Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab inʼom etuvchi vositadir. Abu Ali ibn Sino.

Yo‘lbars muchali

Yo‘lbars muchali – 5 toifa insonlar

Yo‘lbars muchali Sharq muchal anʼanasida jasorat, qatʼiyat va erkinlikka intilish bilan bog‘lanadi. Biroq Yo‘lbars muchalining xususiyatlarini yana-da chuqurroq anglash uchun uning qaysi unsur bilan bog‘liq ekanini ham hisobga olish mumkin.

Yo‘lbars muchali Suv, Olov, Tuproq, Metall va Yog‘och unsurlariga ajratiladi. Ushbu unsurlar Yo‘lbars muchali vakillaridagi feʼl-atvor, munosabatlar, qaror qabul qilish uslubi va hayotga qarashda turli jihatlarni namoyon qilishi mumkin.

Siz Suv, Olov, Tuproq, Metall yoki Yog‘och Yo‘lbars ekaningizni aniqlang va o‘z unsuringizga xos xususiyatlar bilan tanishing.

Decoration

Metall Yo‘lbars (1950, 2010, 2070)

Metall Yo‘lbarslarni shuhratparastlik va o‘ta qatʼiyatlilik ajratib turadi. Ular maqsadga erishish uchun kerak bo‘lsa o‘zini ayamay mehnat qilishadi. Ammo shunga qaramay, ular o‘ta sabrsiz bo‘lishadi. Agar ishlar Yo‘lbars o‘ylagandek amalga oshmasa, u g‘azablangan vahshiy mavjudotga aylanishi mumkin. Metall Yo‘lbarslar juda yorqin tashqi ko‘rinishga ega. Odamlar ularga samimiy havas va hurmat bilan qaraydilar.

Metall Yo‘lbarslarga ko‘proq sabrli bo‘lish foydali bo‘lar edi.

Decoration

Decoration

Suv Yo‘lbars (1902, 1962, 2022)

Suv Yo‘lbars – o‘tkir zehn va sezgir aqlga, shuningdek, keng ko‘lamli qiziqishlarga ega odam. Ular ilmiy tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi. Bu yillarda tug‘ilganlar, ko‘pincha, Yo‘lbarslarga xos bo‘lmagan qatʼiyatsizlik namoyon qilishadi, lekin jiddiy, keskin burilish yasaydigan, inqirozli vaziyatlarda ular xotirjamlikni saqlab qolishadi, misli ko‘rilmagan sabr toqat namoyon qilishadi. Ular atrofdagilar bilan do‘stona, oson va erkin munosabatda bo‘lishadi. Yo‘lbarslar, odatda o‘z shaxsiy qobiliyatlari evaziga, doim o‘z istaklariga erishadilar. Suv Yo‘lbarslarida kuchli tasavvurga mavjud, shuning uchun ushbu muchal vakillari ko‘pincha iqtidorli yozuvchi yoki kuchli orator bo‘lishadi.

Bu insonlarga o‘zlariga va o‘zining imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni oshirish foydali bo‘lar edi.

Decoration

Yog‘och Yo‘lbars (1914, 1974, 2034)

Yog‘och Yo‘lbarslar do‘stona, xushmuomala muloqotli ekanligi bilan ajralib turadilar. Yo‘lbars muchalining boshqa unsurlariga nisbatan, ular hamkorlikka moyil bo‘lib, boshqa yo‘lbarslardek unchalik mustaqil emaslar. Bu muchal vakillari atrofdagi insonlar orasida katta mashhurlikka ega. Ular ko‘pincha jamoat ishlariga faol qo‘shiladilar va ko‘plab tanishlari bo‘ladi. Yog‘och Yo‘lbarslar hazil mutoyiba hissi bilan ajralib turishadi. Ular qanchalik tirishqoq va faol bo‘lishmasin, depressiyaga tushib qolishlari mumkin. Shuningdek, ular ko‘pincha bir ishdan ikkinchisiga tez tez sakrab turishadi.

Yog‘och Yo‘lbars muchalida tug‘ilgan insonlarga o‘z saʼy-harakatlarini biron-bir aniq ishga qaratgan holda diqqatini jamlashni o‘rganish va muvaffaqiyatsizliklarni yengib o‘tish qobiliyatini rivojlantirish foydali bo‘ladi.

Decoration

Olov Yo‘lbars (1926, 1986, 2046)

Olov Yo‘lbarslar doimiy harakatdagi insonlar. Agar Olov Yo‘lbars biron-bir ishga qiziqib qolsa, unga o‘zini boricha baxshida etib, bor ishtiyoqi bilan kirishadi, ishga bayroqdor bo‘lib boshqalarni ham ortidan ergashtiradi. Bu ajablanarli emas, chunki bu insonlar tabiatida yetakchilik qobiliyatlari mavjud. Ular chiroyli gapirishadi va ishontira olishadi, o‘tkir zakovatli, optimistik, do‘stona va xushmuomala insonlar.

Hayotini uyg‘un qilish uchun Olov Yo‘lbarslar bir haqiqatni anglashlari kerak: atrofdagilar ularning qiziqishlariga ergashishga majbur emaslar. Agar boshqalarga keragidan ortiq umid qilishsa, hafsalasi pir bo‘lishi mumkin.

Decoration

Tuproq Yo‘lbars (1938, 1998, 2058)

Tuproq Yo‘lbarslarga masʼuliyatlilik, xolis va adolatli bo‘lishga intilish, hotirjam xulq-atvor xosdir. Boshqa Yo‘lbarslarga nisbatan Tuproq Yo‘lbarslar ko‘proq fikrini jamlash qobiliyatiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta ish bilan emas, balki faqat bitta ish bilan shug‘illanishlari bilan ajralib turishadi. Ishga bo‘lgan haddan tashqari qiziqishlari sababli baʼzan boshqalarning fikrini eʼtiborga olmaydilar.

Tuproq Yo‘lbarslar o‘z tashqi ko‘rinishiga, obro‘siga jiddiy eʼtibor qaratishadi. Bu yillarda tug‘ilgan insonlar odatda o‘z ishlarini mohirlik bilan boshqaradilar va biznesda omadli bo‘ladilar.

Tuproq Yo‘lbarslar atrofdagilarning fikriga ko‘proq eʼtibor berishlari kerak. Bu ular uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki ular dunyoga obyektiv qarash tarafdorlari sanaladilar.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.