Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Tog‘ echkisi burji

Tog‘ echkisi burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Bosiqlik

Tog‘ egasi burjida tug‘ilgan insonlar bir oz shuhrastparast bo‘lishadi. Ularning hayoti o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish bilan o‘tadi. Sizning hayotingiz davomida muvaffaqiyatga erishish, boylik, yuqori mavqe, hokimiyat va muhabbatga (siz buni sezmasangiz ham) intilish bilan yashaysiz.

Tog‘ egasi burjida kardinal (boshqaruvchi) burjlarning tashabbuskorligi va yer unsurining amaliyligi uyg‘unlashgan, bu esa sizning yetakchilik va hokimiyatga bo‘lgan yo‘nalishingizni ko‘rsatib turadi. Yulduzlar burjida Saturn sayyorasi eng yuqori nuqta bilan bog‘langan bo‘lib, bu yuqori nuqta ulkan yutuqlarni anglatadi. Siz tug‘ma ijtimoiy alpinist, barcha cho‘qqilarni zabt etishga intiluvchi insonsiz, oddiy vodiylarda sayr qilish bilan cheklanib qolmaysiz. Agar qarshingizda qandaydir cho‘qqi paydo bo‘lsa, siz uni zabt etishga intilasiz. Sizning ramzingiz — tog‘ echkisi. Hamma biladiki, tog‘ echkilari har qanday balandlikka, hatto boshqalar nazaridan yashirin bo‘lgan qiyin yo‘llardan ham, mahorat bilan chiqa oladilar. Siz dunyoda muhim vazifalar borligini doim eslab turasiz. Agar biror tog‘ni o‘rnidan qo‘zg‘ata olmasangiz, hech bo‘lmaganda unga ko‘tarilishingiz mumkin degan qoidaga amal qilasiz.

Sizning Saturn sayyorasi boshqaradi. U cheklovlar, shuningdek, vaqt bilan bog‘liq chegaralarning ramziy ifodasi sanaladi. (Saturnning yunon mifologiyasidagi muqobili — vaqt xudosi Kronos.) Siz vaqtning qadrini yaxshi bilasiz, shu bois o‘zingiz va atrofingizdagi odamlarning harakatlarini tashkillashtirish va rejalashtirishda ustasiz. Boshqalar bir oydan keyingi rejalarni tasavvur qilolmasa, siz o‘z maqsadingizni aniq o‘rganasiz, unga yetish yo‘lini aniq qadamlarga ajratasiz va ko‘pincha bir necha yilga mo‘ljallangan batafsil rejalar tuzasiz. Tog‘ echkisining sabri cheksiz. Tog‘ echkisining muhim jihatlaridan biri – kutilayotgan narsani qancha kerak bo‘lsa, shuncha sabr qilib kuta olishida. Siz ertangi mukofot uchun bugungi lazzatlardan voz kechishga tayyor insonsiz.

Sizni ko‘pincha tushkunlik, jiddiylik kayfiyati o‘rab turadi. Saturnni "osmondagi nazoratchi" deb atashadi, chunki u masʼuliyat, intizom va harakat erkinligini cheklashni ifodalaydi. Saturnning farzandi sifatida, siz doim hamma narsani yaxshilashga va takomillashtirishga intilasiz.

Decoration

Decoration

Siz shuhratparast, amaliy va qatʼiyatlisiz. Noaniq abstrakt nazariyalar sizni qiziqtirmaydi, siz olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni istaysiz. Qiziquvchan aqlingiz g‘oyalarni tez anglab oladi, sizda havas qilishga arzigulik diqqatni jamlash qobiliyati bor. Aniqlik va tartib siz uchun juda zarur, siz odatda muhim ishlarni boshqalarga ishonib topshira olmaysiz. Agar biror nima vaʼda qilgan bo‘lsangiz, uni albatta bajarasiz, agar biror vazifani o‘z zimmangizga olgan bo‘lsangiz, uni eng yaxshi natija bilan yakunlashga intilasiz. Siz mayda jihatlarga ham katta eʼtibor berasiz, barcha kutilmagan holatlarni avvaldan oldini olishga intilasiz. Bu siz uchun barcha narsani nazoratda ushlab turish usulidir.

Har narsaga o‘ta diqqat bilan eʼtibor berishingiz shunchalik yorqin ko‘zga tashlanadiki, uning ortidan odamlar ijodiy qobiliyatingiz ko‘pincha sezmay qolishadi. Lekin siz haqiqatan ham ijodkor insonsiz, shuningdek, o‘z ijodingiz mahsulini aniq shaklga keltirishni bilasiz. Sizning o‘zingizga xos isteʼdodingiz — orzularni haqiqatga aylantirishdir. Shuning uchun ham sizni tomoshabop sanʼat turlari ko‘proq o‘ziga jalb qiladi.

Siz o‘zingizni jiddiy hayotda yashaydigan, orzu osmonlarida uchib yurmaydigan inson deb hisoblaysiz, hayotdan zavq qidirishga vaqtingiz yetmaydi. Har bir Tog‘ echkisi qalbida jiddiy va qattiqqo‘l “ota” — Saturn yashaydi. Siz faqat o‘zingizga ishonishingiz mumkinligini yaxshi bilasiz. Sizning ichki olamingizda “yosh bola” ham bor, lekin u o‘zini doim nochor his qiladi. Hayotingizdagi eng muhim darslardan biri bu nochorlik hissini yengish va o‘zingizni sevishni o‘rganishdir. O‘zingizga o‘zingiz qattiqqo‘l, chizgan chizig‘idan yurishga majbur qiladigan “ota” bo‘lishdan voz keching, sizni doim tartibga rioya qilishni talab qiluvchi ichki nazoratchidan qutiling. Siz o‘zingizga erkinlik berishingiz, istagan vaqtingizda yugurish va o‘ynashga ruxsat berishingiz kerak.

Sizning chetda turishingiz ko‘pincha atrofdagilar tomonidan sovuq munosabat sifatida noto‘g‘ri talqin qilinadi. Ammo siz sovuq emassiz, balki o‘zingizga o‘zingiz yetarli insonsiz. O‘z muhitingizni tashkil etish va uni to‘g‘ri yo‘naltirish zarur bo‘lgan vaziyatlarda siz baʼzan boshqalarning hayotiga o‘rinsiz aralashib ketishingiz mumkin. Bu sizga xuddi ularga yordam sifatida ko‘rinadi, bosim sifatida emas. Sizning bosiqlik niqobingiz ortida taʼsirchan va hamdard inson yashaydi. Agar birovga suyanish uchun ishonchli yelka kerak bo‘lsa, Tog‘ echkisi bu vazifaga eng mos keladigan inson bo‘ladi.

Sizni quruq yoki qovog‘i soliq inson deb bilish noto‘g‘ri. Aslida, sizda ajoyib yumor hissi mavjud. Sizning hazillaringiz baʼzan o‘tkir yoki achitib aytilgandek tuyulishi mumkin, ammo ular juda ham kulgili bo‘ladi. Siz kutilmagan vaqtda o‘ta aqlli hazillar bilan atrofdagilarni kuldirib turasiz.

Pul, mablag‘ masalasida ham, hayotning boshqa sohalaridagi kabi ehtiyotkor insonsiz, o‘zgarishlarni xushlamaysiz. Sizning boylik orttirish imkoningiz juda yuqori (ayniqsa, katta yoshlarda), chunki siz mablag‘larni ishonchli joylarga sarmoya qilishni yaxshi bilasiz. Biznesda siz muvaffaqiyatga erishish uchun tayyorgarlikka katta eʼtibor qaratasiz. O‘n ming kilometrlik safarlar birinchi qadamdan boshlanadi, ammo siz maqsadingizni aniq tasavvur qilmagan holda hech qachon yo‘lga chiqmaysiz. Boshqalar vaziyatni sizdan tezroq tushunib harakat boshlashlari mumkin, ammo siz shoshilmay, avvalo, ilgari qilingan ishlar bilan tanishasiz, ishonchli maʼlumotlar to‘playsiz. Bu sizning yutig‘ingiz bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ana shundan so‘ng, har bir mayda-chuyda masalani chuqur o‘rganib chiqqaningizdan keyingina harakatga o‘tasiz. Va siz endi maqsadingizga yetmaguncha to‘xtamaysiz.

Har qanday noaniqlik sizni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. Siz doimo himoyalanishni o‘ylaysiz, hamma narsani oq va qoraga ajratasiz. Inson his tuyg‘ularining "kulrang sohalari" sizga xatarli bo‘lib ko‘rinadi va siz ulardan chetlanishga harakat qilasiz. Kamolotga yetmagan tog‘ echkisi faqat o‘z haqiqatini tan oladi xolos. Baʼzan, tog‘ echkilari yopiq va tanqidiy munosabatda bo‘lishadi, baʼzilari esa faqat hokimiyat va muvaffaqiyatni qadrlashadi.

Sizning eng birinchi tashvishingiz – xavfsizlikni taʼminlash. Odatda, siz moddiyatga tayanuvchi insonsiz. O‘z yo‘lingizda g‘ov bo‘lib qolgan insonlarga nisbatan shavqatsiz bo‘lishingiz mumkin. Siz juda g‘ururlisiz, sizga nisbatan past nazar bilan qarashlarini yoki haqorat qilishlarini kechirmaysiz. Shu bilan birga, sizga yordam ko‘rsatgan insonlarning yaxshiligini unutmaysiz, ularning ko‘rsatgan mehr-muruvvatni yuz barobar ortig‘i bilan qaytarishga intilasiz. Chayon burji vakillari ham yaxshilikka munosib javob qaytarishadi, faqat ular o‘zlarining sadoqati va eʼtirofi sababligina minnatdorchilik bildirishadi. Sizda esa boshqalar oldida qarzdor bo‘lib qolishga g‘ururingiz yo‘l qo‘ymaydi.

Tog‘ echkilari boshqa burjlarga qaraganda ko‘proq boylik va obro‘-eʼtibor uchun oila quradilar. Munosabatlarda siz, odatda, ustunlikka erishishga harakat qilasiz, bu sizga boshqa birovning taʼsiriga tushib qolishdan himoya qiladi. Siz o‘z yaqinlaringizning sadoqatini doimo, o‘zlariga sezdirmasdan sinovdan o‘tkazib turasiz. Siz yulduz burjlari orasida eng yolg‘iz insonsiz, siz muhabbatga va sizni yuqori baholashlariga muhtojsiz. Afsuski, siz bu ehtiyojingizni oshkor qilmaysiz, aksincha, uni hammadan yashirishga harakat qilasiz.

Bu niqob ostida sizning yana boshqa ko‘plab niqoblaringiz bor, atrofdagilar siz qanday inson ekaningizni darhol anglashmaydi. Sizning og‘ir bosiq xarakteringiz sababli sizni takabbur, beeʼtibor va o‘zini baland tutadigan inson deb qabul qilishadi. Ammo aynan mana shu boshqalardan uzoqlik xislati boshqa insonlarni gipnoz taʼsiriga tushgandek tog‘ echkilari shaxsiyatiga tortib turadi.

Himoya qalqoningiz yorib o‘ta oladigan darajada sizni seva olgan inson beqiyos mukofotga erishadi. Siz kuchli muhabbat va sadoqatga qodirsiz. Siz suygan insonlaringizga mehribonlik bilan g‘amxo‘rlik qilasiz, ularni himoya qilasiz va qiyin damlarda doimo yondosh bo‘lasiz.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.