Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l. Abu Ali ibn Sino.

Qo‘y muchali

Qo‘y muchali – umumiy tavsif

Umumiy tavsif

(1907, 1919, 1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015, 2027)

Qo‘y muchalida tug‘ilganlar isteʼdod yulduzi ostida dunyoga kelganlar. Ularning aksariyati iqtidorli shaxslar bo‘lib, go‘zallikni qadrlaydilar va boy tasavvurga ega bo‘ladilar. Ular yumshoq tabiatga ega bo‘lib, ular bilan muloqot qilish juda oson.

Qo‘y muchalidagi insonlar munosabatlarni kelishib olishda va mojarolarni hal qilishda qiynaladilar, shuning uchun ular o‘zlarini erkin va qulay his qiladigan odatiy muhitda yashashni va ishlashni afzal ko‘radilar. Har qancha yumshoq tabiatga ega bo‘lishlariga qaramay, Qo‘yni o‘zi xohlamagan ishini qilishga majburlash deyarli imkonsiz. Ular gapga chechan bo‘lmaydilar, lekin o‘z qarashlarini himoya qilishni bilishadi va o‘z ishlarini jon-dildan yaxshi ko‘rishadi. Jamoada ular gapirishdan ko‘ra ko‘proq eshitishni afzal ko‘rishadi. Fikrlarni o‘z tomoniga og‘dirishga urinishmaydi, hamsuhbatlarining ishlariga samimiy qiziqish bilan yondashadilar. Ko‘p vaziyatlarda Qo‘ylar o‘z rejalari va his-tuyg‘ularini maʼlum vaqtgacha atrofdagilardan yashirishni afzal ko‘radilar. Qo‘y muchalida tug‘ilganlarning hayotida deyarli hamma narsa omadga bog‘liq. Bu holat moddiy taʼminotga ham taalluqli. Qo‘y muchalidagilar boy insonlar bo‘lishlari mumkin, agar sharoitlar ularning foydasiga ishlayotgan bo‘lsa. Qo‘ydan kerakli vaqtda kerakli eshikni taqillatish talab qilinadi xolos, va ular buni ko‘pincha muvaffaqiyatli uddalashadi.

Daromad Qo‘ylarning qo‘liga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishi ehtimoli juda kam, ko‘pincha daromad ularga boshqa odamlarning, rahbarlari, yaqin do‘stlari yoki hatto begona odamlarning to‘g‘ri maslahatlari sababli kelishi mumkin. Qo‘y muchali vakillarining savdo-sotiqqa uquvlari yo‘q, savdolashishni bilishmaydi, boshqarishni, odamlarga rahbarlik qilishni eplasholmaydi. Shuning uchun ularga yo‘nalish ko‘rsatadigan, maslahat beradigan, ularning tabiiy iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan bir shaxsga muhtoj bo‘lishadi. O‘z navbatida, Qo‘ylar o‘zlariga ko‘rsatilgan yordam chin yurakdan minnatdorchilik bildirishni bilishadi.

Decoration

Decoration

Qo‘y muchalida tug‘ilganlar favqulodda artistlik qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Qo‘y muchali ulkan yutuqlarga erishishlari mumkin bo‘lgan aktyorlar, rassomlar va musiqachilarning muchali hisoblanadi. Ammo ularning iqtidorlari to‘la namoyon bo‘lishi uchun, ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, qo‘llab-quvvatlab turadigan kuchli va taʼsirli shaxsning yordami zarur. Qo‘ylarni faol hayot tarzidan ko‘ra ko‘proq itoatkor bo‘lishga moyil insonlar deb atash mumkin. Shu sababli Qo‘y muchalidagilar jamoaviy ishlarda o‘zlarini yengilroq his qiladilar, chunki bunday hollarda ular boshqalarga tayanib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masʼuliyatli qarorlarni mustaqil qabul qilish ularda xavotir va qo‘rquv uyg‘otadi. Qo‘y, agar hayotida doim ikkilanish, bezovtalik, jonga tegish va o‘z qismatidan norozilik tuyg‘ularini namoyon qilmaganida, ehtimol muchallar ichida eng jozibalisi bo‘lar edi. Ular hayotidan norozi bo‘lish uchun doim bahona topa oladigan insonlar toifasiga kirishadi. Qo‘ylarning doimiy injiqliklari va tushkun kayfiyatlari oila aʼzolari yoki yaqinlarini umidsizlikka tushirib qo‘yishi, o‘ta jahlini chiqarishi mumkin.

Qo‘y muchalida tug‘ilganlar muhabbat munosabatlariga juda jiddiy qaraydilar va hayotlarini birinchi uchratgan odam bilan bog‘lashmaydilar. Ular juft tanlash masalasida puxta o‘ylab harakat qiladilar. Qo‘ylar kelishimli insonlar bo‘lishsa-da, ularning prinsiplari va shakllangan odatlari bilan juftlari hisoblashishi lozim. Qo‘ylar o‘z his-tuyg‘ularida barqaror, muloyim, mehribon va sevgan insonlari uchun ko‘p narsani qurbonlik qilishga qodir insonlar. Ular oilasiga, yaqin insonlariga juda uzviy bog‘lanib qolishadi.

Umuman olganda, Qo‘y muchali vakillarini mehribon, muloyim insonlar sifatida taʼriflash mumkin. Ular xayriya ishlariga moyil bo‘lib, o‘zlariga nisbatan baxtsizroq deb hisoblagan kishilarga yordam berishga doimo tayyor bo‘ladilar. Barcha irratsional, g‘ayritabiiy narsalar ularni o‘zi jalb qiladi, shu sababli ko‘plab Qo‘ylar okkultizm yoki diniy eʼtiqodlar bilan ko‘p qiziqishadi. Qo‘ylar o‘z hayotlarini shunday tashkil qilishga intiladilarki, unda o‘zgarishlar va keskin burilishlar eng kam miqdorda bo‘lishi kerak. Ular osoyishtalik va barqarorlikka intiluvchi insonlardir.

Decoration

Qo‘y va boshqa muchallar munosabatlari

Qo‘yning asosiy maqsadi shaxsiy baxt va rohatbaxsh hayot bo‘lgani uchun, To‘ng‘iz unga ajoyib sherik bo‘lib, barcha sohalarda qo‘llab-quvvatlaydi.

Qo‘y Quyon bilan ham yaxshi munosabat o‘rnatadi, ayniqsa muhabbat va tijorat sohalarida. Bu ikki muchal o‘rtasida yaqin va samarali ittifoq vujudga keladi.

Biroq, Qo‘yning eng yaxshi munosabatlari Ot bilan bo‘ladi, Ot uni o‘ziga kuchli jalb qiladi. Agar bu muhabbatga asoslangan munosabatlar bo‘lsa, ular birgalikda juda baxtli hayot kechirishadi.

Ajdar bilan munosabatlarda esa, Qo‘y hamkorlik qilishi mumkin, lekin ehtiyotkorlik bilan masofa saqlagani maʼqul.

Qo‘yning Maymun yoki It bilan o‘xshash jihatlari kam, shuning uchun munosabatlar u qadar yaqin bo‘lmaydi.

Qo‘yning odatda dushmanlari bo‘lmaydi, shuning uchun ham Tovuqning bo‘lar bo‘lmas daʼvolari, Yo‘lbarsning qo‘rqinchli tabiati unga tushunarsiz bo‘lishi mumkin.

Sahifamda zerikib qolmang!

  • O‘lmasoy Nishonova. Meni ishqdan sovutma dunyo...

    1984-yilning 22-avgustida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tavallud topgan. Tumandagi o‘rta maktabni tamomlab, Marg‘ilon Milliy Xunarmandchilik Litseyiga o‘qishga qabul qilingan. Ijod namunalari «Marg‘ilon gulshani», «Farg‘ona tomonlarda» kabi to‘plamlarga kiritilgan.

  • Abdul Boqiy

    Abdul Boqiy (Kenjaboyev Abdulboqi Urayimjon o‘g‘li) – 1978-yilning 15-aprelida Namangan viloyatining Chortoq shahrida tavallud topgan.
    Adabiy faoliyati mobaynida nafaqat anʼanaviy uslubda, balki Modern, xususan, Neo modern, Metamodern uslublarida nazm va nasrda ijod qiladi.

  • Hamkasbimga hazil

    (Hamkasbimga hazil)

    Ul yigitkim bir jahon, bu zamon bir donadur,
    Yo‘q demakim ko‘rkini, har sifat nishonadur.

    Bir Umar farzandi ul, kindik qoni Namangon,
    Makon bo‘ldi Andijon-kim, tahsili Farg‘onadur.

  • Yoqimli sheʼr

    Yoqimli sheʼr. O‘zim yozdim. O‘zimga.
    Sheʼr yo‘g‘ida bir o‘qishga yaroqli.
    Mazza qildim! Tasanno har so‘zimga!
    O‘qiyapman qayta qayta. Maroqli.

  • Yoshlarga to‘y hazili

    Fido bo‘ldi bir oshiqning hurlik oni to‘yxonada,
    Bir gul yuzli barno kutar bo‘ldi uni ostonada.

    Ahli yori o‘ynab kular oshiq ko‘nglin olmoq bo‘lib,
    Ammo oshiq ko‘ngli to‘yda emas balki durdonada.

  • Matmusaning kartasi - 2

    Kirib kelar yangi yil, hayit eshik qoqmoqda,
    Bizning dono Matmusa kassa tomon boqmoqda.

    Ishlar joyi tayindir, maoshidan ko‘ngli to‘q,
    Bor boyligi kartada, cho‘ntagida tiyin yo‘q.
    Kutib o‘tar kun sayin, ishga kelar maosh deb,
    Axir bir kun tugaydi, yotaversa karta yeb.