O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Ishonchlilik
Siz boshqalar hal qiluvchi onlarda sizga suyanishi mumkin bo‘lgan insonsiz, siz boshqalarlar yengilib chetga chiqqan vaziyatlarda ham taslim bo‘lmaysiz. Chunki qaysarlik muvaffaqiyatga erishish uchun muhim sifatlardan biri sanaladi, shuning uchun ham siz ko‘pincha muvaffaqiyatga erishasiz.
Siz yangi yerlarga birinchi bo‘lib qadam bosuvchi kashshof emassiz, balki ularning ortida kelib, uylar qurib, shaharlar barpo etuvchi, unumdor bog‘lar yaratuvchi, bir qarorli insonsiz. Agar siz yulduzlar gardishining ikkinchisi, Buzoq burji ostida tug‘ilgan bo‘lsangiz, sizda aniq qaysarlik feʼli bor. Sizning asosiy kuchingiz sabr va tinmasdan olg‘a intiluvchi harakatingizda. Siz maqsad sari intilasiz, sizning cheksiz sabringiz voqea hodisalar mohiyatini ko‘rish, ularni muvaffaqiyatga aylantirish imkonini beradi. Siz – avval boshidan harakatsiz qoyani va yengib bo‘lmas kuchni anglatasiz.
Buzoq – moʻtadil, o‘zgarishlarni xushlamaydigan burj. Sizni biror bir yangi yondashuvlarga undab bo‘lmaydi. Sizga notanish hatti harakatlar sizda noqulaylik va qo‘rquv hissini uyg‘otadi. Sizni o‘zingiz yaxshi bilgan muhitda o‘zingizni ko‘proq qo‘rqmas va xotirjam his qilasiz. "Agar hammasi yaxshi ketayotgan bo‘lsa, nimaga yangilik kiritish kerak?" degan gap sizning hayotga qarashingizni aynan ifodasi.
Sizda o‘zingizga yarasha feʼl atvor borligini hamma biladi, ammo siz ko‘pincha bunga urg‘u bermaysiz. Bir xodim o‘zining Buzoq burji ostida tug‘ilgan rahbari haqida shunday degandi: "Hech kim uni jahldan o‘zini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rgan emas, ammo uning ham sabr kosasi borligini hech kim unutmaydi". Umuman olganda siz tinch va sabrli insonsiz, sizni jahlingizni chiqarish uchun ancha urinish kerak bo‘ladi. Ammo sizdagi osoyishtalik va ko‘ngilchanlik ortida portlashga tayyor turgan vulqon qaynab turadi. O‘tloqda tinch va osuda o‘tlab yurgan buqa kabi siz ham hech kimni bezovta qilmaysiz, lekin sizni sinab ko‘rishga uringanlar uchun bu juda katta xato bo‘lishi mumkin.


Agar hech kim sizning jahlingizni chiqarmasa, siz jimgina gullar iforiga mast bo‘lib yuraverasiz. Siz mehribon, g‘amxo‘r va muhabbatga to‘lasiz, chiroyli va nafis narsalardan zavqlanib yashaysiz.
Sizga hukmdor bo‘lgan Venera – qadimiy afsonalardagi muhabbat va go‘zallik ilohasi – sizga badiiy isteʼdod bergan, rang va shaklga, sanʼat va musiqaga bo‘lgan ishtiyoqni taqdim etgan. Buzoq burji vakillari betakror va nafis badiiy didga ega. Ular qimmatli narsalarni darhol ajrata olishadi va shu sababli ko‘pincha ulkan zavq bilan turli kolleksiyalarni yig‘adilar. Bu ajablanarli emas, chunki ular ikki “moliyaviy” burjning biri ostida (ikkinchisi Qisqichbaqa burji) tug‘ilganlar va moddiy boyliklar ular uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu burj vakillari uchun boylik, qimmatli ashyolar, mol-mulk va pullar nafaqat bor, balki ularga ega bo‘lish zarur, ular qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deb hisoblashadi.
Sizdagi ongli pragmatizm (hamma narsaga amaliy foyda jihatidan qarash) va ijodiy romantika uyg‘unligi atrofdagilarni o‘ziga rom qiladi. Buzoq burji zamin barqarorligini Venera estetikasi bilan uyg‘unlashtirib, hayotning nozik qirralarini yuqori baholay oladigan masʼuliyatli va barqaror shaxsni shakllantiradi.
Siz muvaffaqiyatingizning asosiy kalitlaridan biri - bu ijodiy his qilish va maqsadga erishishdagi qatʼiyatning betakror uyg‘unligi ekanligini har doim bilib turasiz. Siz barcha sohalarda barqarorlik va ishonchga intilib yashaysiz, bular siz uchun asosiy tamoyillardir. Siz ishda, muhabbatda, oilada va uyda barqarorlikka intilasiz. Boshqalar qitʼalar bo‘ylab sayohat qilishlari, har tomonga yugurishlari yoki o‘z juftlariga xiyonat qilishlari mumkin. Siz esa o‘z uyingizda, o‘zingiz to‘plagan nafis va qimmatbaho ashyolar orasida, sadoqatli turmush o‘rtog‘ingiz yonida o‘zingizni baxtiyor his qilasiz. Siz qatʼiyatlisiz, odatda sevgan insonlaringizga sodiq qolasiz.
Siz tabiatan his tuyg‘ularga boy, taʼsirchan insonsiz. Siz behuda sarf-xarajat qiladigan kishi emassiz, shuning uchun muhabbatingizni qimmatbaho sovg‘alar orqali ifoda etishga moyil emassiz, mehnat orqali topilgan har bir tiyin siz uchun qadrli. Siz qalbingiz amriga itoat qilishni xohlaysiz, ammo his-tuyg‘ularingizni ochiq-oydin namoyish qilish siz uchun qiyin, ko‘nglini, sirini birovga ochmaydigan insonsiz.
Сиз билан яшаш ҳамиша ҳам осон эмас. Баъзан сиз ҳаддан ташқари қатъий, камгап, тежамкор, ўз фикрида қаттиқ туриб оладиган ва шубҳаланувчан бўлиб қолишингиз мумкин. Сизнинг сукунатингиз ортида ҳасад ва рақобат туйғулари ҳам яширинган бўлиши мумкин. Сизни ўрнингиздан қўзғатиш қийин, баъзан шикоят қилишингиз, дангаса бўлиб қолишингиз мумкин. Сизда катта миқдорда қувват бор, аммо уни ўзгалар истагига қараб эмас, фақат ўз хоҳишингизга қараб сарфлайсиз.
Венера Бузоқ буржи вакилларининг ижтимоий томонини алоҳида ажратиб кўрсатади. Нотаниш одамлар билан сиз кўпинча уялиб, босиқлик билан муомала қиласиз, лекин яхши мезбон бўлиш қобилиятига эгасиз. Ҳурмат қиладиган инсонларингизни хурсанд қилиш сизга ёқади. Сиз Арслон ёки Тарози буржи вакиллари каби енгил табиатли ўйин-кулгуларга берилмайсиз, аммо сиз яхши таомлар, яхшигина шарбатлар ва дабдабали муҳитни қадрлайдиган инсон сифатида танилгансиз. Қулайлик ва фаровонликнинг фойдали эканига чуқур ишонасиз.
Бузоқ буржи остида туғилган инсонлар ишонч ва тўғри ақл, сезгирлик ва ҳиссиётларнинг жозибали уйғунлиги ҳосиласидир. Ҳар бир Бузоқ буржи вакили, биринчи қарашда амалиётчи ва ташқи кўринишда ҳиссиздек кўринган инсон ичида, ташқи дунёга чиқишга интилаётган романтик хаёлпараст инсон яшайди.