Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Tovuq muchali

Tovuq muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1909, 1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017, 2029, 2041)

Tovuq muchal vakillarini bir tomondan, harakatchan, tezkor, suxbatga oson kirishuvchan, hatto vaysaqi deyish mumkin. Boshqa tomondan esa ular sinchkov, xotirjam va kuzatuvchan insonlar. Har ikki jihatdagi Tovuqlar bilan munosabatni yo‘lga qo‘yish baʼzan juda qiyin bo‘lishi mumkin.

Tovuq muchalida tug‘ilgan insonlar ko‘ngli toza va samimiy bo‘ladilar. Ular ko‘pincha bahs-tortishuvlarga moyil bo‘lishadi, har qanday bahslarda faol ishtirok etishadi, o‘z fikrlarini juda ishonchli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, keskin, baʼzan o‘ta tartibsiz ifodalaydilar. Ammo ularning tashqi jasurligi ortida juda katta o‘ziga ishonchsizlik yashiringan bo‘ladi, agressiv xulqlari esa o‘ziga xos himoya vositasi hisoblanadi. Tovuqlar yorqin shaxslar bo‘lib, bu hatto ularning kiyinish uslubida ham namoyon bo‘ladi. Ular yaxshi hazil hissiga ega. Boshqalarning hissiyotlari ularni deyarli qiziqtirmaydi, ular ko‘pincha boshqalarni ehtiyot qilishni xayoliga ham keltirishmaydi.

Jangovar Tovuq qizg‘in bahslarni yaxshi ko‘radi, tortishuv orqali butun dunyoga o‘zini haqligini isbotlashga harakat qiladi. Atrofidagi odamlarga ularning majburiyatlari haqida to‘xtovsiz eslatib turishlari sababli ularga baʼzida chidab bo‘lmay qoladi. Tovuq birovlarning xatolarini tanqid qilishni yaxshi ko‘radi, lekin o‘ziga nisbatan aytilgan tanqidlarni mutlaqo qabul qila olmaydi. Agar kimdir uning shaxsiy hayotiga aralashmoqchi bo‘lsa, o‘sha zahotiyoq tegishli javobini oladi.

Bu muchal vakillari – ekstravertlar, jamiyat bilan tez til topishadilar, doimo diqqat markazda bo‘lishni yaxshi ko‘radilar. Insonlar bilan osongina tanishib, ko‘plab do‘stlar davrasida umr kechiradilar.

Decoration

Decoration

Ishqiy munosabatlarda bu muchal vakillari bilan nihoyatda ochiq va rostgo‘y bo‘lish kerak, chunki u gap tagidagi gaplarni anglolmaydilar, nozik ishoralarni tushunmaydilar. Ular yaxshi ko‘rgan odamlariga sodiq qolishadi, hech kim ularni yengiltaklik yoki masʼuliyatsizlikda ayblay olmaydi, lekin vaqt o‘tishi bilan ular o‘ta hukmron, konservativ, yaʼni o‘zgarishlarni xushlamaydigan bo‘lib qolishadi. Odatda, tovuq muchali vakillari oilasi katta bo‘ladi. Ular o‘z juftlariga yuksak sadoqati bilan ajralib turishadi, farzandlari hayotida faol ishtirok etishadi. Tovuq muchali vakillari yaxshi oila xo‘jayini bo‘lib, oilasi hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun harakat qilishadi.

Tovuq muchali vakillari uchun bir qadamini rejalashtirish, barcha ishni sinchkovlik bilan, tartibli va batafsil bajarish o‘ziga xos fazilatdir. Bu muchal vakillari hech qachon rejalashtirilgan ishlarni keyinga surib qo‘ymaydilar, ularning shiori: «Bugun yoki hech qachon». Ular hamma ishni qalbdan, puxta, masalaning mohiyati va mayda-chuyda jihatlarigacha chuqur o‘rganib bajarishadi, muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat o‘z tanishlaridan, balki boshqalarning tanishlarini ham ishga solishadi. Ularda ijobiy xislatlar ko‘p: ishchanlik, bosiqlik, qatʼiyat, mislsiz mehnat qobiliyati. Rahbarlik salohiyatini esa umr bo‘yi rivojlantirishga intilishadi. Ular odatda hech kimga ishonmaydilar, faqat o‘z kuchlariga tayanishadi, chunki yagona to‘g‘ri qarorni faqat o‘zlari berishi mumkin deb o‘ylashadi.

Bu muchal vakillari omadga umid bog‘lamasliklari kerak. Ular boylikka faqat faoliyat uchun qulay sharoitlarda uzoq vaqt davomida ko‘p mehnat qilib erishishlari mumkin. Shuningdek, shuhratparast Tovuq muchali vakillari o‘zlari amalga oshira olmaydigan yuksak maqsadlarga intilmasliklari juda muhimdir.

Bu yillarda tug‘ilgan odamlarga ishonchlilik, halollik va to‘g‘ri ochiqso‘zlik xosdir. Tovuq muchali vakillaridan yaxshi diplomatlar chiqmaydi, chunki ular avval gapiradilar, keyin o‘ylaydilar va kerakli paytda jim turishni bilishmaydi. Lekin bu ularning hayotiga ziyon yetkazmaydi, ularning hayoti muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlar ketma-ketligidan iborat. Ularning vaqti-vaqti bilan ko‘rsatadigan o‘jarligi va xudbinligiga atrofidagilar odatda yengillik bilan qarashadi.

Tovuq muchali vakillari o‘ta jasur bo‘lib, ruhini tushirmay, yuzidagi tabassumni yo‘qotmay ish uchun hayotini xavf ostiga qo‘yishga qodir, ulardan ajoyib jangchilar chiqishi mumkin. Tovuq muchali vakillari jamiyatda yuqori mavqe egallashga, obro‘li kasbga ega bo‘lishga intiladilar. Ular har doim o‘z ishlarini muhim deb hisoblashadi.
Ulardan yaxshi amaldor chiqadi, chunki boshqaruv sanʼatida ularga teng keladigani yo‘q. Ular masʼuliyatli ishlarni yaxshi ko‘radilar – rahbarlik kursisini egallashga yoki, hech bo‘lmaganda, yuqori toifali mutaxassis bo‘lishga harakat qilishadi.

Decoration

Tovuq va boshqa muchallar munosabatlari

Tovuq uchun eng muvaffaqiyatli oilaviy uyg‘unlik – Ilon bilan mos keladi. Tovuq Ilonning hayotini yorqin ranglar bilan boyitadi, Ilon esa uning ochiqko‘ngil va o‘tli tabiatini juda hurmat qiladi.

Sigir bilan ham Tovuqning qiziqishlari ko‘p jihatdan o‘zaro mos keladi - bu juftlikda o‘zaro tushunish kuchli bo‘ladi.

Ajdar bilan esa ular ulkan rejalar va katta maqsadlar sari birga intiladilar - har ikkalasi ham jonkuyar, g‘ayratli va bir-birini ruhlantira oladilar.

To‘ng‘iz bilan munosabatlar ham ancha munosib — bir-birlarini qiynamaydigan, tinchlikka moyil juftlik bo‘lishadi.

Ot bilan o‘zaro hurmat asosida yaxshi munosabat shakllanishi mumkin.

Biroq ikki jangovar Tovuqni bir katakka qamash mutlaqo mumkin emas — bir necha daqiqa ichida atrofda quyunday chang to‘zon ko‘tarilishi turgan gap.

Sichqon va Tovuq bir-biriga chidashadi, lekin munosabatlarda bir oz masofa saqlashadi.

Tovuq esa Quyonga baxt va xotirjamlik olib kelishi dargumon, ularning tabiatlari ko‘pincha bir biriga zid keladi.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.