Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Qovg‘a burji

Qovg‘a burji - umumiy tavsiflar

O‘ziga jalb qiluvchi asosiy xususiyati: Do‘stona munosabat

Munajjimlar Qovg‘a burjini juda qadrlashadi, chunki bu burj kelajak, bashoratlar, hatto ayrimlarning fikricha, munajjimlik bog‘liq. Qovg‘alar oddiy bo‘lmagan shaxslar, ular o‘ziga xos, biroz g‘alati, jamiyatga ergashib yurmaydigan, doimo o‘z yo‘lidan ketadigan insonlar. Siz boshqalardan ajralib turishni yoqtirasiz. Siz turli nog‘oralarga shunchaki o‘yinga tushmaysiz, balki raqs davomida o‘z musiqangizni yaratib olasiz.

Sizning eng muhim xususiyatingiz — aqliy mustaqillikdir. Qovg‘a burjida moʻtadil xususiyatlar (chidamlilik va barqarorlik) va havo unsuri belgilari (intellekt va ijtimoiy hamkorlik) o‘zaro uyg‘unlashadi, o‘zgarishlar sayyorasi Uran taʼsiri ostida, erkin fikrlovchi, ilg‘or, biroq fikrlari mustahkam shaxsiyat shakllanadi.

Sizdagi fikr qatʼiy turish jihatingiz hech kim kutmagan vaqtda namoyon bo‘ladi (chunki siz g‘ayrioddiy insonsiz). Bu bilan siz o‘z g‘oyangizni himoya qilishingiz, biron-bir xato ishingizni oqlashga urinishingiz yoki g‘alati odatlaringizni izohlashingiz mumkin. Bu holat qanday bo‘lmasin, Qovg‘a burji vakiliga xos bo‘lgan qaysarlik har qanday muholif suxbatdoshni ajablantirib, chalg‘itib qo‘yadi. Siz hech qanday murosaga bormaysiz, orqaga bir qadam ham tashlamaysiz.

Qovg‘alarda, bu qanchalik sirli tuyulmasin, ilg‘or fikrlovchi inson va fikrlarini izsiz qolishini istamaydigan qaysar bahschi inson uyg‘unlashgan. Siz boshqalarning fikriga umuman eʼtibor bermay, yangi va notanish yo‘llardan ketishingiz mumkin. Siz uchun boshqalarning fikri yoki jamiyatning maslahati ahamiyatga ega emas, eng muhimi, sizni bu yo‘lda ko‘plab qiziqarli yangiliklar, kashfiyotlar kutib turgan bo‘lishi kerak. Siz zerikishni yuqumli kasallik deb hisoblaysiz va undan har qanday yo‘l bilan qochishga harakat qilasiz.

Sizning xarakteringiz paradokslar, bir biriga mos kelmaydigan fikrlar jamlanmasiga o‘xshaydi. Siz do‘stlar davrasida ham, yolg‘iz bir o‘zingiz qolsangiz ham o‘zingizni baxtiyor his etishingiz mumkin. Sayohat qilishni yaxshi ko‘rasiz, lekin uydagi tinch va qulay muhit ham sizga huzur baxsh etishi mumkin. Siz do‘stlikni qadrlaydigan va ochiq insonsiz, biroq ayrim vaqtlarda o‘ta sovuqqon, boshqalardan uzoqlashgan va yopiq bo‘lishingiz ham mumkin. Sizning aqlingiz ham sanʼatkorona, ham ilmiy yo‘nalishda uyg‘unlashgan. Kasbiy faoliyatingizda odatda bir vaqtning o‘zida ikki xil yo‘nalish bilan shug‘ullanasiz.

Decoration

Decoration

Sizning burjingiz – Qovg‘a, yaʼni suv tashuvchi. Shu sababli, siz ko‘pincha Qovg‘a burji vakillarini suv unsuriga tegishli deb o‘ylashadi.

Lekin Qovg‘a burji aslida havo unsuriga mansub! Siz g‘oyalar va hamkor munosabatlar vakilisiz. Ushbu burj ostida tug‘ilgan insonlar asosan aqliy sohalarda ko‘proq faoliyat yuritishadi. Qovg‘a qo‘lidagi ko‘zadan oqib tushayotgan suv haqiqatni ifodalaydi. Siz haqiqat tomonidasiz, o‘z fikr va mulohazalaringizni boshqalarga to‘g‘ri yetkazasiz. Siz donolik tarqatasiz. Siz bilimga chanqoq, ochiq, ratsional va keng dunyoqarashli insonsiz. Hatto sizdagi maʼlumotlar to‘lib-toshib ketgan bo‘lsa ham, sizga yana-da ko‘proq maʼlumot, bilim kerak. Doimo tog‘ ortida nima borligini bilishni xohlaysiz. Bir Qovg‘a burji vakili aytganidek, «Dunyoda men bilmagan va eshitmagan narsalar borligini bilib qolsam, bu meni asabimga tegadi. Axir men bu narsalarni bilishim kerak!».

Siz hamma narsaga xolis baho berishni bilasiz, chunki his tuyg‘ular yo‘lingizda to‘siq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Bu sizga his-tuyg‘ulardan uzoqlashish va inson hayotining odatiy mohiyatidan ustun turish imkonini beradi. His-tuyg‘ularga nisbatan ichki ishonchsizlik ularning taʼsiriga qarshi turishga majbur qiladi, va oqibatda, ichki ziddiyatlar kelib chiqadi.

Shaxsiy o‘ziga xoslik xislatingiz sizning g‘oyalaringiz bilan ajralmas tarzda bog‘lanib ketganda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ikkinchi havo unsuri burji — Egizaklar singari, siz ham ko‘pincha o‘z fikrlaringizga xudbinlarcha mahkam yopishib olasiz. Qarshi fikrlarni eshitganda, ularni o‘zingizga tajovuz sifatida qabul qilishingiz mumkin. Sizning barqarorligingiz qaysarlikka aylanadi, siz janjal chiqarish uchun ham norozilik bildirishga tayyor bo‘lib qolasiz. Siz ongli ravishda o‘z g‘oyalaringizning real hayotda, munosabatlar yoki kasbiy faoliyatingizda amalga oshirish imkoni yo‘qligini tan olishdan bosh tortasiz. Oqibatda, o‘z fikringizda qatʼiy turib olib, o‘zingizga ko‘proq zarar yetkazasiz. Siz odamlarga eʼtibor berasiz, ularni o‘rganishni, kuzatishni yaxshi ko‘rasiz. Do‘stona va xushmuomala feʼlingiz bilan hamma joyda do‘stlar topib olasiz. Sizda uzoq davom etayotgan munozaralarni chuqur maʼnoli, shu bilan birga hammani kuldirib yuboradigan bitta gap bilan yakunlash isteʼdodingiz bor. Sizning o‘tkir hazillaringiz oqibatida barcha dabdaba va soxtaliklar tezda bartaraf bo‘lib ketishini tanishlaringiz yaxshi bilishadi. Siz vaziyatni to‘g‘ri anglash qobiliyatiga egasiz, ammo hech qachon o‘zligingizni yo‘qotmaysiz. Har qanday vaziyatda ham siz doim avvalgidek, quvnoq, qiziquvchan, qiziqarli inson bo‘lib qolaverasiz, hamisha atrofdagilarga qanday taʼsir o‘tkazish mumkinligini bilishni istaysiz. Siz ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har qanday inson bilan muloqotga kirisha olasiz. Odamlarning oliy unvonlari yoki yuqori lavozimlari sizga taʼsir qilmaydi. Hatto Angliya qirolichasi qabulxonasida ham siz o‘zingizni tabiiy tuta olasiz.

Siz doim “barchamiz inson bo‘lib tug‘ilganimiz, bir-birimizga bog‘liqmiz” deb ishonch bilan gapirasiz. Nima uchun insonlar unday fikrlaydi, bunday emas degan savol sizni ko‘p qiziqtiradi. Bir yaxshi tomoni shundaki, siz hech kimga baho bermaysiz. Siz o‘zlarini namoyon etish insonlarning rad etib bo‘lmas huquqi deb, boshqalarga bunday imkoniyatni berishga tayyor turasiz. Siz uchun eng katta ozodlik - bu o‘z o‘zingizcha qolish erkinligidir.

Insonlar xulq-atvorini kuzatuvchi inson sifatida siz boshqalarning kamchiliklari va ojizliklariga sabr qila olasiz. Siz insonparvarsiz, dunyo farovonligi haqida qayg‘urishni o‘zingizga maqsad qilib olgansiz, ammo boshqalar bilan o‘ta yaqin, shaxsiy munosabatlarga unchalik kirishib ketmaysiz. Siz doimo erkinligingizni saqlab qolasiz, baʼzilar buni o‘zini boshqalardan olib qochish yoki hatto mensimaslik sifatida qabul qilishlari tabiiy. Siz o‘z his-tuyg‘ularingiz bilan ham masofa saqlashni afzal ko‘rasiz, lekin sizdagi bu beparvolik aslida yolg‘on ko‘rinish bo‘lishi mumkin. Qovg‘a burji – munajjimlikda do‘stlik ramzi hisoblanadi. Demak sizda yaqin va uzoq muddatli aloqalar o‘rnatish qobiliyati bor degan maʼnoni anglatadi. Sizning beparvo tashqi qiyofangiz ortida doim sadoqatli qalb urib turadi. Qovg‘alar kabi ishonchli va olijanob do‘stlarni topish mushkul. Sizda hech qachon yomon niyat bo‘lmaydi, har doim yordamga yetib kelasiz. Biroq siz hech qachon boshqa bir insonni sizga bog‘liq bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Sizning majburiyatlar olmasdan sevishga intilasiz.

Mustaqillik – sizning hayot tarzingiz, va shu bois siz hatto yaqin munosabatlardan ham voz kechishga tayyorsiz. Sizni nimagadir bog‘lab qo‘yish yoki ozodligingizni cheklashga urinish befoyda. Agar o‘zingizni qopqonga tushib qolgandek his qilsangiz, har qanday narsaga qaramay ozodlikka intilgan bo‘lardingiz. Qovg‘a burji umidlar va orzular ramzi hisoblanadi, siz «o‘tmish o‘tdi-ketdi» tamoyiliga amal qilib yashaysiz. O‘tmishdan qochasiz va Piter Pen kabi qarishni xohlamaysiz. Orzu va rejalar tuzish, sayohatlarni rejalashtirish, maqsadlar qo‘yish siz uchun oson. Sizni odamlar, joylar va loyihalardagi har qanday g‘ayrioddiylik o‘ziga tortadi.

Idealist sifatida siz hammani baxtli ko‘rishni istaysiz, ahamiyatli va salmoqli bo‘lgan ishlarni amalga oshirishga intilasiz. Ko‘plab Qovg‘a burji vakillari siyosatga yoki ijtimoiy faoliyatiga kirishib ketadilar. Qovg‘a burji umidlar va orzular belgisi, ular orzularga ergashib yuradilar. Tarixda Qovg‘a burjida tug‘ilgan ko‘plab ilg‘or fikrlovchilar o‘tgan: Charlz Darvin, Abraham Linkoln, Syuzan B. Entoni, Tomas Edison va Franklin Delano Ruzvelt shular jumlasidandir.

Qovg‘a burji vakillari butun dunyoga yaxshilik olib keladigan katta rejalar tuzishni yaxshi ko‘radilar, ammo siz uchun eng qiziqarli bosqichi - g‘oyalar yaratish, ularni amalga oshirish ustida mehnat qilishga uncha qiziqmaysiz. Jiddiy mehnat qilish sizga u qadar zavq bermaydi. Siz ijodiy shaxssiz, tasavvuringiz kuchli, cheksiz tajribalar o‘tkazishga tayyorsiz, ammo mayda-chuyda ishlar bilan shug‘ullanish yoki ularni aniq tartibga solish sizning feʼlingizga mos emas. Siz yangi olamshumul g‘oya o‘ylab topasiz, ammo uni haqiqatga aylantirish uchun kurashni boshqalar topshirib qo‘ya qolasiz.

Sizning eng katta kamchiligingiz — o‘z ahamiyatingizni oshirib ko‘rsatishga, har qanday sohada mutaxassis bo‘lib ko‘rinishga intilishingizda.

Siz boshqalarga o‘xshamaslik uchun shunchalar harakat qilasizki, baʼzan faqat prinsip uchun boshqalarga qarshi chiqasiz. Siz umumiy qabul qilingan tartiblarga eng kam rioya qiladigan burjlardan birisiz, oqibatda sizni ekssentrik inson sifatida qabul qilishlariga olib keladi. Boshqalarning kamchiliklariga sabr bilan munosabatda bo‘lganingiz kabi, o‘z xatolaringizni ham sezmasliklari kerak deb hisoblaysiz.

Baʼzida siz o‘zaro bahslarga o‘z fikringizga qattiq ishonganingiz uchun emas, shunchaki, faqat fikr almashish yoki aqliy mashqlar uchun qo‘shilasiz. Siz tezda zerikib qolasiz, ezma, zerikarli deb hisoblagan odamlaringizni asabiga tegish uchun ham ataylab ularga qarshi chiqishni boshlaysiz.

Shunga qaramay, Qovg‘a burji vakillari yer yuzidagi eng mehribon insonlardan sanalishadi. Ular bilan muloqot qilish oson, aqlli, kek saqlamaydigan, xafa bo‘lmaydigan odamlar, "o‘zing yasha va boshqalarga ham yashashlariga imkon ber" tamoyiliga amal qilishadi. Siz halol insonsiz, g‘araz maqsadlaringiz bo‘lmaydi, boshqalarga yordam berishni yaxshi ko‘rasiz va hech qachon zeriktirib qo‘ymaysiz. Siz insonning bir bo‘lagiga aylanib, uning hayotini butunlay yaxshi tomonga o‘zgartirib yuborishingiz mumkin.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.