Burj davri: 23 Avgust – 23 Sentyabr
Belgi jinsi: Ayol.
Unsur: Yer.
Sifat: Moslashuvchan.
Parizod burji vakillari o‘zini tuta biladigan va kamtarin, amaliy va sinchkov, eʼtiborli va mehnatsevar insonlar. Bu burj vakillari ishiga talabchan va tirishqoq, analitik qobiliyatga ega va hamma narsani bilishni va tushunishni xohlashadi.
Boshqaruvchi sayyora: Merkuriy, qadimiy afsonalarda savdo va xabarlar xudosi. Munajjimlikda u aqlni, ongni boshqaradi, asabiy va sezgir temperamentni ko‘rsatadi.
Burj ramzi: Bokira qiz. U intilishlar samimiyligi, kamtarlik, mehnatsevarlik, o‘zi uchun xizmat qilishga tayyorlik, boshqalarga xizmat qilish va yordam berish qobiliyatini o‘zida mujassam etgan. Parizod odatda qo‘lida bug‘doy boshoqlari bilan tasvirlanadi - bu dunyoning farovonligi va baxti uchun g‘oyalar va bilimlarni amaliy tatbiq qilishni anglatadi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): Bokira qiz ramzi, unda ayol iffatli va sirlari tasvirlangan. Bu belgida bir to‘g‘ri chiziq ikkita ilmoqli chiziq bilan bog‘langan, ulardan biri yana bir egri chiziq bilan kesishadi. Bu his-tuyg‘ularga bog‘langan, lekin hayotiy tajriba bilan uzilgan donolikni anglatadi.
Shiori: Men tahlil qilaman!
Qarama qarshi burj: Baliq burji.
Parizod - bu mehnat va o‘z-o‘zini takomillashtirish burji. Ushbu burj vakillari - haqiqatni aniqlash va barcha mavjud maʼlumotlarni olish uchun faktlarni ochib beradigan va tahlil qiladigan perfeksionist insonlardir. Parizod burjining aksi bo‘lgan Baliq burji illyuziya va o‘z-o‘zini aldash burjidir. Baliq burji vakillari orzularga, fantaziyalarga, ikkilanishlarga, illyuziyalarga va muammolardan qochishga moyil bo‘lishadi.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Asab tizimi va ichaklar: Parizod burji vakillari tashqi bosimlarga sezgir va asabiy zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan kasalliklarga moyil bo‘lishadi. Ko‘pincha ular oshqozon yarasi kasalligidan aziyat chekishadi.
Omadli kun: Chorshanba.
Omadli raqamlar: 5 va 3.


Tosh: Sapfir. Bu tosh ko‘ngil xotirjamligini chaqiradi, sayohatlar paytida kasallik va jarohatlardan himoya qiladi.
Ranglar: To‘q ko‘k va kulrang - nafislik va yaxshi didning klassik ranglari.
Shaharlar: Parij, Boston, Geydelberg, Strasburg.
Davlatlar: Turkiya, Gretsiya, Krit, Vest-Indiya orollari.
Gullar: Pechakgul va Kapalak gul (Viola).
Daraxtlar: Yong‘oq daraxti.
Metall: Simob.
Hayvonlar: Kichik uy hayvonlari.
Xavfli vaziyatlar: Parizod burji vakillari boshqalarning ishiga aralashishga moyilligi, atrofidagi odamlarga nisbatan tanqidiy va beparvo munosabati tufayli baʼzan boshqa odamlarning g‘azabini, tajovuz qilishiga sabab bo‘lishadi.

Parizodning ichki dunyosi
Sizda ajoyib iroda kuchi va o‘z ishingizga sadoqat bor, siz barcha narsalarni mukammal darajaga yetkazish uchun boshqalarga nisbatan ko‘proq mehnat qilasiz. Nima uchun? Chunki siz nimanidir noto‘g‘ri qilib qo‘yishdan qattiq qo‘rqasiz. Siz o‘zingizga nisbatan haddan tashqari talabchansiz, tanqidiy qaraysiz. Aslida, siz tushunish qiyin bo‘lgan hodisa, hali hech kim to‘liq anglay olmagan sirli shaxssiz. Siz begona odamlarga o‘zingizni qalbingizni ochmaysiz, hatto yaqinlaringiz oldida ham ehtiyotkor bo‘lasiz. Lekin, juda chuqur tuyg‘ularingiz bor.
Haddan tashqari kuchli taʼsirchanlik sizning yashirin olamingizning ajralmas qismiga aylangan. Siz boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishdan mamnun bo‘lasiz, do‘stlarga maslahat berasiz, ko‘cha hayvonlarini boqasiz, qurib borayotgan o‘simliklarni parvarishlaysiz. Biroq, kimdir bu harakatlaringizni qadrlashi, maqtashi kerak, siz bunga muhtojsiz. Eng asosiysi, siz chin dildan foydali bo‘lishni istaysiz va boshqalarning farovonligi uchun haqiqatdan ham qayg‘urasiz.

Boshqalar Parizodni qanday qabul qilishadi?
Siz tashabbuskor va maqsadga intiluvchan odam hisoblanasiz. Odamlar har qanday biznesni sizga ishonib topshirishga tayyor. Ular deyarli har qanday muammoni mantiqiy tahlil qilib, hal qila olishingizga ishonchlari komil. O‘z harakatlari, his-tuyg‘ulari yoki munosabatlarini tushunishni istaganlar sizdan maslahat va yordam so‘rab murojaat qilishadi. Sizni masalaning muhimligi va ustuvorligini aniq belgilash, chalkash vaziyatlarni tartibga solish qobiliyatingiz borligi uchun qadrlashadi. Chunki siz didli insonsiz, juda eʼtiborlisiz, shu bilan birga halolligingiz bor. Shu sababli adabiyot, teatr va zamonaviy uslublarga oid ko‘p masalalarda odamlar sizning fikringizni hurmat qilishadi. Biroq, sizning o‘z qobig‘ingizga o‘ralib olishingiz, o‘ta o‘zingizni tutib turishingiz, sizni sovuq va yaqinlashib bo‘lmaydigan odam sifatida ko‘rsatadi.

Parizod burjida tug‘ilgan mashhurlar
Jeremy Irons, Christopher Isherwood, Mark Antony, Yasser Arafat, Lance Armstrong, Lauren Bacall, Ingrid Bergman, Leonard Bernstein, Jacqueline Bisset, Kobe Bryant, Charles Boyer, Anne Bancroft, Greta Garbo, O. Henry, Johann Wolfgang von Goethe, Richard Gere, Hugh Grant, Roald Dahl, Michael Jackson, Jesse James, Tommy Lee Jones, Samuel Johnson, Cameron Diaz, Theodore Dreiser, Queen Elizabeth I, Macaulay Culkin, John Cage, Gene Kelly, Stephen King, Michael Keaton, Patsy Cline, Craig Claiborne, Taylor Caldwell, Sean Connery, Harry Connick Jr., Jimmy Connors, Confucius, Agatha Christie, Jackie Cooper, Alan Jay Lerner, D. H. Lawrence, Peter Lawford, John McCain, Judith Martin, Rocky Marciano, Freddie Mercury, Grandma Moses, Paul Muni, Bob Newhart, Arnold Palmer, Itzhak Perlman, LeAnn Rimes, Keanu Reeves, Cal Ripken Jr., William Saroyan, Sid Caesar, Upton Sinclair, Peter Sellers, Oliver Stone, Margaret Sanger, Shania Twain, Mother Teresa, Leo Tolstoy, Lily Tomlin, George Wallace, Herbert G. Wells, Peter Falk, River Phoenix, Regis Philbin, Ryan Phillippe, Faith Hill, Buddy Hackett, Charlie Sheen, Claudia Schiffer.