bunday vaziyatlarga moslashish siz uchun qiyin bo‘lmaydi.

Siz hamma ishlarni murakkablashtirib yuborasiz, oqibatda bu sizga qo‘shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Parizod burji vakillari uchun hech bir vazifa oson tuyulmaydi. Har bir javobga sizda yangi savol tayyor turadi, «pashshadan fil yasash» sizning sevimli odatlaringizdan biri.

Siz tabiatan kamtar va bosiq insonsiz. Ozgina tanaffus qilib dam olish, ishlarni bir chetga surib turish yoki begonalar bilan shunchaki suhbat qurish siz uchun oson ish emas. Siz yuzma-yuz muloqotlarni afzal ko‘rasiz, chunki aynan shunday vaziyatlarda o‘zingizning donolik va ziyraklik fazilatlaringizdan samarali foydalanasiz. Aynan shunday muloqotlarda boshqalar sizdagi isteʼdod, hissiyot va hazil tuyg‘usini ko‘ra olishadi.

Siz pul inson hayotida qanchalik ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilasiz. Siz o‘z moliyaviy boshqaruv qobiliyatingizni tanqidiy baholaysiz, ammo mablag‘larni daromadlarga ko‘ra taqsimlashda sizdan o‘tadigan inson yo‘q. Siz ahmoqona sarguzashtlarga berilmaysiz. Sizning hisob-kitobingiz har doim bir tiyingacha aniq va to‘g‘ri chiqadi. Siz eng yaxshisini sotib olishni xohlaysiz, ammo bir so‘m ortiqcha to‘lov qilmaysiz. Shaxsiy istaklarga bo‘ysunmaslik - sizga xos tug‘ma qobiliyat.

Siz voqea-hodisalar o‘rtasidagi farqlarni yaxshi anglaysiz, bu xislat aslida ortiqcha talab va tanqidiy qarashdan kelib chiqadi. Mavjud vaziyatlardan doimo norozi bo‘lasiz, siz doimo insonlarni va vaziyatlarni yaxshilash yo‘llarini topish umidida ularni tahlil qilib yurasiz. Lekin ortiqcha taʼsirchanlik real hayotda mavjud kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatib qo‘yishi sababli, sizga ko‘pincha dunyoning go‘zalligidan zavq olishga xalaqit beradi. Lekin, sizning o‘zingizni tanqid qilishsa, siz tanqidni ko‘tara olmay, qarshilik qilishni boshlaysiz. Kamdan-kam Parizod burji vakillari tanqidni to‘g‘ri qabul qilishadi va xatolarini tan olishadi.

Siz sog‘lig‘ingizga befarq emassiz, yetarlicha vitaminlar isteʼmol qilishga eʼtibor berasiz, tish shifokoriga borishni kanda qilmaysiz. Biroq hayotning boshqa jabhalarida bo‘lgani kabi, bu masalada ham siz ortiqcha injiq, talabchansiz. Shu sababli sizga doim xavotirlar va asabiylik holatlari hamrohlik qiladi. Ipoxondriya, yaʼni o‘z sog‘lig‘i haqida haddan tashqari ortiq qayg‘urish, kasallikdan haddan tashqari qo‘rqish (bu aniq ruhiy kasallik) Parizod burji vakillari orasida juda keng tarqalgan.

Mehr va muhabbatli iliq munosabatlar Parizodlardagi eng yaxshi xislatlarni yuzaga chiqaradi, chunki ular tabiatan mehribon va o‘ta sadoqatli insonlar sanalishadi. Agar sizning muhabbatingizga munosib javob qaytarishsa, siz juftingizga g‘amxo‘rlik qilishdan hech qachon charchamaysiz. Sizning yaqinlaringiz ro‘zg‘ordagi moliyaviy masalalar, bemor bo‘lishsa kim yordam berishi haqida umuman o‘ylamasalar ham bo‘laveradi. Siz bu vazifalarning bekami-ko‘st o‘zingiz bajarasiz.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.