Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Qovg‘a burji

Qovg‘a burji - asosiy belgilari

Burj davri: 21 Yanvar – 18 Fevral

Belgi jinsi: Erkak.

Unsur: Havo.

Sifat: Moʻtadil.

Qovg‘a burji vakillari qatʼiyatli va mustaqil, ilg‘or, o‘ziga xos va ixtirochi, tahliliy qobiliyatga ega, uning yoqtirmaydigan narsalari aniq tiniq bilinib turadi, fikrlari shubhasizdir.

Boshqaruvchi sayyora: Uran, qadimgi yunon afsonalarida osmon xudosi, olamning birinchi hukmdori. Uran - zamonaviy davrda (1781 yilda) kashf etilgan birinchi sayyora. Munajjimlikda Uran o‘zgarishlarni, vayrongarchiliklarni, kutilmagan hodisalar, noodatiylik va noanʼanaviylik hamma narsani boshqaradi. Ixtirolar, aerodinamika va zamonaviy ilm-fan uning nazoratida turadi.

Burj ramzi: Suv tashuvchi. U o‘zining ozodlik tuhfasini hammaga teng taqsimlaydi. Uning idishidan oqayotgan suv haqiqatni anglatadi va Qovg‘a uni dunyoga cheksiz yetkazib beradi.

Ramziy belgisi (piktogrammasi): Qovg‘a ko‘zasidan to‘kilayotgan suvni anglatuvchi ishora. Bu belgi shuningdek harakatlanayotgan odamning to‘pig‘ini (Qovg‘a nazoratidagi tana aʼzosi) ham anglatadi. Zigzag chiziqlarining ramziy maʼnosi elektr energiyasi, universal fikrlash va kelajak donoligidir.

Shiori: Men bilaman!

Qarama qarshi burj: Arslon burji.

Qovg‘a - umidlar va orzular, do‘stlik va yaxshi tilaklar belgisi. Qovg‘a burji ostida ko‘pincha idealistlar va gumanistlar tug‘iladi, ularni global dunyo tizimi muammolari bezovta qiladi, lekin shaxsiy munosabatlarda ular o‘zlarini chetga olishadi. Qovg‘a burjiga qarama-qarshi bo‘lgan Arslon - zavq, sevgi va romantik sarguzashtlar burji sanaladi. Arslonlarga baxtli bo‘lish uchun vaqt qiziqarli o‘tishi kerak, ular yaqin munosabatlarni izlaydilar va hamkorlikda hukmronlik qilishga intiladilar.

Nazoratdagi tana aʼzolari: Qon aylanish tizimi, oyoq boldirlari va to‘piqlar. Qovg‘a burji vakillari to‘piq jarohatlanishi yoki sinishi, tomirlarning varikoz kengayishi va arteriya tomirlari tiqilishi kabi xastaliklarga moyil bo‘lishadi.

Omadli kun: Chorshanba.

Omadli raqamlar: 1 va 7.

Decoration

Decoration

Tosh: Ametist, sevgida sadoqat keltiradi va bashorat qilish qobiliyatini beradi.

Rang: Yorqin ko‘k - musaffo osmon rangi.

Shaharlar: Stokgolm, Moskva, Buenos-Ayres, Zalsburg.

Davlatlar: Rossiya, Shvetsiya, Efiopiya.

Gul: Orxideya.

Daraxtlar: Mevali daraxtlar.

Metall: Uraniy.

Hayvonlar: Katta qushlar.

Xavfli vaziyatlar: Qovg‘a burji vakillarini innovatsiyalar jalb qiladi, u jamiyatdagi stereotiplarga mos kelmaydi. U baʼzida ekssentrik bo‘ladi va shuning uchun ko‘pincha tor fikrli odamlar tomonidan hujumlarga uchrab turadi. Qovg‘a burji vakillari g‘ayrioddiy vaziyatlarga tushib qolishlari va g‘alati odamlar bilan do‘stlashib qolishlari ehtimoli ko‘p.

Decoration

Qovg‘alarning ichki dunyosi

Siz ko‘proq "Nima uchun?" degan savolni berishdan boshlaysiz. Boshqalarni nimalar harakatga keltirishini tushunishga intilasiz. Ular hayotining barcha jihatlari siz uchun qiziq, chunki ular o‘zingizni tushunishga yordam berishi mumkin. Sizing qalbingiz ulkan muhabbatga qodir. Sizning eng kuchli orzularingiz ko‘plab qiziqarli do‘stlar orttirish, ajoyib muhabbat munosabatlari, ilhomlantiradigan mehnat faoliyati, shuningdek dunyo yana-da yaxshiroq qilish va barcha insonlarni baxtli qilishdan iborat. Juda ham katta talab emas, to‘g‘rimi?

Sizning eng yashiradigan siringiz - aslida qanchalik tortinchoq, uyatchang ekanligingiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonchning kamligi. Suygan insonlaringiz sizga qanday munosabatda ekanligini bilish siz uchun juda muhim. Shuning uchun siz boshqalarga yoqish uchun juda ko‘p harakat qilasiz. Siz hammasini boshqalar bilan baham ko‘rishni xohlaysiz, biroq boshqalarga o‘xshab qolishdan, boshqalar istagandek shaxs bo‘lib qolishdan qo‘rqasiz. Sizning qalbingizdagi qo‘rquv hissi “Men boshqachaman” degan fikrga ishonch bilan qanday uyg‘unlashib ketganiga ishonish qiyin.

Decoration

Boshqalar Qovg‘alarni qanday qabul qilishadi?

Sizni odatda qandaydir boshqalarga o‘xshamaydigan, dunyoga boshqalardan boshqacharoq qaraydigan, mustaqil va o‘ylamay ish qiladigan odam deb hisoblashadi. Siz ko‘pincha nimanidir muddatidan avval kashf qiladigan kashfiyotchiga o‘xshaysiz. Sizning hazillaringizni bir vaqtning o‘zida ham kulgili, ham xavfli deyishadi. Hamma sizni yangi g‘oyalarni quchoq ochib kutib olishingizni bilishadi, ayniqsa bu g‘oyalar sizga tegishli bo‘lsa. Sizning do‘stona munosabatingiz va ishtiyoqingiz odamlarni o‘ziga jalb qiladi, ammo ularga achitib kinoya qilishingiz ularni sizdan uzoqlashtiradi. Sizga juda keng shaxsiy hudud va erkinlik kerak. Shu sababli siz boshqalar nazarida befarq va odamlardan uzoqda turgan odamdek taassurot uyg‘otasiz. Baʼzida sizning qaysarligingiz odamlarning jahlini chiqaradi.

Decoration

Qovg‘a burjida tug‘ilgan mashhurlar?

Corazon Aquino, Lord Byron, Mikhail Baryshnikov, John Belushi, Jack Benny, George Burns, Robert Burns, Christie Brinkley, Tom Brokaw, Aaron Burr, Tallulah Bankhead, Robert Wagner, Jules Verne, Elijah Wood, Virginia Woolf, Zsa Zsa Gabor, Clark Gable, Christopher Guest, Philip Glass, Zane Grey, Germaine Greer, D. W. Griffith, John Grisham, Neil Diamond, Charles Darwin, James Joyce, Virginia Johnson-Masters, Michael Jordan, Charles Dickens, Matt Dillon, James Dean, Christian Dior, Plácido Domingo, Dr. Dre, Angela Davis, Geena Davis, Susan Sontag, Eddie Cantor, Jerome Kern, Nastassja Kinski, Alicia Keys, Eartha Kitt, Ted Koppel, Natalie Cole, Lewis Carroll, Mario Lanza, Heath Ledger, Jack Lemmon, Joseph Lieberman, Charles Lindbergh, Charles Lincoln, David Lynch, Ida Lupino, Sinclair Lewis, Ernst Lubitsch, Robert Motherwell, Douglas MacArthur, John McEnroe, Édouard Manet, Christopher Marlowe, Norman Mailer, Felix Mendelssohn, Carmen Miranda, James Michener, Jeanne Moreau, Toni Morrison, Wolfgang Amadeus Mozart, W. Somerset Maugham, Jack Nicklaus, Kim Novak, Nick Nolte, Paul Newman, Yoko Ono, Anna Pavlova, James Pike, Thomas Paine, S. J. Perelman, Jackson Pollock, Leontyne Price, Vanessa Redgrave, Ronald Reagan, Burt Reynolds, Jackie Robinson, Chris Rock, Norman Rockwell, Arthur Rubinstein, Franklin Delano Roosevelt, Babe Ruth, Telly Savalas, Andrés Segovia, Jane Seymour, Tom Selleck, Gertrude Stein, Stendhal, George Stephanopoulos, Adlai Stevenson, Barbara Tuchman, Lana Turner, Justin Timberlake, John Travolta, François Truffaut, John Williams, Oprah Winfrey, Edith Wharton, Federico Fellini, W. C. Fields, Farrah Fawcett, Mia Farrow, Holly Hunter, Gene Hackman, Paris Hilton, Langston Hughes, Paddy Chayefsky, Carol Channing, Stockard Channing, Cybill Shepherd, Franz Schubert, Thomas Alva Edison, Sergei Eisenstein, Jennifer Aniston, Susan B. Anthony.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.