Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Buzoq burji

Buzoq burji - asosiy belgilari

Burj davri: 21 Aprel – 20 May

Belgi jinsi: Ayol.

Unsur: Tuproq.

Sifat: Mo‘tadil.

Buzoq burji vakili - xotirjam, muhabbatga boy, sabrli, barqaror, qatʼiyatli va amaliy shaxs. Shu bilan birga, u o‘jar va o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatadi.

Boshqaruvchi sayyora: Venera (Zuhro yulduzi), qadimgi Rim afsonalarida go‘zallik, sanʼat, zavq va hissiyotlar maʼbudasi. Munajjimlikda Veneraning taʼsiri hashamatga bo‘lgan muhabbat va ajoyib ijodiy qobiliyatlar mavjudligida ko‘rinadi.

Burj ramzi: Buzoq - kuchli, o‘jar, mehnatsevar, qattiqqo‘l va muloyim bo‘lishga qodir.

Ramziy belgisi (piktogrammasi): Buzoq shoxlari va boshi tasvirlangan piktogramma. Shuningdek, siz odam jag‘ini va kekirdakni (Buzoq burji tomonidan boshqariladigan tana aʼzolari) ko‘rishingiz mumkin. Belgining ramziy maʼnosi: yarim oy shaklidagi piyola Quyosh gardishi tepasida joylashgan. Kosa hayotiy energiyani, aylana esa iroda kuchi bilan erishilgan boylikni ifodalaydi.

Shiori: Menda bor.

Qarama qarshi burj: Chayon burji.

Buzoq - shaxsiy mulk va pul burji. Ushbu burj ostida tug‘ilgan odamlar mol-mulk to‘plashni yaxshi ko‘radilar va o‘z mulklariga kuchli qaramliklari bilan tanilishgan. Buzoq burjiga qarama qarshi bo‘lgan Chayon burji - meros va birgalikda egalik belgisi hisoblanadi. Chayon burji vakillarining boyligi moddiy emas, balki ko‘proq maʼnaviydir, ular bu boyliklarini boshqalarga taʼlimotlar, yozma asarlar yoki tabiblik orqali tarqatadilar.

Nazoratdagi tana aʼzolari: Bo‘yin va Tomoq: Ko‘p Buzoq burji vakillari suhandon yoki qo‘shiqchilar kabi ajoyib ovoz soxiblari bo‘lishadi. Ammo ular shamollash, laringit, tomoq og‘rig‘i va qalqonsimon bez kasalliklariga moyil bo‘lishadi.

Omadli kun: Juma.

Omadli raqamlar: 6 va 4.

Decoration

Decoration

Tosh: Zumrad. U xiyonat va yolg‘ondan himoya qiladi, sadoqat keltiradi va xotirani mustaxkamlaydi.

Ranglar: Och xavorang va qizg‘ish binafsha ranglar - nafislik va mayinlikning nozik ranglari.

Shaharlar: Dublin, Luserne, Leypsig, Sent-Luis.

Davlatlar: Irlandiya, Shveysariya, Kipr, Yunoniston.

Gullar: Binafsha va Ko‘knori.

Daraxtlar: Sarv va Olma daraxti.

Metall: Mis.

Hayvonlar: Yirik shoxli qoramollar.

Xavfli vaziyatlar: Buzoq burji vakillari sevgi va pul tufayli keskin vaziyatlarga tushib qolishadi. Ular ko‘pincha o‘jarlik va o‘zi egalik xulq-atvori sababli boshqa odamlar bilan tez tez janjallashib qolishadi, o‘z sevgan kishilarida kuchli ehtiroslari uyg‘onishiga sabab bo‘lishadi.

Decoration

Buzoqlarning ichki dunyosi

Siz hayotingizda tartib-intizomni yoqtirasiz, biror narsa nazoratdan chiqsa, xavotir his qila boshlaysiz. Notanish voqealarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lasiz va shu sababli yangiliklardan uzoqroq yurishga moyilsiz. Sizga o‘zgarishlarga ko‘proq yon berishni o‘rganishingiz kerak. Siz chiroyli buyumlarni yoqtirasiz va mol-mulk to‘plashga bo‘lgan ishtiyoqingiz yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizga ham taʼsir ko‘rsatadi. Siz uchun muhim insonlarni qattiq qadrlaysiz. Bir qancha tasodifiy tanishuvlardan ko‘ra, bir necha yaqin odamlar bilan mustahkam do‘stlikni afzal bilasiz. Mehr-muhabbatda esa siz uchun eng katta baxt o‘zaro sadoqat va g‘amxo‘rlikda. Siz juda taʼsirchansiz, shu sababli bir og‘ir so‘z ham uzoq vaqt davomida sizdagi ruhiy xotirjamlikni yo‘qotishi mumkin, begonalar bilan esa ko‘pincha uyalib, tortinchoqlik bilan munosabatda bo‘lasiz.

Munajjimlar bashorati

Boshqalar Buzoqlarni qanday qabul qilishadi?

Sizni suyanish mumkin bo‘lgan tinch va ko‘tarinki kayfiyatli inson sifatida qabul qilishadi, yuqori shakllangan aqlingiz ko‘pchilikni hayratga soladi. Faqat sanoqli insonlargina sizning qanchalik taʼsirchan, salga dili og‘rib qoladigan inson ekanligingizni bilishadi. Sizning badiiy didingiz odamlarda ishonch uyg‘otadi, ular ko‘pincha sanʼat va estetika masalalarida sizning fikringizga suyanadilar. Shuningdek, sizdan moliyaviy masalalarda maslahat so‘rashadi, chunki bu sohada mutaxassis ekanligingizni yaxshi bilishadi. Biroq, ko‘pchilik sizning o‘ta qatʼiyatli ekanligingizdan biroz cho‘chib turishadi. Hatto siz haq bo‘lsangiz ham, suhbatdoshlaringiz nima uchun o‘z fikringizda shunchalik qaysarlik bilan qatʼiy turib olishingizni tushunishmaydi.

Decoration

Buzoq burjida tug‘ilgan mashhurlar

Fred Astaire, Mary Astor, Burt Bacharach, Candice Bergen, Irving Berlin, Carol Burnett, Yogi Berra, Cate Blanchett, Stephen Baldwin, Johannes Brahms, Lionel Barrymore, Rudolph Valentino, Leonardo da Vinci, Ulysses S. Grant, Martha Graham, Bianca Jagger, Glenda Jackson, Janet Jackson, Reggie Jackson, Jasper Johns, Dwayne "The Rock" Johnson, Kirsten Dunst, George Carlin, George Clooney, Stephen Colbert, Perry Como, Bing Crosby, Anthony Quinn, Gary Cooper, Liberace, Sugar Ray Leonard, Jay Leno, Harper Lee, Joe Louis, Anita Loos, Tim McGraw, Rod McKuen, Shirley MacLaine, Bernard Malamud, Patrick Mansell, Ann-Margret, Karl Marx, Golda Meir, Yehudi Menuhin, Vladimir Nabokov, Florence Nightingale, Willie Nelson, Jack Nicholson, Ryan O'Neal, Pope John Paul II, Al Pacino, Eva Perón, Ezio Pinza, Roberta Peters, Sergei Prokofiev, Michelle Pfeiffer, Bertrand Russell, Pete Seeger, Benjamin Spock, Barbra Streisand, James Stewart, Shirley Temple, Harry S. Truman, Uma Thurman, Orson Welles, Albert Finney, Ella Fitzgerald, Henry Fonda, Sigmund Freud, Joseph Heller, William Randolph Hearst, Audrey Hepburn, Katharine Hepburn, Pyotr Ilyich Tchaikovsky, William Shakespeare, Cher, Akon.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.