Burj davri: 23 Iyul – 22 Avgust
Belgi jinsi: Erkak.
Unsur: Olov.
Sifat: Moʻtadil.
Arslon kuchli, g‘ayratga to‘la, ijodkorlik va o‘sishga moyil; Arslon saxiy va ko‘p sarf qiladi, o‘ziga ishongan, eʼtirozsiz va o‘z qarorlarida qatʼiy turadi.
Boshqaruvchi sayyora: Quyosh.
Quyosh tizimi markazida joylashgan bu yulduz kuchli issiqlik chiqaradi va bizga yorug‘lik, issiqlik va quvvat beradi. Munajjimlikda Quyosh insonga taʼsir qilish nuqtai nazaridan barcha sayyoralar ichida eng kuchlisi hisoblanadi; bu bizga hayotiy quvvat va boshqaruvchanlik beradi.
Burj ramzi: Arslon - shohona, jasur, obro‘li, olijanob va mag‘rur, lekin baʼzida dangasa va bekorchi.
Ramziy belgisi (piktogrammasi): Inson yuragining ikki klapani (Arslon burji nazoratidagi tana aʼzosi) tasvirlangan piktogramma. Bu belgi shuningdek yunoncha Arslon nomining bosh harfining o‘zgacha shaklini ham anglatadi. Belgining ramziy maʼnosi - yarim oy bilan bog‘langan ikkita to‘liq bo‘lmagan quyosh gardishi - aql kuchi va hissiyotlarni ifodalaydi.
Shiori: Men buyuraman!
Qarama qarshi burj: Qovg‘a burji.
Arslon - zavq va ijodkorlikni boshqaruvchi burj hisoblanadi. Bu burj ostida tug‘ilganlar hayotdan zarur bo‘lgan hamma narsani olishga va boshqalarga hukmronlik qilishga intiladilar. Arslonga qarama-qarshi bo‘lgan Qovg‘a burji vakillari esa insoniyatning umidlari, istaklari va eng yuqori intilishlari belgisidir. Qovg‘a burji vakillarini ko‘proq keng ideallar va insonparvar loyihalar jalb qiladi. Ular odamlar bilan munosabatlarida sovuqroq va uzoqroq turishadi.
Nazoratdagi tana aʼzolari: Orqa yelka va bel, umurtqa pog‘onasi va yurak. Haddan tashqari hissiy va jismoniy zo‘riqishlar Arslonlarda bel va umurtqa pog‘onasi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Omadli kun: Yakshanba.
Omadli raqamlar: 8 va 9.


Tosh: Yoqut. Bu tosh jismoniy shikastlanishdan va xiyonatdan himoya qiladi. Yoqut olib yurganlarga ruhiy xotirjamlik beradi.
Ranglar: Oltin va to‘q sariq ranglar - Quyoshning o‘ziga tortuvchi ranglari.
Shaharlar: Rim, Praga, Damashq, Gollivud.
Davlatlar: Fransiya, Italiya, Ruminiya.
Gullar: Kungaboqar va Tirnoqgul (Kalendula).
Daraxtlar: Apelsin daraxti va barcha sitrus daraxtlari.
Metall: Oltin.
Hayvonlar: Barcha mushuksimonlar
Xavfli vaziyatlar: Arslonlar dabdaba va shuhratparastlikka moyil, ko‘pincha o‘zlari bilmagan holda boshqalarning tez g‘azabini qo‘zg‘aydilar. Ko‘pincha ular tuhmat qurboni bo‘lishadi.

Arslonning ichki dunyosi
Arslon burji ostida tug‘ilgan insonlarning hissiyotlari juda katta ko‘lamga ega. Xoh u quvonch, umidsizlik, hayajon yoki muhabbat bo‘lsin — sizning tuyg‘ularingizni katta kinoekranda namoyish qilish mumkin. Siz hayotda katta rol o‘ynashingizga ishonib yashaysiz va shu yo‘nalishda harakat qilasiz. Siz bu dunyodagi loyihalarda ishtirok etishga muhtojsiz va ularning har biriga o‘zingizning bir qismingiz sifatida qarashga tayyorsiz.
Siz harakat kuchiga ishonasiz. Har qanday to‘siqqa nisbatan ilk harakatingiz — uni hech ikkilanmay yengib o‘tish. Siz juda sezgirsiz, garchi buni beparvolik niqobi ostiga yashirishga urinsangiz ham. Boshqalarning maqtovi va sizni tan olishlari siz uchun juda muhim.
Sizdagi o‘ziga xos jihat shundaki, qalbingizda sizni tashvishga solayotgan har qanday shubha va gumonlarga qaramay, har qanday to‘siqni ikkilanmay yengib o‘tish uchun mardlik bilan oldinga intilasiz. Sizda doim boshqalar uchun emas, o‘zingiz uchun, dunyoda sizning o‘rningiz qanchalik muhim ekanligingizni isbotlashga bo‘lgan ehtiyoj mavjud. Siz o‘zingizga "Men buni qilib ko‘rishdan qo‘rqmadim!" deyish uchun har qanday ishga qo‘l urishingiz mumkin.

Boshqalar Arslonni qanday qabul qilishadi?
Sizni har doim olomondan ajratib turuvchi qirollarga xos qobiliyatga egasiz. Odamlarni sizda mavjud kuchli ishtiyoq, nozik did, so‘zga chechanlik va hazillashish kabi qobiliyatlarning betakror uyg‘unligi o‘ziga jalb qiladi. Ularni sizning keng fikrlash qobiliyatingiz ham maftun etadi, bu ularning ham tasavvurlarini jonlantiradi, ularni samaradorlik va muvaffaqiyatga yo‘naltiradi.
Sizning kuch-g‘ayratingiz, olg‘a intilishingiz, masʼuliyatni o‘z zimmangizga olishga tayyorligingiz atrofingizdagilarni ilhomlantirib, siz ularga yetakchilik qilishingiz kerakligini ularning ongiga singdiradi.
Biroq, buni xudbinlik deb qabul qilishlari va sizdan uzoqlashishlari mumkin. Ularga siz xuddi sahnada yurgandek, hatto jiddiy va tabiiy ko‘rinsangiz ham, sahnada rol o‘ynayotgandek tuyulasiz. Bunday odamlar ko‘pincha sizning samimiy ekanligingizga shubha bilan qarashadi. Qolaversa, baʼzilar sizni behuda gaplardan boshqa hech narsa qilmaydigan maqtanchoq deb bilishadi. Sizni shunchaki katta yoshli, injiq va talabchan bolakay deb hisoblaydiganlar ham bor.

Arslon burjida tug‘ilgan mashhurlar
Gracie Allen, Neil Armstrong, Ben Affleck, Sandra Bullock, Antonio Banderas, Tony Bennett, Simón Bolívar, Lucille Ball, Napoleon Bonaparte, Barry Bonds, Ray Bradbury, Diamond Jim Brady, Count Basie, Ken Burns, Ethel Barrymore, Jerry Garcia, Frank Gifford, Albert Gore, Jeff Gordon, Melanie Griffith, Cecil B. DeMille, Guy de Maupassant, Robert De Niro, Mick Jagger, Peter Jennings, Magic Johnson, Elizabeth Dole, Madame du Barry, Leo Durocher, Marcel Duchamp, Fidel Castro, Garrison Keillor, Francis Scott Key, Bill Clinton, Paula Creamer, Monica Lewinsky, Kathie Lee Gifford, Jennifer Lopez, T. E. Lawrence, Madonna, Maureen McGovern, Steve Martin, Herman Melville, Robert Mitchum, Benito Mussolini, Barack Obama, Carroll O’Connor, Jacqueline Kennedy Onassis, Peter O’Toole, Annie Oakley, Dorothy Parker, Sean Penn, Maxfield Parrish, Roman Polanski, Orville Wright, Robert Redford, Gene Roddenberry, Kenny Rogers, J. K. Rowling, Yves Saint Laurent, Pete Sampras, Kevin Spacey, Danielle Steel, Martha Stewart, Alfred, Lord Tennyson, Shelley Winters, Andy Warhol, Leon Uris, Mae West, Zelda Fitzgerald, Claus von Bülow, Aldous Huxley, Mata Hari, Alfred Hitchcock, Dustin Hoffman, John Huston, Whitney Houston, Julia Child, Raymond Chandler, Arnold Schwarzenegger, Percy Shelley, George Bernard Shaw, Amelia Earhart, Carl Jung.